1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi


Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini tahlil qilib ko’rsak


Download 253.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi253.16 Kb.
#1251037
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini tahlil qilib ko’rsak: 
ularning 421 ming nafari «Odnoklassniki.ru», 129 mingga yaqini «Fasebook» saytida, 165 
mingdan ortigi «Moy mir», 250 mingdan ziyodi esa «Vkontakte.ri» saytining doimiy 
foydalanuvchilari xisoblanadi. Vaxolanki, Rossiya IIV tomonidan «Vkontakte.ru» sayta 
Runetdagi bolalar pornetrafiyasini saqlovchi ijtimoiy tarmoq sifatida tan olingan, 
«Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va 
shafqatsizlikni targ’ib etuvchi resurslar mavjud. 
1
Karimov I. A. YUksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.115-6. 
2
AKT: tezkor, kulay va vlgor// Xalk suzi. - 2012. - 24 aprel. 
3
Aloqa va axborotlashtirish masalalari mukokamasi //Xalq so’zi. - 2012. - 24 iyul. 


Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugun butunjaxoi Internet tarmog’ida o’z joniga 
qasd qilishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mln, erotik mazmunga ega 4 mln.dan ziyod 
saytning mavjudligi har birimizni mushohada qilishga undashi tabiiy. Mutaxassislar e’tiroficha, 
dunyodagi bolalar va o’smirlarning 42 foizi «onlayn-pornografiya» ta’siriga tushayotgan ekan. 
YOki kompyuterlarga kiritilgan o’yinlarniig 49 foizi zo’ravonlik va yovuzlikni, beshafqat 
urushlar, otishmalar, portlashlarni targ’ib qilishi nimadan dalolat
beradi? 
Bu kabi tahdidlar, avvalo, yoshlarniig ongini egallashga yo’naltirilgan bo’lib, xalkimizning 
ma’naviy xazinasi bo’lgan odob, axloq, sharm-hayo, iffat-andisha kabi yuksak fazilatlarimizga 
tajovuz qilib, ko’p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham
taassufki, bor gap. 
Evropa mamlakatlarida internet ham umumevropa qonunchiligi, ham har bir davlatning o’z 
huquqiy-me’yoriy xujjatlari bilan tartabga solinadi. Masalan: “Kiber jinoyatlar to’g’risida”gi 
Konvensiya, “Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet to’g’risida”ti yevropa Itgafoqi 
parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, 
Fransiya kabi ilg’or davlatlarda voyaga yetmagan va yoshlarning axborot xavfsizligini 
ta’minlashga qaratilgan qonunlar shular jumlasidandir. 
Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo’lmaydi. 
Bu hususda yana prezidentimiz “… yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio – 
televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va 
ma’lumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir 
sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma deb, bir 
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, 
zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega 
deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokartik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga 
maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’lda hech qachon qaytmaymiz”
4

XXI asr boshida hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining
kuchayishi oqibatida avtoritar – nufuz masalasi ham yangicha ma’no kasb etayotir. Ba’zi 
yoshlar o’zining bilim olish va hayotga munosabatini belgilashda ota – ona, ustoz – 
murabbiyini emas, OAV hamda internetni avtoritar sifatida e’tirof etishi, ulardagi axborot va 
ma’lumotlarni mutloq chin deb ishonishi tashvishlanarli holdir. Bugun xaqiqatni uydirmadan 
ajrata olmaydigan, bu boradagi hali tajribasi ham bo’lmagan yoshlarning hayotiy tushuncha va
tasavvurlarini asosan ta’lim – tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib 
qo’ymoqda. 
Sir emaski, internet tez va arzon axborot yoki ma’lumot olish, yetkazish hamda qayta 
ishlashda beqiyos manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni
ortayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirmoqda. 
“Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida qaraladigan internetning ko’proq yoshlar kiradigan
saytlarini tubdan yangilash zarur. Sababi — sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuksak 
ma’naviyat, pok axloq asosida o’g’il–qizlarni tarbiyalash vazifasi ana shuni taqazo etadi. 
“Ommaviy ma’daniyat” niqobi ostida g’arbona kiyinish, g’arbona muomala singari milliy – 
ma’naviy qadriyatlarimizga zid g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlashiga loqayd qarab turib 
bo’lmaydi. SHuning uchun, ayniqsa, ta’lim tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini 
sog’lom tarzi talablariga mos ravishda giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlikka qarshi 
4
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.114-6. 


kurashga oid axborotu ma’lumotlar bilan boyitish, yangilash zarur. 
YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular 
virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan 
axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga 
ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishiniig oldi olinadi. Axborot iste’moli 
madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda 
bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Dunyoda yoshlar 
kamoli haqida qayg’urmaydigan millat, ularning kelajagi uchun jon koyitmaydigan davlat 
topilmasa kerak. YOshlar har bir millatning davomchilari bo’lishi barobarida, davlatning 
tayanchi, kelajagani hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladilar. Ammo, shunday kuchlar ham 
borki, ular o’z qarashlarini singdirish yo’lida har qanday usullardan ham voz kechmaydi. 
Vunday kuchlarning ko’lida insoniyat ongining mahsuli bo’lgan eng yuksak texnologiyalar, 
usullar ham qurol vositasini o’tayotganligi barchani tashvishga soladi. 
Ayniksa, hozirgi davrda internet saytlarida yoshlar dunyokarashiga ijobiy ta’sir kiluvchi 
axborotlar oqimidan tashkari buzgunchi g’oyalar asosida shakllantirilgan materiallar ham uchrab 
turadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash 
mumkin. Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg’unchi g’oyalar (diniy ekstremizm va 
terrorchilik g’oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi 
toifadagi axborotlar esa g’arb hayot tarziga xos, o’zbek mentalitetiga zid odatlar va 
ko’nikmalarni targ’ib etadi. Bu ayniksa, g’arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ’ib qiluvchi 
maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik 
axborotlarii kiritish mumkin. To’rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o’z isbotiga ega 
bo’lmagan turli xujumkor axborotlarni kiritish mumkin. 
Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g’oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan 
qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha mamlakatlari halqini ham tashvishga 
solmokda. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, 
ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing taraqqiyotiga yordam 
beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning 
ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot 
iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, 
chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. 
Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini 
shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-nazarlarini o’rganiig, kelajak 
avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish, o’sib 
kelayotgan 
avlodning 
media-savodxonligini 
muntazam 
oshirib 
borish, 
yoshlarning 
ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy 
moxiyatini ochib beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha faoliyatni 
yanada rivojlantirish kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bo’lib qoladi. 
Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan 
foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri 
odamlarni chin ma’noda shoshirib qo’ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo’lgan 
mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o’tgan asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot 
vositasi o’sha zamon kishilarini imtihondan, sinovdan o’tkazadi”, deganida, hali kompyuter
internet, mobil telefon odamzod xayoliga kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar 
to’g’riligini bugungi hayot, turmush tarzi har qadam, har lahzada ko’rsatmoqda, isbotlamoqda. 


Haqli savol tug’iladi: o’z ixtiyorimizdagi axborot vositalaridan foydalanish madaniyati 
me’yorlarini nechog’li o’zlashtirganmiz? Ularni amalda qo’llayapmizmi? O’sha jonsiz buyumlar 
har birimizni imtihondan, sinovdan o’tkazayotganini — fe’l-atvorimizda yangi axborot 
madaniyatiga ehtiyoj orta borayotganini yetarli darajada his etyapmizmi? 
Mo’’jizakor axborot vositalaridan zararli maqsadlarda foydalanish, farzandlarimizning 
noto’g’ri yo’llarga chalg’ishi, oldi-qochdilarga umrni sovurish, ayniqsa, mobil telefon bois kelib 
chiqayotgan ko’plab noroziliklar, ko’ngilsizliklar bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda 
ko’pligidan darak beradi. Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, 
mediata’lim va hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat 
darajasiga chiqdi. Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida 
ixtisoslashgan holda, yuz berayotgan holatni o’rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. Bu 
bejiz emas. -Amerikalik olim E. Toffler “Uchinchi to’lqin” asarida “Insoniyat ortda 

Download 253.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling