1. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ZAYNIDDIN 08.01
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsumentlar
Produtsentlar yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarini
sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiritiladi. Avtotrof organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Konsumentlar tirik organizm tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi. Ularga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. Konsumentlar uchun avtotroflar (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Oziq turiga ko‘ra konsumentlar quyidagi tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni iste’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib konsumentlar deyiladi, masalan, chigirtka, bargxo‘r qo‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar va parazit o‘simliklar. Birinchi tartib konsumentlarini ikkinchi tartib konsumentlar iste’mol qiladi, ularga go‘shtxo‘r (yirtqich) hayvonlar kiradi. Uchinchi va undan keyingi tartib konsumentlariga ikkinchi va undan keyingi tartib konsumentlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar kiradi. Hammaxo‘r konsumentlar, masalan, to‘ng‘izlar birinchi va ikkinchi tartib konsumentlari, yirtqichlar esa, masalan, bo‘rilar ikkinchi va uchinchi tartib konsumentlari bo‘lishi mumkin. O‘simlik va go‘sht mahsulotlarini birday iste’mol qiladigan hayvon turlarini hammaxo‘rlar deyiladi. Bunday turlarga suvaraklar, tuyaqushlar, kalamushlar, cho‘chqalar, qo‘ng‘ir ayiq misol bo‘ladi. Ekosistemada konsumentlar tartibi soni produtsentlar hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda cheklangan bo‘ladi. 18. Savolni o’qing va faqat bitta to’g’ri javobni tanlang. Matnga mos bo’lgan xulosani toping. A) Produsentlar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlaydi. B) Konsumentlar uchun geterotroflar oziq manbayi bo’lib xizmat qiladi. C) Birinchi tartib konsumentlarini ikkinchi tartib konsumentlari iste’mol qiladi. D) Produsentlarga yashil o’simliklar, fotosintezlovchi va ximosintezlovchi bakteriyalar kiradi. 19. Konsumentlar haqida to’g’ri malumotni toping. A) Konsumentlar yorug’lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlaydi B) Hammaxo’r konsumentlar. Masalan to’g’izlar birincha va ikkinchi tartib konsumentlardir. C) Ekosistemada konsumentlar tartibi soni ularning hosil qiladigon biomassa hajmiga bog’liq bo’ladi. D) Konsumentlarga xemosintezlovchi va fotosintezlovchi bakteriyalar ham kiradi. 20.Savolni o’qing va to’g’ri javobni belgilang. Matn qaysi uslubga tegishli? A) ilmiy B) rasmiy C) publitsistik D) monologik 21.Savolni o’qing va bitta to’g’ri javobni belgilang. Hammaxo’r konsumentlarga nimalar kiradi? A) suvarak, tuyaqush, bo’ri B) kalamush, lochin, burgut C) qo’ng’ir ayiq, to’ng’iz, kapalak D) kapalak, bo’ri, to’ng’iz 22. Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazitlar kiradi. A) to’g’ri B) noto’g’ri @ZAYNIDDIN_UMUZOQOV @ZAYNIDDIN_UMUZOQOV @ZAYNIDDIN_UMUZOQOV @ZAYNIDDIN_UMUZOQOV @ZAYNIDDIN_UMUZOQOV @MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN @MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN @MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN @MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN @MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN @MILLIY_SERTIFIKAT_ONA_TILIDAN Matnni o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring: “Kecha va kunduz” Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: Nimaga indamaysiz? Xo‘p, deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki... O‘zlarini bo‘lsa, o‘zingiz bilasiz, – dedi. So‘fi negadir: – Bilaman, Fitna, bilaman! – deb qo‘yib, yana jim bo‘ldi. Endi Qurvonbibi yana ham jiddiylashdi: – Bo‘lmasa, «yo‘q», deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi. Shundan keyin so‘fining tili aylandi: – Shoshma, Fitna, «yo‘q», dema, mayli, bora qolsin... Qachon keladi? – Indinga erta bilan yo kechqurun. – Eshon oyimning ra’ylariga qarasin. So‘fi o‘rnidan turdi. Kartdan tushib, kavshini kiyarkan: Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin, – dedi. – Nomahramlarga ovozini eshittirsa, rozi emasman. Bu safar odamga o‘xshash gapirib, Qurvonbibini quvontirgan Razzoq so‘fi shu so‘zlardan so‘ng yana o‘z jimligiga qaytdi. Biroz so‘ngra sallasini kiyib, yaxtagini qo‘liga olgandan so‘ng: – Xurjunni ber, Fitna! Bo‘lmasa, ikkita qop ber! – deb qoldi. Qurvonbibi qopni uzatarkan, erining qo‘liga shu topda biroz pul tushganini, endi kattaroq xarid qilish uchun bozorga ketayotganini va haligi zo‘r iltifotning ham pulning kuchi bilan bo‘lganini angladi... So‘fi tomoq qirib eshikdan chiqarkan, uydagi ikki sho‘x qiz yana bir-biriga chirmashgan edi... Qafasning darichasi ochildi! Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib: «pirr» eta uchmoqdan, keng ko‘klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o‘tirmasdan, shundoq bosh 46 ustiga tashlab, chimmatni «xo‘ja ko‘rsin»ga tutgan bo‘lib yugurish kerak, xolos... 23. Badiiy parcha haqida to’g’ri ma’lumotni toping. A) Saltanatxon Zebilarnikiga Shom payti kelgan edi. B) Razzoq so’fi yaxtagini kiyib, sallasini qo’liga olib bozorga yo’l oladi. C) Fitna barcha ishlarni pulning kuchi bilan bo’lganini angladi. D) Saltanatxon Qurvonbibining o’rtog’I edi. 24. Asarda mehmondorchilikka borish unchun ruxsat qaysi jumla bilan ifodalanadi? A) Qafasning darchasi ochildi. B) So’fi tomoq qirib eshikdan chiqdi. C) Ikki sho’x qiz yana bir-biriga chirmashdi. D) Ovozim bor deb, ashulaga zo’r bermasin. 25. Parchada Razzoq so’fi nimadan rozi emas deb aytadi? A) Zebi Saltanatxon bilan birga borsa. B)Zebi nomahramlarga ovozini eshittirsa. C) Zebi chimmatni tutmasa. D) Fitna Saltanatxonga ketish uchun ruxsat beraylik desa. 26. Badiiy parchada Razzoq so’fining bozorga bormoqchi ekanligining birinchi belgisini ko’rsating. A) Fitnadan qop so’ragani. B) Fitnadan pul olib chiqishini so’ragani. C) Fitnadan xurjunni so’ragani. D) Sallasini kiyib, yaxtagini qo’liga olganini. Gʻazal o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. 1.Ey jamolingdin falakda mash’ali tobon xijil, Ko‘zlaringdin dur dag'i har subhidam cho‘lpon xijil. 2.Chando erningning zulolindinkim, andin uftonib, Eshunub zulmotg‘a kirdi chashmai hayvon xijil. 3.Bargi nasrin uzra mundoq zulfu xatingni ko‘rub, Hech g‘arib ermaski , bo‘lg‘ay sunbulu rayhon xijil. 4.Ul tor og'zing ramzidin fahm etti go‘yo shamsaye Kim, chamanda bo‘ldi mundoq g‘unchai xandon xijil. 5.Ko‘zlaring hayroni menkim, muncha nohaq qon qilib, Iymanib hech bo‘lmadi ul joduyi fatton xijil. 6.Bilmadi husnung ramuzin, yo‘qsa holig‘a degin, Qolg‘ay erdi choh ichinda Yusufi Kan’on xijil. 7.Bu Gadoning o‘tluq ohidin dag‘i ko‘z yoshidin Bo‘ldi barqi jon gudozi qatrai nayson xijil. Lug’at:tobon- oy, erin-lab, sunbul-g'uj bo'lib ochiladigan chiroyli gul, ramz- imo-ishora, gudoz-dard , alam, kuyish; barq - nur, alanga 28. G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni aniqlang. A)Yorning jamolini ko'rib hatto osmondagi oy ham xijolat tortishi ifodalangan B)Yorning ko'zlari durga tashbeh qilingan C)Yorning jamolidan erta tong ham xijolat tortishi tasvirlangan D)Baytda yordan tong yulduzi ham uyalishi Tasvirlangan 29. 3-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang. A)Yorning sochlaridan sunbulning xijolat tortishi ta'kidlangan B)Yor shu darajada go'zalki, gullarning undan xijolat chekishi oddiy holat ekanligi baytda ifodalangan C)Yorning jamolidan bog'dagi nasrin ham xijolatda ekanligi tasvirlangan D)Baytda yorning xati ta'riflanib, undan rayhonning xijolat tortishi aytilgan 30. 5-bayt mazmuni to‘g‘ri izohlangan javobni belgilang. A)Baytda fitna qiluvchi yor ko'zlarining qonga to'lganligi tasvirlangan B)Bayta oshiq yorning nigohlarida umuman xijolatning yo'qligidan hayratlangani aytilgan C)Yor oshiqni sehrlab , bandi qilib o'zining bu holatidan sira ham iymanmagani aytilgan D)Nohaq qoni to'kilayotgan oshiqning ko'zlarida xijolat borligi ta'kidlangan 31. G‘azalda quyidagi qaysi izoh mavjud EMAS? A) G'azalda osmon jismlarini anglatuvchi tushunchalar qofiyadosh holda qo'llangan B) G'azalda oshiqning ko'z yoshidan, nolasidan bahorgi yomg'ir ham xijil bo'lgani aytilgan C)G'azalda yorning og'zidan g'unchaning xijolat chekishi husni ta'lil san'ati asosida tasvirlangan D)G'azalda go'zal yorning labidan chiqqan so'zlar buloqqa qiyoslangan 32. Quyidagi qaysi fikr maqta'da AKS ETMAGAN? A)Baytda oshiqning o'tli ohidan alanga ham xijil tortganligi aytilgan B)Baytda husni ta'lil san'ati ifodalangan C)Ushbu baytda oshiqning dardiga sabab yorning olovli nigohi ekanligi ta'kidlangan D)Ushbu baytda oshiq gado deyish orqali o'zining yorga muhtojligini ta'kidlamoqda Gaplar (32, 33, 34, 35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A−F) ni o‘zaro to‘g‘ri moslashtiring. 36.Ajratib ko‘rsatilgan har uchala so‘z bilan ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so‘zni yozing. 1) Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling