1. Ilonlar haqida qisqacha ma’lumot O’zbekistonda uchrovchi zaharli ilonlar Ilonlar haqida qiziqarli faktlar


Download 268.23 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi268.23 Kb.
#1473204
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar va ular zahri xuxusiyatlari

Ilon zahari — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan . Ilon zahrining 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. . Ilon zahrida 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforsz usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni oʻldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Koʻzoynakli ilon zaharidan nervga taʼsir etadigan modda — neytrotoksin, koʻlvor ilon va charx ilon zaharidan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlanishida ana shu maxsus toksinlar va baʼzi- fermentlar asosiy rol oʻynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorongʻi joyda saklangan . Ilon zahri 15—20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi.
Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga taʼsiri ham bir xil emas, masalan, koʻzoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, koʻlvor ilon, charx ilon va boʻsh ilon zahari esa, asosan, qon tomir devori va qonga taʼsir etadi. Bu ilonlar chaqqanda jarohatlangan joy va uning atrofi zahardagi gemorragik moddalar taʼsirida shishadi va qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Ilon zahrining taʼsiri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bogʻliq. Koʻkrak yoki boʻyinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar koʻp.
Ilon chaqqanda koʻriladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni ogʻiz bilan ham soʻrib olish mumkin, lekin ogʻiz boʻshligʻida yarachaqa boʻlmasligi kerak. Ilon oyoq yoki qoʻlni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga oʻshaning zaharidan tayyorlangan maxsus zardob yuboriladi. Bunday zardoblar Toshkentdagi Vaksina va zardoblar ilmiy tad-qiqot intida tayyorlanadi.
Ilon zahridan tayyorlangan preparatlar shifo-baxsh dori sifatida ishlatiladi, masalan, vipraksin, nayasin va viprosallar yalligʻlanishga qarshi va ogʻriqsizlantiruvchi xossalarga ega boʻlib, revmatizm va nerv kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. Ilon zahridan ajratib olingan fermentlar nuklein kislotalar va oqsil moddalar strukturasini, organizmning baʼzi ferment sistemalarini, oqsillar almashinuvida oraliq moddalar hosil boʻlishini oʻrganishda koʻllanilmoqda. Oʻzbekiston FA Biokimyo institutipa. Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining kimyoviy tarkibi va taʼsiri oʻrganiladi.
Ilonlardan har 25—30 kunda bir marta zahar olinadi. Oʻzbekistonda uchraydigan ilonlardan kuzoynakli ilon (kapcha ilon) va koʻlbor ilon (gyurza)da koʻp, charx ilon va boʻsh ilon (qalqontumshuq ilon)da kamroq, choʻl qora iloni (gadyuka)da juda kam zahar boʻladi. Har galda koʻpi bilan 0,1 g quruq zahar olish mumkin
Download 268.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling