1. Ikki gazning molekulyar massalari yig’indisi 60 g/mol, ularning ayirmasi 28 g/mol. Shu gazlarning yengilini molekulyar massasini toping


Download 17.29 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi17.29 Kb.
#1093263
Bog'liq
10- sinf yanvar sinov


1. Ikki gazning molekulyar massalari yig’indisi
60 g/mol, ularning ayirmasi 28 g/mol. Shu gazlarning yengilini molekulyar massasini toping.
A) 16 B) 32 C) 18 D) 24

2. Ar atomida nechta to’lgan pog’ona va pog’onacha mavjud?


A) 3 ; 5 B) 3 ; 4 C) 2 ; 4 D) 2 ; 5

3. HF→HCl→HBr→HJ qatorida kislotalilik qanday o’zgaradi.


A) ortadi B) kamayadi
C) o’zgarmaydi D) ortadi,kamayadi

4. Qaysi agregat holat aniq hajmga ega, lekin aniq shaklga ega emas?


A) suyuq B) gaz C) qattiq D) plazma

5. Titr konsentratsiyasi 0,735 g/ml bo’lgan sulfat kislota eritmasining normal konsentratsiyasini hisoblang.


A) 1,88 B) 3,75 C) 7,5 D) 15

6. Suv to’ldirilgan idishning massasi 9 kg bo’ladi. Agar suv idishning yarmigacha to’ldirilganda 5 kg 250 gramm keladi. Idish to’ldirilgan holatidagi suvning massasini (kg) hisoblang.


A) 5,5 B) 6,5 C) 7,5 D) 8,5

7. X,Y va Z elementlarida atomlar nisbati 4:2:1 bo’lganda massa nisbati 1:1:1 bo’ladi. Agar shu elementlar 4:2:1 massa nisbatda olinsa atomlar nisbati qanday bo’ladi?


A) 8:4:2 B) 1:1:1 C) 1:2:4 D) 8:4:1

8. Ishqoriy sharoitda lakmus va metil zarg’aldog’i qanday rangga o`tadi?


1) lakmus – qizil , metil zarg’aldog’i – qizil 2) lakmus – qizil , metil zarg’aldog’i – ko`k
3) lakmus – ko`k , metil zarg’aldog’i – ko`k 4) lakmus – ko`k , metil zarg’aldog’i – sariq
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

9. Quyidagi moddalardan donor-akseptor mexanizmi bo`yicha bog` hosil qilganlarini tanglang:


1) HCN 2) [Ag(NH3)2]Cl 3) NH4NO3
4) H3O+ 5) H2S 6) CO2 7) CO
А) 2,3,4,7 В) 2,3,4 С) 1,2,3,4 D) 1,5,6

10. 5,6 g is gazi va 4,4 g karbonat angidirid aralshmasidagi uglerodning massa ulushini (%) aniqlang.


A) 12 B) 24 C) 36 D) 18

11. 8% li mis (II) sulfat eritmasida 25 g CuSO4∙5H2O eritilganda eritmaning foiz konsentratsiyasi 2 marta ortdi. Dastlabki eritmaning massasini (g) hisoblang.


A) 150 B) 125 C) 100 D) 75

12. A(g) ↔ B(g)+C(g) reaksiya tenglamasi bo’yicha muvozanat holatidagi A moddaning konsentratsiyasi 2 mol/l bo’lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini(mol/l) aniqlang. (KM=4,5)


A) 3 B) 5 C) 6 D) 4

13. 5 mol/l A moddaning konsentratsiyasi 20 sekunddan keyin 1 mol/l ni tashkil etsa, o’rtacha kimoviy reaksiya tezligini(mol/l·sek) toping.


A) 12 B) 0,2 C) 9 D) 4,5

14. 83,1 kPa va 1270C haroratda H2 ning zichligini aniqlang(g/l).


A) 0,83 B) 0,05 C) 0,02 D) 0,08

15. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida jami koeffisentlar yig’indisini aniqlang.


KMnO4+KOH+Na2SO3 =K2MnO4+Na2SO4+H2O
A) 9 B) 8 C) 10 D) 6

16. Alyuminiy sulfat eritmasida dissotsiyalanmagan molekulalar soni 25 ta bo’lsa, eritmadagi alyuminiy ionlari sonini toping. (α=80%).


A) 200 B) 500 C) 300 D) 100

17. Amfoter oksidga oid bo’lmagan moddalarni ko’rsating.


A) Cu2O; FeO B) Al2O3; PbO
C) BeO; ZnO D) SnO2; MnO2

18. HClO4 molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.


A) 12 B) 8 C) 4 D) 1

19. Allotropik shakl o’zgarishga ega bo’lgan moddalar qatorini aniqlang.


1) kumush; 2) brom; 3) oltingugurt; 4) xlor;
5) argon; 6) kislorod; 7) fransiy; 8) fosfor
A) 3,6,8 B) 1,2,5 C) 3,4,7 D) 2,3,7

20. Quyidagi jarayonlardan fizikaviy hodisalarni ajrating.


1) oltingugurtning suyuqlanishi;
2) oltingugurtning yonishi; 3) shisha pishirish;
4) shishani maydalash; 5) shakarning erishi;
6) shakarning ko`mirlanishi
A) 1,4,5 B) 1,4,6 C) 1,2,3 D) 2,4,5

21. Quyidagi moddalarni qaysi holat bo’yicha gidrolizga uchrashini aniqlang.


1) FeSO4; 2) Na3PO4; 3) (NH4)2SO3; 4) CaCl2
a) anion bo’yicha; b) kation bo’yicha;
c) uchramaydi; d) ham kation, ham anion bo’yicha
A) 2a, 1b, 4c, 3b B) 4c, 3d, 2a, 1b
C) 3d, 4b, 1b, 2a D) 1a, 2b, 3c, 4d

22. 400 ml (p=1,25) 30 % li Ag NO3 eritmasiga 32 g Cu plastinka tushirildi. Plastinka massasi 47,2 gr ga yetganda eritmadan chiqarib olindi. Plastinkaga o`tgan Ag ning massani qancha?


A) 79 B) 10,8 C) 21,6 D) 45,7

23. Xromli temirtoshdan 13 g xrom olish uchun qancha (g) is gazi talab etiladi?


(FeCr2O4 + 4 CO → Fe + 2 Cr + 4 CO2)
A) 14 B) 19 C) 28 D) 38

24. Temperatura koeffisienti 3 ga teng deb, reaksiyaning temperaturasini 00C dan 500C gacha oshirilsa, reaksiya tezligi necha marta ortadi?


A) 81 B) 243 C) 27 D) 729

25. Osh tuzi eritmasidan 2,68 soat davomida 5 A tok o‘tkazilganda anodda qancha (n.sh.l) gaz ajralib chiqadi?


A) 3,55 B) 2,8 C) 5,6 D) 11,2

26. Quyidagi berilganlardan faqat oksidlovchilarni ajrating.


1) NaMnO4; 2) H2SO4; 3) H2S; 4) CrO3; 5) NH3;
6) HClO4
A) 1,2,3 B) 1,2,4,6 C) 4,5,6 D) 1,2,5

27. Tarkibida kislorod atomining massasi 18.m.a.b gat eng bo’lgan ozonning 5 mol molekulasidagi proton, neytron va elektronlar yig’indisini ko’rsating.


A) 240 B) 270 C) 390 D) 120

28. 0,001 M li NaOH eritmasi uchun pH ning qiymati nechaga teng bo’ladi? (α = 100%)


A) 3 B) 4 C) 11 D) 10

29. Ikki valentli metallning ekvivalent massasi


12 g/mol ga teng. Shu metall hosil qilgan sulfatining molekular massasini aniqlang.
A) 142 B) 120 C) 138 D) 174

30. Osh tuzining 200 g 20% li va 200 g 40% li eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan yangi eritmadagi tuzning massa ulushini (%) aniqlang.


A) 60 B) 25 C) 30 D) 35

Download 17.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling