Kimyo 2-sinov 3-variant 5, 6, 11, 12-guruhga


Download 67.5 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1488113
  1   2
Bog'liq
2-BLOK 3 var umumiy




KIMYO 2-SINOV
3-VARIANT 5, 6, 11, 12-GURUHGA

61. Kislorodni yangi modda sifatida izohlab bergan olim kim.


A) Pristli B) Lomonosov
C) Lavuaze D) Sheele

62. Tеmir (III) gidrofosfat molеkulasida nеchtadan σ- va π- bog’lar bo’ladi?


А) 15,3 В) 7,1 С) 12,4 D) 21,3

63. Ozonga xos xususiyatlarni toping.


1) zaharli
2) moylar va qog’ozni oqartiradi
3) 1 litr suvda 0,49 litr eriydi
4) rezinani yemiradi
5) Ag ni oksidga aylantiradi
A)1,4,5 B)1,2,4,5 C)1,2,3 D)barchasi

64. Vodorod yodiddagi bog` uzunligi 0,155 nm, yod molekulasidagi bog` uzunligi esa vodorod yodiddagi bog` uzunligidan 0,035 masofa birligiga uzun bo’lsa, vodorod molekulasidagi bog` uzunligini (nm) toping.


A)0,12 B) 0,24 C)0,06 D)1,02

65. Hajmiy nisbatlari 2:3 bo’lgan NO va NO2 aralashmasining o’rtacha molyar massasini hisoblang. A) 39,6 B) 36,4 C) 38,6 D) 35,3


66. Bertole tuzini katalizator ishtirokida parchalab O2 olishda qaysi moddadan katalizator sifatida foydalaniladi.


A)Al2O3 B)Pd C)MnO2 D)ZnO

67. Moddaning tozalik darajasi yuqori bo’lgani nima deyiladi.


A) analiz uchun toza B) texnik toza
C) kimyoviy toza D) sof toza

68. HCI(g)+O2(g)=Cl2(g)+H2O(g) reaksiyada kislorodning 25% i sarflanganda kimyoviy muvozanat qaror topdi. HCI va O2 larning dastlabki konsentrasiyasi mos ravishda 0,9 va 0,4 mol/l bo`lsa, barcha moddalarning muvozanat konsentarasiyalari (mol/l) yig`indisini hisoblang.


A) 2,7 B) 3,6 C) 2,4 D) 1,2
69. Valentlik lotincha “valens” so’zidan olingan bo’lib, ……. Manoni anglatadi.
A) teng qiymatli B) tortib oluvchi
C) kuchi bor D) birikish

70. Vodorod izotoplarini kashf qilgan olimlar nomi bilan juftlab toping.


1)Deyteriy 2)protiy 3)tritiy
a)Kavendish b)G.Yuri c)Olifamta
A)1-a, 2-b, 3-c B)1-c, 2-a, 3-c
C)2-a, 1-b, 3-c D)3-b, 1-a, 2-c

71. Ba’zi bir metall oksidini tarkibini Me2O3 eng oddiy formula bilan ifodalash mumkin. Massasi 60,8 g bo’lgan oksid namunasi tarkibida 41,6 g metall bor. Bu qaysi metall?


A) Al B) Fe C) Cr D) Ni

72. Qo’sh tuzni toping.


A) Cu(OH)2∙CuCO3 B)CaCO3∙MgCO3
C) Na2CO3∙NaHCO3 D)NaCl

73. Avtomobillar, akumlator batareyalarda qaysi kislota ishlatiladi.


A)HNO3 B)H2SO4 C)HClO3 D)H2CO3

74. 202,65 kpa bosim va 323 K da turgan noma’lum gazning absolyut zichligi 2,416 g/l keladi. Nomalum gazning molyar massasini toping.


A) 44 B) 32 C) 28 D) 38

75. Gazsimon metalmaslarni ko’rsating.


1) Br2 2) O2 3) J2 4) Cl2 5) O3 6) S8 7) P
A)2,4,5 B)1,3,6 C)1,2,4,5 D)1,3,6,7

76. H2S + O2 = SO2 + H2O ushbu reaksiyada vodorod sulfidning konsentratsiyasi uch marta kamayib, kislorodning konsentratsiyasi 4 marta ortirilsa, to`g`ri reaksiyaning tezligi necha marta ortadi.


A)2,2 B)2.22 C) 2065 D)2,25

77. Asosli oksidlarni ko’rsating


1) Na2O 2) MnO2 3) CrO 4) Al2O3
5) Mn2O3 6) ZnO 7) MgO 8) Fe2O3
A) 1,2,3,5,7 B) 4,5,6,8
C) 1,3,5,7 D) 1,3,5,7,8

78. Malahit qanday tuzlar qatoriga kiradi.


A) asosli B) o’rta C) nordon D) qo’sh
79. 60℃ dagi tezligi 1,6 mol/(l*min) bo’lgan reaksiyani 40℃ da 1,5 mol/l konsentratsiya 5 marta kamayishi uchun qancha vaqt (sek) talab etiladi?(𝛾=2)
A) 1,2 B) 0,4 C) 3 D) 180

80. Ishqorlar fenolftalein rangini qanday o’zgatiradi.


A) rangsiz B) pushti C) ko’k D) sariq

81. Nordon tuzlar hosil qiluvchi kislotalarni toping.


1)HNO3 2)H4P2O7 3)H2SO4 4)HCN
5)H2S 6)H3BO3 7)HPO3 8)H2C2O3
A)1,3,5,6,8 B)1,4,5,7 C)2,3,5,6,8 D)3,5,6,7,8

82. 80 gram kislorodning 120 kpa bosim 50 oC dagi hajmini toping


A) 65 B) 56 C) 67 D) 57

83. Hajmiy nisbati 2:5:3 bo`lgan silan, kislorod va azotdan iborat aralashma yoqildi va 200C gacha sovutildi. Ohirgi gazli aralashmaning o`rtacha molyar massasini (g) aniqlang?


A) 19 g B) 29 g C) 39 g D) 49 g

84. A(g) + B(g) = C(g) + D(g) sistemada moddalarning muvozanat xolatdagi konsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 6, 4, 3, 8 ga teng. Sistemaga C moddadan 3 mol chiqarilgandan keyin, B va D moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini (mol/l) da hisoblang. Reaksiya hajmi 1 litr idishda olib borildi.


A) 6.96, 13.04 B) 2.67, 9.33
C) 3.87, 10.13 D) 4.67, 1.67

85. Agar reaksiyaning o`rtacha tezligi 1,2 mol/l.sek bo`lganda, boshlang`ich moddalardan birining konsentratsiyasi 3,6 mol/l ga kamaysa, reaksiya qancha davom etgan (sekund) bo`ladi.


A) 3 B) 5 C) 8 D) 2

86. Tarkibida sp3- gibridlangan atom bo’lgan moddalarni ko’rsating.


1) mеtan; 2) ammiak; 3) ammoniy ioni;
4) suv; 5) sulfit angidrid;
6) etilеn; 7) bor ftorid; 8) bеrilliy xlorid.
А) 1, 2, 3, 4 В) 1, 2, 4, 6
C) 3, 4, 7, 8 D) 4, 6, 7, 8
87. Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa?
1) qog`ozning yonishi
2) mis simining qizdirilganda qorayishi
3) suvning muzlashi
4) temirning magnitga tortilishi
5) yog`ning benzinda erishi
6) sutning achishi
A) 3, 4 va 6 B) 2, 5 va 6
C) 1, 2 va 6 D) 2, 3 va 5

88. Quyidagi moddalar turidan qaysinisi allotropik shakllarga xos?


A) suv, bug, muz
B) suv, tuman, shudring
C) vodorod, xlor, kislorod
D) olmos, karbin, grafit

89. Temperatura 70°C dan 30°C gacha sovutilganda reaksiya tezligi 256 marta kamayadi. Shu reaksiyaning temperatura koeffisientini hisoblang.


A) 4 B) 2 C) 3 D) 5

90. Havo tarkibida vodorod sulfidning tarqalishi qanday hodisa.


A) Flotatsiya B) Diffuziya
C) Kimyoviy D) Sublimatsiya
VODIY ZIYO” ABITURIYENTLAR TAYYORLASH MARKAZI.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling