1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


-Ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarni tashkil etish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari sharhi


Download 1.12 Mb.
bet37/291
Sana23.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#1049654
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   291
Bog'liq
Ilm yo‘li

2-Ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarni tashkil etish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari sharhi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va o‘rta maktablarda ta’lim xizmatlarini kengaytirish maqsadida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, raqobatbardoshlikni oshirish, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bir yillik bepul o‘qishga o‘tish, aholida ushbu maqsadlarni ommalashtirish uchun ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarda ta’lim tashkilotlarining bir qator ta’lim xizmatlarini tanlash bo‘yicha huquqlari belgilab berilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 999-sonli «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori.

  • «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy bepul tayyorlash uchun pilot guruhlarni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom»

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ilova.

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi.

  • O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (2018 yil).

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi (2018 yil).

  • 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tayyorlash uchun «Ilm yo‘li» rivojlanish, tarbiyalash va o‘qitishning variatich dasturi (Ikkinchi nashr. 2019).

3-ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruh pedagoglarining namunaviy lavozim yo‘riqnomasi


1. Umumiy qoidalar
1.1. Boshlang‘ich ta’limni majburiy bir yillik tayyorlash uchun guruhdagi pedagog lavozimiga asosiy xodimlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarning buyrug‘i bilan tayinlanadi.
1.2. Guruh pedagogi quyidagilarni bilishi zarur: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonuni, «Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya», ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar va uslubiy tavsiyalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologiyasi va gigiyenasi, bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish qoidalari, tibbiy yordamgacha asoslar, nazariya va tarbiyaviy ishlarning uslubiyati, fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslari.
1.3. Pedagog MTT rahbari va metodisti rahbarligida ishlaydi va ularga o‘z ishi haqida hisobot beradi.
1.4. Guruh pedagogi muntazam ravishda pedagogik yig‘ilishlarda, metodik birlashmalarda, uzluksiz o‘quv kurslarida va boshqa tadbirlarda qatnashib o‘z malakalarini oshirishi kerak.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling