1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosat. Shaxsga sig‘inishni fosh qilinishi. N. S. Xrushyevning faoliyati


Download 56.42 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi56.42 Kb.
#1468993
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosat. Shaxsga sig‘


5-Ma’ruza:Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Rossiya davlati.

Reja:

1.Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosat.
2. Shaxsga sig‘inishni fosh qilinishi. N.S.Xrushyevning faoliyati.
3.Turg‘unlik davri.

4. 1985 – 1991 yillar Sovet Ittifoqi. M.S.Gorbachyev va uning “qayta qurish va oshkoralik” siyosati.

5.SSSRning parchalanishi va MDHning tashkil topishi.


6.XX asr 90- yilarida Rossiya Federatsiyasi.


1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosat.
Ikkinchi jahon urushi yakunlangach g‘alaba qozongan sobiq ittifoqchilar bir-birga nisbatan qarama-qarshi pozitsiyani egalladilar. Ular o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy va g‘oyaviy tafavud bir-biriga karshi bo‘lgan ikkita jahon tizimining vujudga kelishiga va shu asosda qarama-qarshi harbiy bloklar – Shimoliy-Atlantika harbiy-siyosiy shartnomasi (NATO) va Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VSHT)ning shakllanishiga sabab bo‘ldi. 50- yillar boshi sovuq urushning eng avjga chiqqan payti bo‘ldi va Koreyadagi urush uning yaqqol namoyondasii edi.
Sobiq ittifoqchilar o‘rtasidagi ziddiyat Germaniya masalasida ham yuzaga keldi. G‘arbiy Berlin muammosi Germaniya masalasida diqqat markazidan o‘rin egalladi.
Urush tugagandan so‘ng bir necha yillardan keyin sobiq ittifoq­chilar­ning bir-birlariga to‘g‘ri kelmaydigan davolaridan so‘ng jahondagi vaziyat­ni yana qayta harbiy to‘qnashuvlar holatiga olib keldi. Dunyo xalqlari “buyuk davatlar” siyosiy rahbarlarining imperiya orzularining garov tariqasi ostida qoldilar.

2. Shaxsga sig‘inishni fosh qilinishi. N.S.Xrushyevning faoliyati.
1953 yil 5 martda I.V.Stalin vafot etdi. Partiyaning yuqori rahbarlari o‘rtasida xoqimiyat uchun kurash ketdi va unda N.S.Xrushyov g‘olib chiqdi. O‘zining siyosiy raqiblarini siqib chiqarib, N.S.Xrushyov mamlakatdagi eng yukori rahbar lavozimlarini egalladi. U, KPSS MKning Birinchi kotibi va SSSR Ministrlar kengashining Raisi bo‘lib oldi.
N.S.Xrushyovning nomi avvalo bor uning KPSS XX s’yezdidagi (1956yil)nutqi bilan bo‘g‘liq. Ushbu nutq I.V.Stalin shaxsiga sig‘inishning fosh etilishiga qaratilgan edi. Unda, Stalin “xalqlar otasi” va “butun dunyo mehnatkashlarining dohisi” emasligi eng yuqori partiya darajasida birin­chi marta ma’lum qilindi. Aksincha u millionlab odamlarni qurbon qilgan jinoyatchi va tiran deb e’lon qilindi. Qatag‘on va noto‘g‘ri olib borilgan siyosatdagi butun ayib shaxsan Stalinga va uning safdoshlariga yuklatildi. Sotsialistik jamiyat qurish yo‘lidagi barcha kamchailiklar nafaqat tanqit ostiga alindi, balki ularning barchasi Stalin nomi bilan bo‘g‘landi. Ammo N.S.Xrushyov o‘zinin siyosatida izchil emasedi. Bunday holat iqtisodga, siyosatga va partiyani g‘oyaviy xayotiga ta’luqli edi. N.S.Xrushyovning san sanog‘siz islohotlari va eksperimentlari xalqning turmush darajasida o‘z ifodasini topdi. Uning faoliyatiga nisbatan davlat apparati rahbarlari, harbiylar va ziyoliylar orasida noroziliklar kuchayib bordi.


Download 56.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling