1. Ijtimoiy uyushgan mehnat sohasi insonning o‗z jamiyatidagi ijtimoiy holati uchun qanchalik zarur va asosiy ekanligini aniqlash
Download 17.99 Kb.
|
1 2
Bog'liqmehnat iqtisod 4-mavzu
2.4.Insonning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holati. 2.5. Mehnat faoliyatini tashkil etish va oqilonalashtirishga oid xorijiy nazariyalarning rivojlanishi. 2.6. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida va O‘zbekistonda mehnatni tashkil etish nazariyalarining rivojlanishi. 2.4. Insonning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holati Ijtimoiy holat – inson yoki ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o‗zaro barqaror ijtimoiy munosabatlari majmui bo‗lib, uning natijasi va ifodasi yashash hamda rivojlanish shart-sharoitlari va vositalarini qayta shakllantirish hisoblanadi. Bunday yondashuv va tasavvurlar ijtimoiy uyushgan mehnatga tegishli va ular quyidagilardan iborat: 1. Ijtimoiy uyushgan mehnat sohasi insonning o‗z jamiyatidagi ijtimoiy holati uchun qanchalik zarur va asosiy ekanligini aniqlash. 2. Inson mehnat qilishiga to‗g‗ri keladigan asosiy ijtimoiy shakllarni aniqlash lozim bo‗ladi. Bunda aynan ijtimoiy uyushgan mehnatning asosiy tarkibi ta‘riflarini anglab olish yordam beradi. 3. Mehnat faoliyati qanday qadriyatlarga yo‗llanganligi va qaysi sabablar ishchi uchun hal qiluvchi ekanligini aniqlash kerak. Jamiyatda bu qadriyatlarga izchil amal qilish va bu sabablarga asoslanish uchun zarur va yetarli shartsharoitlar bor-yo‗qligini baholash muhimdir. 4. Kishining mehnat faoliyati sohasida uning normal ish holatini buzadigan xavflar bo‗lsa, bu xavflar kishining o‗z xatti-harakatlari va yaratadigan vaziyatlariga bog‗liq bo‗lishi mumkin. Ular kishiga bog‗liq bo‗lmagan ijtimoiy shart-sharoitlar, jarayon va holatlarga bog‗liq bo‗lishi ham mumkin. Ularni kishining ijtimoiy ishlab chiqarish va mehnat faoliyati sohasidagi holati tavsifiga taqsimlash kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson holatining o‗zgarib borishiga ta‘sir etuvchi omillar, biror jarayon ta‘sirida ba‘zi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ta‘sirida yangilanadigan yoki o‗zgaradigan sabab va holatlarga omillar deyiladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishi holatini o‗zgartiruvchi omillar kishilar taqdirlari va ulardagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi masaladir. Chunki tegishli sabab va vaziyatlar ta‘sirining aniq natijalari aynan inson taqdiri, ya‘ni uning hayot yo‗li bo‗ladi. Kishining hayotiy vaziyati uni ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holatini o‗zgartiruvchi jiddiy omildir. Ishlab chiqarishning ilmiy-texnik va texnologik taraqqiyot omili. Bu ishlab chiqarishda kishi holatini o‗zgartirishning doimiy ta‘sir qiluvchi sababidir. Texnika – texnologiyaga bog‗liq tarzda mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni ham uzluksiz o‗zgarib boradi. Ijtimoiy faollikning ijtimoiy-guruhiy va sinfiy uyushganlik omili. Ijtimoiy guruhlar xatti-harakatidagi subyektiv omillar bilan o‗z huquq, erkinliklari, manfaatlarini anglash, ijtimoiy-guruhiy manfaatlarini shakllantirish, ularning qoniqtirilishini talab qilish bilan bog‗liqdir. Ijtimoiy-guruhiy uyushganlikning eng keng tarqalgan shakli – mehnat jamoalari va kasaba uyushmalaridir. Qonunchilik mehnatkashlarning uyushganlik va o‗z manfaatlarini himoya qilishning bu shakllaridan foydalanish huquqlarini mustahkamlaydi. Bu munosabatda O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, ushbu yo’nalishdagi qonun, farmon va qarorlar asosiy me‘yoriy-huquqiy asos hisoblanadi. Konstitutsiyaga ko‗ra, xalqaro huquqning umuman olingan tamoyil va me‘yorlari, O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mazkur huquqiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu ijtimoiy-mehnat sohasida BMTning inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948), Sotsial rivojlantirish to‗g‗risida Kopengagen deklaratsiyasi (1995) va O‗zbekiston ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalaridir. 2.5. Mehnat faoliyatini tashkil etish va oqilonalashtirishga oid xorijiy nazariyalarning rivojlanishi Amerika Qo’shma Shtatlarida mehnat faoliyatini tashkil etish tizimlari XIX asrlarda paydo bo’ldi. Ularning paydo bo‗lishiga o‗sha davrda mamlakat iqtisodiyotida ro‗y berayotgan tub jarayonlar: kapitalning jamlanishi va markazlashishi, monopoliyaning vujudga kelishi, mehnatkashlarning siyosiy va iqtisodiy kurashi kuchayishi sabab bo‗lgan edi. Shu o‗zgarishlarning natijasida mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish zarur bo‗lib qolgan edi. Amerikalik muhandis F.Teylor (1856-1915) o‗zi ishlab chiqqan usullarni ishlab chiqarish sharoitlarida qo‗llagan, mehnatni tashkil etish masalalari tadqiqotchisi sifatida keng tanilgan birinchi olim bo‗lgan edi. F.Teylor o‗z tizimining asosiy qoida va tamoyillarini «Fabrikani boshqarish» (1903) va «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari» (1911) asarlarida bayon etib, ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy negizda tashkil etishning zaruratini ilk bor asoslab berdi. F.Teylor boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirish, ya‘ni texnologik va mehnat jarayonlarini rejalashtirish, loyihalashtirish va hokazolar funksiyalarini ajratishni taklif qildi. U vaqt sarflarini bevosita o‗lchashga asoslangan mehnatni me‘yorlash usulini ishlab chiqdi va qo‗lladi. O‗sha yillarning o‗zida yana bir taniqli Amerika tadqiqotchisi F.Gilbret (1868-1924) ham mehnat jarayonlarini takomillashtirish muammolarini ishlab chiqish bilan shug‗ullangan edi. U o‗z tadqiqotlarini yalpi, to‗xtovsiz ishlab chiqarish sharoitlarida olib borgan va shu bois mehnatdagi xatti-harakatlar uning o‗rganish predmeti bo‗ldi, ularni kuzatish uchun u kinotasvirdan foydalandi. Shu tariqa Gilbret siklografik tadqiqot usulini ishlab chiqdi. Ushbu usuldan foydalanish mikroelementli me‘yorlash tizimlarini yaratishni boshlab berdi. Gilbretning «Xattiharakatlarni milliy boylik ko‗payishi nuqtayi nazaridan o‗rganish» kitobi (1911) keng miqyosda tanildi. Bu tadqiqotchi, shuningdek ishchilarni kasb malakasi jihatidan tanlash va ularga ilg‗or ish usullarini tezlashtirilgan tarzda o‗rgatish usulining muallifi hamdir. Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirishning yana bir yo‗nalishi G.Fordning (1863-1947) nomi bilan atalgan fordizm bo‗lgan edi. Bu tizim AQShda Birinchi jahon urushi yillarida yuzaga kelgan va tashkilotchilik nazariyasining izchil davom ettirilishi va rivojlantirilishi bo‗lgan edi. G.Ford «Mening hayotim – mening yutuqlarim» kitobini yozib, unda o‗z tizimining asosiy tamoyillarini bayon etgan edi. Fordizmning mohiyati ishlab chiqarishning uzluksizlik usullari, birxillashtirilgan mashinalar va asboblar, andozali uzellarni qo‗llash, ishni mumkin qadar bir qolip va majburiy maromga solish (konveyer), mehnatni haddan ziyod taqsimlash, asosiy ishlarni yordamchi ishlardan ajratishdan iborat edi. Ford Teylor tomonidan ta‘riflangan ilmiy boshqarish tamoyillarini mehnatni ko‗ppoq intensivlashtirishdan iborat o‗sha maqsadning o‗zini qo‗ygan holda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlariga tatbiqan rivojlantirdi. F.Teylor zamonasida endigina tetapoya qilgan mehnat to‗g‗risidagi fan hozirgi vaqtga kelib, katta o‗zgarishlarni boshidan kechirdi. Xorij mutaxassislari hal etayotgan masalalar doirasi nihoyatda keng. Mehnat sharoitlarini takomillashtirish, xodimni kasb malakasiga ko‗ra tanlab olish usullarini mukammallashtirish, ergonomika masalalari, mehnatni tashkil etishda psixologik va sotsiologik usullarni qo‗llash, ilmiy boshqarish usullarini ishlab chiqish, mehnatni insoniylashtirish masalalari shular jumlasiga kiradi. Xorijiy amaliyotda ergonomika faniga katta ahamiyat berilmoqda. «Ergonomika» atamasi grekcha «ergon – ish, -nomos – qonun» ma‘nosini anglatadi. Uning mohiyati yangi mashina yaratilayotganda gap shunchaki mashinaning o‗zi haqida emas, balki inson – mashina – ishlab chiqarish muhiti tizimidan iborat. Bunday yondashuv texnikaviy fanlarni inson va uning faoliyati o‗rtasidagi mutanosib aloqalar uchun negiz bo‗lib xizmat qildi. Shunday qilib, ularning oralig‗ida yangi kompleks fan – ergonomika fani bunyodga keldi. Turli mamlakatlarda u turli nom oldi, masalan, Amerika Qo‗shma Shtatlarida «inson injeneriyasi», Germaniya Federativ Respublikasida «antropotexnika» nomini oldi, Hamdo‗stlik mamlakatlari, xususan, O‗zbekistonda ham «ergonomika» inglizcha atamasi qabul qilindi. Ergonomikaga sanoatdagi inson faoliyatining samaradorligi uchun javob beradigan mutaxassislarni zaruriy ma‘lumotlar bilan ta‘minlashi lozim bo‗lgan oraliq fan deb qaraladi. Bugungi kunda xorij mutaxassislari yangi psixologik va «Insoniy munosabatlar» nazariyasining tarafdorlari ishchilarga insoniy munosabatda bo‗lish va shaxsni hurmat qilishni targ‗ib qiladilar. Ularning fikricha, bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vositasidir. Download 17.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling