1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 1.12 Mb.
bet4/291
Sana23.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#1049654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
Ilm yo‘li

Inklyuziv ta’lim – alohida individual imkoniyatlarni va ta’limiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan barcha bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning teng ravishda ommabopligini ta’minlaydigan jarayon;
Model (lotinchadan – o‘lcham, namuna) – tabiatdagi yoki jamiyatdagi hodisa yoxud jarayonlarni talqin qilish;
Integrasiyalashgan rejalashtirish – bolalarni o‘qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir: bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik zarur, biroq bir butun majmua sifatida qarash lozim. Turli sohalardagi ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq va bir-biri bilan uyg‘unlashgan .
Bola kompetensiyasibolaning bilim, ko‘nikma, malakalar va qadriyatlar majmuidir. Tayanch kompetensiyalar rivojlanish sohalaridan qat’iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
Pedagogik strategiya – bolalarga belgilangan maqsadlarga erishishda yordam ko‘rsatish uchun pedagoglar foydalanadigan konkret metodlar to‘plamini namoyon qiladi. Strategiya asosida bolaning qiziqishlari, uning kuchli va kuchsiz tomonlari, yoshga doir o‘ziga xosliklar va shaxsiy sifatlarning hisobga olinishi, o‘qitish shakli yotadi;
Men” konsepsiyasi – bolaning o‘zi, uning refleksiv faoliyatining qismi haqidagi tasavvurlarining tizimi;
Rejalashtirish vositalari – pedagog kutilayotgan natijalarga erishish uchun faoliyat mazmunini, turlarini, imkoniyat(resurs)larini belgilaydigan vositalar, metodlar, usullar;
Kuzatish – bola ishlayotgan yoki o‘ynayotgan vaqtda uning faoliyatiga aralashmagan holda uni kuzatib borish jarayoni;
Hujjatlashtirish – bu yozuv yordamida belgilangan shaklda turli xil tashuvchilarga biron-bir axborotlarni saqlab qo‘yish jarayoni, bolalarni kuzatishga va ro‘yxatga olib qo‘yishga tizimli yondashuvdir, olinadigan ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlashga yordam beradi.

Kirish


O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999- sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.
Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin:

  • bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;

  • maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.

Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning o‘rgatuvchi jarayonidagi integrasiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling