Mavzu: oqsil moddalar, aminokislotalar va ularning ahamiyati. Oqsil strukturalari va xossalari


Download 82.92 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi82.92 Kb.
#1507397
  1   2   3
Bog'liq
2– Amaliy mashg\'ulot


2 – AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: OQSIL MODDALAR, AMINOKISLOTALAR VA ULARNING AHAMIYATI. OQSIL STRUKTURALARI VA XOSSALARI


Asosiy maqsad: Oqsil moddalar va ularning axamiyati. Oqsil strukturalari va xossalarini o’rg’anish.
Oqsillarning aminokilota tarkibini o‘rganishning eng qulay usuli gidroliz hisoblanadi. Oqsillar kislota yoki ishqor ishtirokida 100-110oC atrofida 24 soat bosim ostida, qaynatilsa to‘liq gidrolizga uchraydi. Yoki (oqsilni parchalovchi ferment tripsin) fermentativ usulda ham aminokislotalarga ajratish mumkin. Hosil bo‘lgan oqsil gidrolizatining aminokislota tarkibi xromatografik usulda yoki avtomatik analizatorlarda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarikibida 400 dan ziyod aminokislotalar borligi aniqlangan bo‘lib, shulardan 20 tasi oqsillar tarkibida doim, ba’zilari ayrim hollarda uchraydi.
Aminokislotalar tarkibida amino va karboksil gruppa tutuvchi organik birikmalardir. Ularning oqsillar tarkibida uchraydigan vakillari (prolindan tashqari) quyidagi umumiy formula bilan ifodalaniladi.

Oqsil tarkibiga kiruvchi 20 xil aminokislotalar kimyoviy strukturasiga ko‘ra bir-biridan radikal qismi bilan farq qiladi va asosiy olti sinfga bo‘linadi.

  1. Monoaminomonokarbon aminokislotalar:

glitsin, alanin, valin, leysin, izoleysin, serin, trionin

  1. Monoaminodikarbon aminokislotalar:

asparagin, glutamin

  1. Diaminomonokarbon aminokislotalar:

lizin, arginin

  1. Oltingugurt tutuvchi aminokislotalar:

metionin,ssistein,ssistin

  1. Aromatik aminokislotalar:

fenilalanin, tirozin

  1. Geterotsiklik aminokislotalar:

triptofan, gistidin, prolin, oksiprolin
Aminokislotalar assimetrik fazoviy strukturaga ega bo‘lganligi uchun qutublangan nur sathini o‘nga yoki chapga buradi. Lekin ularning hammasi tabiiy manba’larda asosan L-konfiguratsiyada uchrayda. D – konfiguratsiyada aminokislotalar oqsillar tarkibida uchramaydi.
Ular ayrim hollarda mikroorganizmlarda, ba’zi peptidlar yokissiklopeptidlar tarkibida uchrashi mumkin.
Aminokislotalarning DvaL – izomerlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

Asosan tabiiy oqsillar tarkibida umuman ko‘proq L(-) aminokislotalar uchraydi. Aminokislotalarning radikal qismidagi xilma-xilligi, oqsillarning turli xil fizik va kimyoviy hususiyatlari bilan birgalikda turli fiziologik funksiyasini ham belgilaydi. Oqsil xarakteriga ko‘ra ayrim aminokislotalar shu oqsil tarkibiga kirmasligi ham mumkin.
Tirik organizmda sintezlanuvchi oqsillar «zamenimыe»– almashinadigan ya’ni o‘rni qoplanadigan aminokislotalar va sintezlanmaydigan - tayyor holda organizmga qabul qilinadigan aminokislotalar «nezamenimie», ya’ni almashinmaydigan–o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar deyiladi.
Quyida oqsillar tarkibiga uchraydigan 20 xil aminokislotalarning formulalari struktura holida keltirilgan.

Download 82.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling