1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi


Download 57.77 Kb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi57.77 Kb.
#1347229
1   2   3   4
Bog'liq
7-ma\'ruza mavzu media (1)

Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg’unchi g’oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g’oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi axborotlar esa g’arb hayot tarziga xos, o’zbek mentalitetiga zid odatlar va ko’nikmalarni targ’ib etadi. Bu ayniksa, g’arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ’ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarii kiritish mumkin. To’rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o’z isbotiga ega bo’lmagan turli xujumkor axborotlarni kiritish mumkin.
Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g’oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha mamlakatlari halqini ham tashvishga solmokda. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-nazarlarini o’rganiig, kelajak avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish, o’sib kelayotgan avlodning media-savodxonligini muntazam oshirib borish, yoshlarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy moxiyatini ochib beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bo’lib qoladi.
Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni chin ma’noda shoshirib qo’ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o’sha zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to’g’riligini bugungi hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko’rsatmoqda, isbotlamoqda.
Haqli savol tug’iladi: o’z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati me’yorlarini nechog’li o’zlashtirganmiz? Ularni amalda qo’llayapmizmi? O’sha jonsiz buyumlar har birimizni imtihondan, sinovdan o’tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi?
Mo’’jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning noto’g’ri yo’llarga chalg’ishi, oldi-qochdilarga umrni sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib chiqayotgan ko’plab noroziliklar, ko’ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda ko’pligidan darak beradi. Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o’rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu bejiz emas. -Amerikalik olim
Download 57.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling