Kichik soha: Mayda motorika
Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi Kutilayotgan natija:
tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) ko‘rsatadi;
arqonlardan turli tugunlarni tugadi;
o‘yin faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi;
belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirta oladi;
mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi.
Kichik soha: Sensomotorika
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir
Kutilayotgan natija:
pastdan, boshi uzra koptokni irg‘itadi;
koptokni yer bo‘ylab ilonizi qilib irg‘itadi;
chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi;
koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling);
gardishni qo‘lida, oyog‘ida, belida aylantiradi;
halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.
Kichik soha: : Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
Talab: Bola sog‘liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sog‘lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega.
Kutilayotgan natija:
o‘zining tashqi ko‘rinishiga etibor beradi;
jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o‘ynash va hokazo);
bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi;
yong‘in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104 telefon raqamlarini biladi;
xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi
supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |