Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish mundarija kirish


- o‘qib berish usulidan voz kechish; -


Download 211 Kb.
bet10/11
Sana20.12.2022
Hajmi211 Kb.
#1036307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG\'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI LOYIHALASHTIRISH

- o‘qib berish usulidan voz kechish;
- rasmiyatchilikdan voz kechish;
- auditoriyada ta’sirchanlikni ta’minlash;
- hayotiy misollarga tayanish, ko‘rgazmali vositalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Biz ushbu ishda sog‘lom turmush tarzi, uning asosiy yo‘nalishlari va ularning talablari haqida bilim va tushuncha berishga harakat qildik.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun quyidagi usullarni taklif qilamiz:
- eng avvalo, o‘zingizdagi zararli odatlardan qutilishga harakat qiling. Buning uchun ularning zarari va oqibatini teran tasavvur qiling hamda tanqidiy baholang. Zararli odatlardan qutilish yo‘llarini izlang;
- ovqatlanishda me’yorni odat qiling. Tana vazningiz meyorda bo‘lishiga erishing. Ortiqcha va tartibsiz, pala-partish ovqatlanishga chek qo‘ying;
- kundalik jismoniy faollikni ta’minlang. Ertalab turib sayr qilish, yurish, yugurishni odat qiling. Kundalik harakat dasturingiz oz bo‘lsa ham doimiy bajariladigan mashg‘ulotlardan iborat bo‘lsin. Buni uy sharoitida bajariladigan mashqlardan boshlash mumkin;
- har kuni erta uyquga yotib, erta turishni odat qiling. O‘qishda tanaffus vaqtida ochiq havoga chiqing;
- o‘zaro muomala va munosabatlarda izzat, hurmat, axloq, odob meyorlariga, jamiyat qonunlariga rioya qiling;
- oilaviy munosabatlar xam o‘zaro munosabatlarning davomi. Shuning uchun yuqoridagi talablar bu erda ham amal qiladi. Oilaviy juft tanlashda asosiy talabni chiroy, mavqe, boylik kabi tashqi omillarga qarab emas, balki, tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik omillar nuqtai nazaridan hal qilishga harakat qiling;
- tozalikni odat qiling;
- ehtiyotkorlik kundalik turmushingizning asosiy talabi bo‘lsin. Har bir texnika va mexanizmlardan foydalanishda, biror ish, hatto, gap gapirishdan oldin uning oqibatlari haqida o‘ylang;
- sog‘lom turmush tarzi kechiruvchi odamlar bilan do‘stlashing. Ularning suhbatlari sizda sog‘lom turmush tarzi shakllanishi, bu sohada bilimlaringizni boyishiga yordam beradi. Uyingizda, albatta, sog‘lom turmush tarzi masalalariga bag‘ishlangan kitoblar bo‘lsin. Sizning sog‘lom turmush tarzi yo‘lidagi harakatingiz oila a’zolaringizni, do‘stlaringiz, tanishlaringizni ergashtirishga xizmat qilsin.

Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling