1. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1092266
1   2   3   4
Bog'liq
ZAYNIDDIN 08.01

Produtsentlar yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarini 
sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar 
kiritiladi. Avtotrof organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya manbayi bo‘lib 
xizmat qiladi. Konsumentlar tirik organizm tarkibidagi
organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi. Ularga barcha hayvonlar va 
parazit o‘simliklar kiradi. Konsumentlar uchun avtotroflar (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa 
organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Oziq turiga ko‘ra konsumentlar 
quyidagi tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni iste’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib konsumentlar deyiladi, 
masalan, chigirtka, bargxo‘r qo‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar va parazit o‘simliklar. Birinchi tartib konsumentlarini 
ikkinchi tartib konsumentlar iste’mol qiladi, ularga go‘shtxo‘r (yirtqich) hayvonlar kiradi. Uchinchi va undan 
keyingi tartib konsumentlariga ikkinchi va undan keyingi tartib konsumentlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar 
kiradi. Hammaxo‘r konsumentlar, masalan, to‘ng‘izlar birinchi va ikkinchi tartib konsumentlari, yirtqichlar esa, 
masalan, bo‘rilar ikkinchi va uchinchi tartib konsumentlari bo‘lishi
mumkin. O‘simlik va go‘sht mahsulotlarini birday iste’mol qiladigan hayvon turlarini hammaxo‘rlar deyiladi. 
Bunday turlarga suvaraklar, tuyaqushlar, kalamushlar, cho‘chqalar, qo‘ng‘ir ayiq misol bo‘ladi. Ekosistemada 
konsumentlar tartibi soni produtsentlar hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda
cheklangan bo‘ladi.
18. Savolni o’qing va faqat bitta to’g’ri javobni tanlang.
Matnga mos bo’lgan xulosani toping. 
A) Produsentlar anorganik moddalardan organik 
birikmalarni sintezlaydi. 
B) Konsumentlar uchun geterotroflar oziq manbayi 
bo’lib xizmat qiladi. 
C) Birinchi tartib konsumentlarini ikkinchi tartib 
konsumentlari iste’mol qiladi. 
D) Produsentlarga yashil o’simliklar, fotosintezlovchi va 
ximosintezlovchi bakteriyalar kiradi. 
19. Konsumentlar haqida to’g’ri malumotni toping. 
A) Konsumentlar yorug’lik va kimyoviy energiyadan 
foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarni 
sintezlaydi 
B) Hammaxo’r konsumentlar. Masalan to’g’izlar birincha 
va ikkinchi tartib konsumentlardir. 
C) Ekosistemada konsumentlar tartibi soni ularning 
hosil qiladigon biomassa hajmiga bog’liq bo’ladi. 
D) Konsumentlarga xemosintezlovchi va 
fotosintezlovchi bakteriyalar ham kiradi. 
20.Savolni o’qing va to’g’ri javobni belgilang.
Matn qaysi uslubga tegishli? 
A) ilmiy 
B) rasmiy 
C) publitsistik
D) monologik 
21.Savolni o’qing va bitta to’g’ri javobni belgilang.
Hammaxo’r konsumentlarga nimalar kiradi? 
A) suvarak, tuyaqush, bo’ri 
B) kalamush, lochin, burgut 
C) qo’ng’ir ayiq, to’ng’iz, kapalak 
D) kapalak, bo’ri, to’ng’iz 
22. Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazitlar 
kiradi. 
A) to’g’ri 
B) noto’g’ri 
@ZAYNIDDIN_UMUZOQOV 
@ZAYNIDDIN_UMUZOQOV 
@ZAYNIDDIN_UMUZOQOV 
@ZAYNIDDIN_UMUZOQOV 
@ZAYNIDDIN_UMUZOQOV 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 
@MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN 


Matnni o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring: 
“Kecha va kunduz” 
Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: 
Nimaga indamaysiz? Xo‘p, deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki... O‘zlarini 
bo‘lsa, o‘zingiz bilasiz, – dedi. So‘fi negadir: – Bilaman, Fitna, bilaman! – deb qo‘yib, yana jim bo‘ldi. Endi 
Qurvonbibi yana ham jiddiylashdi: – Bo‘lmasa, «yo‘q», deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi. 
Shundan keyin so‘fining tili aylandi: – Shoshma, Fitna, «yo‘q», dema, mayli, bora qolsin... Qachon keladi? – Indinga 
erta bilan yo kechqurun. – Eshon 
oyimning ra’ylariga qarasin. So‘fi o‘rnidan turdi. Kartdan tushib, kavshini kiyarkan: 
Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin, – dedi. – Nomahramlarga ovozini eshittirsa, rozi emasman. Bu safar 
odamga o‘xshash gapirib, Qurvonbibini quvontirgan Razzoq so‘fi shu so‘zlardan so‘ng yana o‘z jimligiga qaytdi. 
Biroz so‘ngra sallasini kiyib, yaxtagini qo‘liga olgandan so‘ng: – Xurjunni ber, Fitna! Bo‘lmasa, ikkita qop ber! – deb 
qoldi. Qurvonbibi qopni uzatarkan, erining qo‘liga shu topda biroz pul tushganini, endi kattaroq xarid qilish uchun 
bozorga 
ketayotganini va haligi zo‘r iltifotning ham pulning kuchi bilan bo‘lganini angladi... So‘fi tomoq qirib eshikdan 
chiqarkan, uydagi ikki sho‘x qiz yana bir-biriga chirmashgan edi... Qafasning darichasi ochildi! Endi qushlarga 
qanotlarini rostlab turib: «pirr» eta uchmoqdan, keng ko‘klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa 
qolmadi. Paranjini yopinib o‘tirmasdan, shundoq bosh 46 ustiga tashlab, chimmatni «xo‘ja ko‘rsin»ga tutgan bo‘lib 
yugurish kerak, xolos... 
23. Badiiy parcha haqida to’g’ri ma’lumotni toping. 
A) Saltanatxon Zebilarnikiga Shom payti kelgan edi. 
B) Razzoq so’fi yaxtagini kiyib, sallasini qo’liga olib 
bozorga yo’l oladi. 
C) Fitna barcha ishlarni pulning kuchi bilan bo’lganini 
angladi. 
D) Saltanatxon Qurvonbibining o’rtog’I edi. 
24. Asarda mehmondorchilikka borish unchun ruxsat 
qaysi jumla bilan ifodalanadi?
A) Qafasning darchasi ochildi. 
B) So’fi tomoq qirib eshikdan chiqdi. 
C) Ikki sho’x qiz yana bir-biriga chirmashdi. 
D) Ovozim bor deb, ashulaga zo’r bermasin. 
25. Parchada Razzoq so’fi nimadan rozi emas deb 
aytadi? 
A) Zebi Saltanatxon bilan birga borsa. 
B)Zebi nomahramlarga ovozini eshittirsa. 
C) Zebi chimmatni tutmasa. 
D) Fitna Saltanatxonga ketish uchun ruxsat beraylik 
desa. 
26. Badiiy parchada Razzoq so’fining bozorga 
bormoqchi ekanligining birinchi belgisini ko’rsating. 
A) Fitnadan qop so’ragani. 
B) Fitnadan pul olib chiqishini so’ragani. 
C) Fitnadan xurjunni so’ragani. 
D) Sallasini kiyib, yaxtagini qo’liga olganini. 


Gʻazal o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. 
1.Ey jamolingdin falakda mash’ali tobon xijil, 
Ko‘zlaringdin dur dag'i har subhidam cho‘lpon xijil. 
2.Chando erningning zulolindinkim, andin uftonib, 
Eshunub zulmotg‘a kirdi chashmai hayvon xijil. 
3.Bargi nasrin uzra mundoq zulfu xatingni ko‘rub, 
Hech g‘arib ermaski , bo‘lg‘ay sunbulu rayhon xijil. 
4.Ul tor og'zing ramzidin fahm etti go‘yo shamsaye 
Kim, chamanda bo‘ldi mundoq g‘unchai xandon xijil. 
5.Ko‘zlaring hayroni menkim, muncha nohaq qon qilib, 
Iymanib hech bo‘lmadi ul joduyi fatton xijil. 
6.Bilmadi husnung ramuzin, yo‘qsa holig‘a degin, 
Qolg‘ay erdi choh ichinda Yusufi Kan’on xijil. 
7.Bu Gadoning o‘tluq ohidin dag‘i ko‘z yoshidin 
Bo‘ldi barqi jon gudozi qatrai nayson xijil. 
Lug’at:tobon- oy, erin-lab, sunbul-g'uj bo'lib ochiladigan chiroyli gul, ramz- imo-ishora,
gudoz-dard , alam, kuyish; barq - nur, alanga 
28. G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni
aniqlang. 
A)Yorning jamolini ko'rib hatto osmondagi oy ham
xijolat tortishi ifodalangan 
B)Yorning ko'zlari durga tashbeh qilingan 
C)Yorning jamolidan erta tong ham xijolat tortishi
tasvirlangan 
D)Baytda yordan tong yulduzi ham uyalishi
Tasvirlangan 
29. 3-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang.
A)Yorning sochlaridan sunbulning xijolat tortishi
ta'kidlangan 
B)Yor shu darajada go'zalki, gullarning undan xijolat
chekishi oddiy holat ekanligi baytda ifodalangan 
C)Yorning jamolidan bog'dagi nasrin ham xijolatda
ekanligi tasvirlangan 
D)Baytda yorning xati ta'riflanib, undan rayhonning
xijolat tortishi aytilgan 
30. 5-bayt mazmuni to‘g‘ri izohlangan javobni
belgilang. 
A)Baytda fitna qiluvchi yor ko'zlarining
qonga to'lganligi tasvirlangan 
B)Bayta oshiq yorning nigohlarida umuman
xijolatning yo'qligidan hayratlangani
aytilgan 
C)Yor oshiqni sehrlab , bandi qilib o'zining
bu holatidan sira ham iymanmagani aytilgan 
D)Nohaq qoni to'kilayotgan oshiqning
ko'zlarida xijolat borligi ta'kidlangan 
31. G‘azalda quyidagi qaysi izoh mavjud EMAS?
A) G'azalda osmon jismlarini anglatuvchi
tushunchalar qofiyadosh holda qo'llangan 
B) G'azalda oshiqning ko'z yoshidan, nolasidan
bahorgi yomg'ir ham xijil bo'lgani aytilgan 
C)G'azalda yorning og'zidan g'unchaning xijolat
chekishi husni ta'lil san'ati asosida tasvirlangan 
D)G'azalda go'zal yorning labidan chiqqan so'zlar
buloqqa qiyoslangan 
32. Quyidagi qaysi fikr maqta'da AKS
ETMAGAN? 
A)Baytda oshiqning o'tli ohidan alanga ham
xijil tortganligi aytilgan 
B)Baytda husni ta'lil san'ati ifodalangan 
C)Ushbu baytda oshiqning dardiga sabab
yorning olovli nigohi ekanligi ta'kidlangan 
D)Ushbu baytda oshiq gado deyish orqali
o'zining yorga muhtojligini ta'kidlamoqda 


Gaplar (32, 33, 34, 35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A−F) ni o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring. 
36.Ajratib ko‘rsatilgan har uchala so‘z bilan ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so‘zni yozing. 
1)

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling