1. Individual tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi


Download 29.46 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi29.46 Kb.
#1021314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
psixologiya

к у ч, яъни нерв тизимининг кучли кўзгатувчилар таъсирига бардоши, шунга кўра одамлардаги меҳнатга яроклилик, чидам каби сифатларнинг намоён бўлиши:


  • m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya'ni asabdagi tormozlanish va ko'zgalish jarayonlarining o'zaro mutonosibligi, shunga ko'ra, o'zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo'lishi;


    x a r a k a t ch a n l i k , ya'ni ko'zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o'zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma'nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.


    6 - расм


    N E R V S I S T E M A S I N I N G T I P L A R I



    Muvozanatlashgan


    muvozantsiz


    inert

    Kuchsiz


    sangvinik


    xolerik

    flegmatik

    Melanxolik





    T E M P E R A M E N T

    Shunday qilib, asab tizimi bilan bog'liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o'qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog'liq bo'lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o'zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o'zgarmaydigan narsaning o'zi yo'q. Shuning uchun ham oxirgi yillarda o'tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma'kul, «hayotiy ko'rsatgichli» xususiyatlar tizimini o'rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo'lishini boshqarish masalasida ko'p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo'lgan faollik, bosiklik, emosional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo'lishi va o'zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo'lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o'sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o'zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin.

    Shulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni ustirishda ayni shularga e'tibor berish kerak. Masalan, ba'zilar xoleriklarga o'xshash qiziqkon, tezkor bo'lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo'lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo'lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba'zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini uylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo'lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir tipning o'ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo'ladi.


    Download 29.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling