1. Ilmiy muammo va uning yechimi Ilmiy muammolarning vujudga kelish sabablari


Download 21.75 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1429647
1   2
Bog'liq
Ilmiy muammolarning vujudga kelishi va mantiqiy tuzilishi, ularning turlari va hal qilinishi.

Ilmiy muammoni qo‘yishmuammoni izlash, muammoni qo‘yish va rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Muammoni izlash – ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo‘lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog‘liq muammoni misol qilib olishimiz mumkin.
Ilmiy muammolarni izlash va shakllantirishda ularni yechish uchun o‘ylab qo‘yilgan tadqiqotlardan kutilayotgan natijalarni amaliyot ehtiyojlari (talablari) bilan o‘zaro munosabati quyidagi uchta prinsipga mos kelishi muhimdir: – belgilab olingan yo‘nalishda, ushbu muammoni yechimisiz texnikani kelajakda rivojlanish imkoni bormi? – ko‘zda tutilgan tadqiqotlar natijasi texnika sohasiga aniq nima beradi? – belgilangan ilmiy muammo bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar natijasida olinishi ko‘zda tutilayotgan bilimlar yangi qonuniyatlar, yangi usul, texnologiya va texnik qurilmalar bugungi kundagi fan va texnikadagi mavjudlariga qaraganda (nisbatan) katta amaliy ahamiyatga egami?
Muammoni qo‘yish (shakllantirish). Ilmiy muammoni izlash va tanlash insonning ilmiy tafakkuri va amaliy faoliyatidagi eng murakkab va hali o‘rganilmagan va ma’lum bo‘lmagan bilimlarni izlab topishdek biri ikkinchisini inkor qiladigan jarayondir.
Shu bilan birga ma’lum umumiylikka ega quyidagi qoidalar mavjudligini ham aytib o‘tish lozim:
– ilmiy muammoga oid fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini yaxshi bilishi va ilgaridan yechimi ma’lum muammoni qo‘ymaslik, boshqacha aytganda muammoga oid ma’lum bilimlarni noma’lumlaridan aniq chegaralash;
– olib boriladigan talqiqotlar chegarasi va tadqiqot obyektini aniq belgilab olish; – ilmiy muammoni yechish usullarini aniqlash, ya’ni muammoni turini(ilmiy nazorat, amaliy, maxsus kompleks) tadqiqot olib borish metodikasini aniqlash. Muammoni kengaytirish, qo‘shimcha yechimlar bilan to‘ldirish. Muammoni yechilishi davomida, qo‘shimcha, ya’ni bosh muammoni yechimni to‘ldiruvchi tadqiqotlar olib borish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Masalan, elektr energiyasidan samarali foydalanish muammosini yechish ushbu bosh muammo boshqa ko‘plab muammolarni yechish zaruriyatini vujudga keltiradi. Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor elektrotexnologik jarayonlarni ishlab chiqish va h.k. bosh muammolar – elektr energiyasidan foydalanish muammosini kengayishi va to‘ldirilishini, boyitilishini ta’minlaydi.
Xulosa. Bu masalaning falsafa fani va uni o'rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g'oya va mafkuralar, ta'limot va nazariyalar bilan bog'liq yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, ro'y berayotgan g'oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi, tavsifi va ahamiyati falsafaning o'zi kabi qadimiy va nihoyatda dolzarb ekanligiga shubha yo'q

Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati:



  1. Q.Nazarov, D.Fayzixo`jayev. Falsafa asoslari – Toshkent – 2018y

  2. https://fayllar.org/ilmiy-muammolarning-vujudga-kelishi-va-mantiqiy-tuzilishi.html

  3. https://library.samdu.uz/files/edd97b0044715c897cb387f364eae9e1_MANTIQ%20TARIXI%20VA%20NAZARIYASI.pdf

  4. https://e-library.namdu.uz/87%20%D0%A4%D0%B0%D0%BB%D1%81%D0%B0%D1%84%D0%B0.%20%D0%90%D1%85%D0%BB%D0%BE%D0%BA%D1%88%D1%83%D0%BD%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B8%D0%BA/Mamadiyeva%20N.X.%20Falsafa%20(Mantiq%20qismidan).pdf

  5. https://tfi.uz/storage/doc-pages/155/original/1a4af0834d1f1825c283ad21608a673505a93d91.pdf

Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling