Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish mundarija kirish


Download 211 Kb.
bet1/11
Sana20.12.2022
Hajmi211 Kb.
#1036307
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG\'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI LOYIHALASHTIRISH


JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI LOYIHALASHTIRISH
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………………2
I.BOB. BOLALAR BOG'CHASIDA VA UYDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH KATTALAR TOMONIDAN TO'G'RI NAMUNADAN BOSHLANISH
1.1.Bolalar bog'chasida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari………………………5
1.2.Sog'lom odatlar va tartiblar…………………………………………….……7
II. BOB. SOGLOM TURMUSH TARZINI LOYIXALASHTIRISH
“Sog‘lom turmush tarzi” tushunchasi va uning tarkibiy tuzilmasi……..….12

    1. Sog‘lom turmush tarzining ma’naviy-axloqiy negizlari va huquqiy asoslari…………………………………………………………………………….25

XULOSA ……………………………………………………………….………..36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI…………………...……. 39
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida mamlakatimizda adolatli demokratik jamiyat bunyod etish bosh maqsad qilib belgilandi va bu maqsad sari izchil qadamlar qo’yildi. Bunda inson manfaatlari va haq-huquqlarini to’liq hisobga oladigan, uning asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradigan eng adolatli ijtimoiy makon bo’lmish fuqarolik jamiyatini qurish borasida ham muhim natijalarga erishildi. Jamiyatda sog`lom turmush tarzini yanada shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog`lom va ma`naviy boy yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug`ullanishiga keng jalb etilishini ta`minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan faol islohatchilik siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Keyingi yillarda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi harakatlar izchillik bilan olib borilmoqda. Ta’kidlash muhimki, bu yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Sog‘lom turmush tarzi iborasining zaminida inson salomatligi qolaversa yoshlar kelajagi yotar ekan, bu jamiyat taraqqiyotining yuksalishida asosiy o‘ringa ega bo‘lishi tabiiydir.
Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni “Sog‘lom avlod uchun” deb atalgani, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tashkil topgani, 2000 yilni “Sog‘lom avlod yili”, 2010 yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani ham yuqoridagi fikrimizning yorqin ifodasidir. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy 2014 yilnining “Sog‘lom bola yili” deb e’loni qilinishi mazkur sohadagi islohatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Sog’lom turmush tarzinini saqlab qolish bugungi globallashayotgan, kishilar tafakkurida o’zgacha qarashlar sodir bo’layotgan murakkab bir davrda o’ta muhim masala hisoblanib, kelajak avlodni ham jismonan ham ma’nan barkamol qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Zero Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek “ Bu har qanday bunyodkorchilik ishi har qanday qurilish, har qanday mehnat uchun zarur bo'lgan sog'lom muhitdir” 1.
Bu borada oila va mahalla instutitning jamiyat hayotidagi o‘rni va ularning ijtimoiy vazifalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Bolani xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”2. Mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalashda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish samaralar garovi bo’lib hizmat qilmoqda.

Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling