1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Tarbiyachining ishchi jurnali


Download 1.12 Mb.
bet20/291
Sana23.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#1049654
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   291
Bog'liq
Ilm yo‘li

Tarbiyachining ishchi jurnali10 o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi:

  • titul varag‘i;

  • havo iliq va sovuq vaqtlarda guruhning kun tartibi;

  • ertalabki gimnastika majmuasi;

  • sentyabrdan avgust oyigacha guruhdagi ta’lim jarayonini rejalashtiirish (o‘z ichiga ertalabki lineyka, sayrlar, ota-onalar bilan suhbatlarni oladi);

Mashg‘ulotlarning konspektlari faoliyat maqsadlari, uning qisqacha bayoni, zaruriy jihozlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Mazkur konspektlar tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘lib, tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan ijodiy tarzda o‘zgartirilishi ham mumkin.
10 “Ilm yo‘li” Variativ dasturiga 11-ilova, «Pyedagogning ish jurnali namunaviy shakli».

VII bob. Mashg‘ulotlardagi o‘qitish


Ta’lim-tarbiya faoliyatining maqsadi bo‘lib bolada umumiy asosiy kompetensiyalarning va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllantirilishi uchun shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash guruhlarida bolalarning barcha faoliyati, mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga olgan holda o‘yinli tarzda o‘tkaziladi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga mos holda ko‘zda tutiladiki, bola maktabgacha tayyorlov guruhidan chiqishda ma’lum bir natijalarga erisha oladi.

7.1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish


1.Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
Kichik soha: Yirik motorika
Talab: Bola o‘z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi
Kutilayotgan natija:

  • bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi;

  • yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;

  • yengil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni yengib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda);

  • bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi;

  • arqonda turli usullarda sakraydi;

  • arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi;

  • ikki oyoqli velosipedda uchadi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling