1. Ijtimoiy xo’jalik shakllari Natural xo’jalik tasnifi


Download 20.4 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2023
Hajmi20.4 Kb.
#1216448
  1   2
Bog'liq
kurs ishi uchun


Reja:

Kirish
Asosiy qism


1.Ijtimoiy xo’jalik shakllari
2.Natural xo’jalik tasnifi
3.Natural va Tovar xo’jaligi o’ratsidagi farqlar
4.Tovar xo’jaligi va uning xususiyatlari
5.Natural ishlab chiqarishdan tovar xo’jaligiga o’tish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Ijtimoiy xo’jalik shakllari va uning rivojlanishi tarixan ikkita: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan. Natural xo’jalik umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo’lib, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o’z shaxsiy ehtiyojini qondirishga sarflanadi.
Natural xo’jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va sihlab chiqaruvchining o’zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Ishlab chiqaruvchi mehnat jatayoni uchun kerakli bo’lgan vositalarni o’zi yaratadi. Natural xo’jalikning muhim belgilari: xususiy mulkga asoslanganligi, o’zi mehnat qilishi, o’zi ehtiyojini qondirishi, bozor bilan aloqada bo’lmasligi, foyda olishga ega bo’lmasligi. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Natural xo’jalik sharoitida har bir mulkdorning alohida o’z xo’jaligi bo’lgan. Natural xo’jalikda asosiy xo’jalik tarmog’i dehqonchilik bo’lib, unga qo’shimcha tarzda hunarmandchilik rivoj topgan. Ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mehnatiga tayangan. Unda mehnat qurollari va sihlab chiqarish sharoitlari o’zgarmay qoladi. Mehnat unumdorligi deyarli o’smaydi.
Mehnat unumdorligining o’sishi chegaralanganligi sababli iqtisodiy o’sish g’oyat sust bo’lib, asosan tabiiy omillar hisobidan o’sish oz bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, natural xo’jalikning ba’zi bir ko’rinishlari hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlangan.
O’zini-o’zi mahsulot bilan ta’minlash hozirgi qishloqda ham mavjud. Xususan, dehqonlar xo’jaligida yetishtirgan mahsulotning bir qismi xo’jalikning o’zida iste’mol etiladi.
Natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaganligi uchun uning o’rniga tovar ishlab chiqarish keladi.
Natural va yarim natural dehqon xo’jaligi davrida tovar ishlab chiqarish garchi ma’lum darajada rivojlangan bo’lsada, qishloqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakliga aylangan emas edi. Ammo u sekin-asta kengayib borgan va natijada ishlab chiqarishning asosiy shakliga aylangan. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilarning bozor orqali tovarlarni olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo qiladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar sifatida bozorda pul vositasida oldi-sotdi asosida ayirbosh qilinadi. Tovar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi qonuniy jarayon bo’lib, iqtisodiy zaruriyatni yuzaga keltirgan.
Tovarlarning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. Tovarning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash va divеrsifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib, bu mamlakatimizdagi 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o’z ifodasini topgan3. Ishlab chiqarishni zamonaviy tеxnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan tеxnik va tеxnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko’payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kеngaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kеngaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimеntlarini ko’paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat divеrsifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqrishni kеngaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xulosa


Ijtimoiy xo’jalik - insiniyat jamiyati taraqqiyotining alohida uzoq davrlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to’liq ifodalab qoladigan.barqaror umumiy belgilarga ega bo’lgan va rivojalnishida ma’lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo’jalik yuritishning barqaror turlaridir.
Mahsulot tovar bo’lishi uchun avval kishilarning ma’lum talab-ehtiyojini qondira olishi zarur. Tovarning bu xossasi tovarning 
Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling