1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 1.04 Mb.
bet2/289
Sana16.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1514170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   289
Bog'liq
1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi (1)

Mundarija





Asosiy tushunchalar


Sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish; bolalarda o‘qishga bo‘lgan xohish-istaklarini qo‘llab-quvvatlaydigan, maktabga borish imkoniyatlarini ta’minlaydigan, ota-onalarga yordam ko‘rsatadigan, bolalarning sog‘ligini (ham psixik, ham jismoniy) saqlashning samarali o‘qitish dasturidir; tarbiyalanuvchilarning o‘qishi, salomatligi va individual rivojlanishining muvaffaqiyatli natijalaridir;
Invariantli qism – istalgan MTT da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan maktabgacha ta’lim Davlat dasturining majburiy qismi;
Variativ qism – ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladi, maktabgacha ta’limning xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarini, turlari bo‘yicha har- xilligini aks ettiruvchi maktabgacha ta’lim turi;
O‘zR IMYOBRDT1 O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari;
YOndashuv – bu pedagogik faoliyatning o‘zaro bog‘langan g‘oyalari, tushunchalari va usullarining ma’lum bir xususiyatli jamlanmasidan foydlanishga undovchi pedagog faoliyatining metodologik yo‘naltirilishidir;
SHaxsiy-yo‘naltirilgan yondashuv – bu ta’lim jarayoni markaziga faoliyat sub’ekti sifatida ta’lim oluvchi qo‘yiladigan yondashuvdir. Etakchi tamoyili bo‘lib ta’lim oluvchining ehtiyojlari, motivlari, tajribasi va dolzarb rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilganlik va yaqin istiqboldagi rivojlanish hududida o‘qitish sanaladi2.
Individual yondashuv – ta’lim beruvchining guruxdagi har bir bolaning faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruxdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishni hamda mo‘ljallangan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqini e’tiborga olishini bildiradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling