1. Iminosorbentlar va ularni olish usuli. Makane usuli yordamida konyugat olish


-qon yaratuvchi o'zak hujayralar bilan hamkorligi


Download 112 Kb.
bet8/12
Sana23.04.2023
Hajmi112 Kb.
#1384096
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
immunologiya. must

13-qon yaratuvchi o'zak hujayralar bilan hamkorligi
Immun jarayonida ishtirok etadigan hujayralar immunokompitent hujayralar deyiladi. Bunday hujayralarning asosan ikki turga ajratish mumkin:
1.Limfotsitlar – ularning o’zi ikki turga bo’linadi: T-limfotsitlar (timusga tobe) B-limfotsitlar (suyak ko’migiga tobe) Bundan tashqari immunitetda na T- na V-limfotsitlarga mansub tabiiiy killerlar ishtirok etadi.
2. Yordamchi hujayralar – asosan makrofaglarni kiritish mumkin, ularga interdigidlovchi va dendiritli hujayralar ham kiradi. Bu hujayralar immun tizimi a`zolarida T va B limfotsitlar uchun maxsus mikro muhit yaratish bilan birga limfotsitlarni antigenlardan zararsizlantirish jarayonida ham faol ishtirok etadi. Eozinofil, bazofil to’qima bazofillarni ham kiritish mumkin. T va B limfotsitlarning ko’payishi va shakllanishi antigenga bog’liq va bog’liq bo’lmagan holga keltirish mumkin. Antigenga bog’liq bo’lmagan ko’payish va shakllanish jarayoni immun tizimning markaziy a`zolarida (timusda va qizil suyak ko’migida) amalga oshadi. Bu a`zolarda T va V limfotsitlar mikromuhit hujayra ta`sirida etiladi. Antigenga bog’liq jarayon esa periferik immun shimoya a`zolarda sodir bo’ladi. Organizmga antigen turli yo’llar bilan tushishi mumkin. Antigen uchun eng yaqin asosiy darvozalar ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqaruv yo’llari va boshqa a`zolarning shilliq pardalari shisoblanadi. Teri orqali ham tushadi. T-limfotsitlar hujayraviy immunitetning asosiy tuzilmalaridir. Bundan tashqari ular gumoral immunitetga ham faol himoya reaktsiyalari boshqarishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi paytda T-limfotsitlaring bajaradigan vazifasiga ko’ra quyidagi asosiy turlari (subpopulyatsiya) farq qilinadi:
a)T–killerlar, ya`ni qotil limfotsitlar ular yot hujayralarga ta`sir etib, ularni o’ldirish va yemirishda ishtirok etadi.
v)T–helperlar (yordamchi) gumoral va hujayraviy immunitetda yordamchi vazifasini o’taydi. Ular antigenni tanib olib V-limfotsitlarni plazmatik hujayralarga aylantirishga yordam beradi. Plazmatik hujayralar – (antigenga qarshi antitana ishlab chiqaruvchi hujayralar).
s)T-supressor (pasaytiruvchi) B-limfotsitlarni plazmotsitlarga aylanish jarayonini susaytiradi va shu tufayli antitana shosil bo’lishini boshqaradi.
d)T–amplefeyerlar (kuchaytiruvchi).T–killer bilan T–helperlarning faoliyatini kuchaytiradi.
e)T–differentsiyalovchilar – (belgilovchi) qonning o’zak hujayralariga ta`sir qilib ularning mavsum yo’nalishda ko’payishini va shakllanishini boshqaradi. Bundan tashqari T limfotsitlar orasida antigen to’g’risida ma`lumotni eslab qoluvchi hujayralar borligi aniqlangan.
Immunitetning nomaxsus omillari
Organizmning infeksiyalarga qarshi tug‘ma nomaxsus himoya omillariga teri va shilliq qavatlar, limfa tugunlari, organizmdagi suyuqliklar (so‘lak, ko‘z yoshi, me’da-ichak, nafas va siydik-tanosil yo‘llarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi) ning bakteritsid ta’siri, normal mikroflora, fagotsitoz qiluvchi hujayralar, tabiiy killerlar, organizmning fiziologik reaksiyalari va boshqalar kiradi.
Teri va shilliq qavatlar. Mikroblar asosan organizmga teri va shilliq qavatlar orqali kiradi. Yuqori qavat epiteliy hujayralarining doimo yangilanishi, teri va yog‘ bezlari ajratmalari, shilliq qavat suyuqliklari mikroblarning ichkariga kirishiga to‘sqinlik qilib, teri va shilliq qavatlarni tozalab turadi. Teri faqat mexanik to‘siq vazifasini o‘tab qolmay, bakteritsid (mikroblarni o‘ldiruvchi) ta’sirga ham ega. Bu teri muhitining kislotali ekanligi (pH–5,5) (sut, sirka va yog‘ kislotalari hisobiga) va teri bezlari ishlab chiqaradigan har xil omillarga bog‘liq. Shuning uchun terida doimiy yashaydigan, shu muhitga chidamli saprofit mikroblardan farqli o‘laroq, gemolitik streptokokk, ichak tayoqchasi, salmonellalar kabi patogen bakteriyalar uzoq yashamaydi.
Ko‘z, nafas, og‘iz, me’da-ichak va siydik-tanosil yo‘llarining suyuqliklari tarkibida bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan lizotsim kabi fermentlar mavjud.
Limfa tugunlari. Teri va shilliq qavat “to‘siqlarini” yengib o‘tgan mikroorganizmlar limfaga tushadi, limfa tugunlari patogen bakteriyalarni tutib qoladi va halok qiladi. Patogen mikroorganizmlar limfa tugunlariga tushgach, u yerda yallig‘lanish jarayoni yuzaga keladi. Bunda to‘qimalardan leykotoksin, leykopenik omil, gistamin, serotonin va boshqa moddalar ajraladi, bular leykotsitlarga ta’sir etib, ularning faolligini oshiradi. Leykotsitlar yallig‘langan joyda to‘planib mikrobning to‘qima, qon va a’zolarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yallig‘lanish natijasida gavda harorati ko‘tariladi, atsidoz, gipoksiya rivojlanadi, bular ham o‘z navbatida patogen mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Endotsitoz organizmni patogen mikroorganizm va boshqa begona omillardan tozalovchi kuchli jarayondir. U fagotsitoz, retseptorlar orqali amalga oshadigan endotsitoz va pinotsitoz ko‘rinishida kechadi.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling