1. Инъекцион эритмаларни стериллашдан кўзда тутилган мақсад? Инъекцион эритмаларни фильтрлашдан кўзда тутилган мақсад? Фильтрлаш усуллари ва фильтрлар?


Download 27.15 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi27.15 Kb.
#110248
Bog'liq
11-mavzu


Назорат саволлари

1.    Инъекцион эритмаларни стериллашдан кўзда тутилган мақсад?

2.    Инъекцион эритмаларни фильтрлашдан кўзда тутилган мақсад?

3.    Фильтрлаш усуллари ва фильтрлар?

4.    Стериллаш усуллари ва стерилизаторлар?

1.    Физикавий усулда стериллаш мохияти?

2.    Кимёвий усулда стериллаш мохияти?

3.    Механик усулда стериллаш мохияти?

1. XI DF sining talabiga ko‘ra barcha tayyor dori preparatlari mikrobiologik tozaligi bo‘yicha talabga javob berishi lozim. Shuning uchun sterillash jarayoni barcha dori preparatlarini, ayniqsa in'eksion dori turlarini tayyorlashda katta o‘rin tutadi.

Sterillash deb, turli usullar yordamida ob'ekt tarkibidagi barcha turdagi mikroorganizmlarning turli vegetativ shakllaridan xoli bo‘lishiga aytiladi.

In’yeksion eritmalarni quyidagi holatlarda alohida talabga ko‘ra nazorat qilinadi. Steril dorilami sterilizatsiya qilingandan keyin fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilinadi: tashqi ko‘rinishi, pH ko‘rsatkichi, chinligi, ta’sir etuvchi moddalar miqdori. Nazorat uchun har bir seriyadagi eritmadan 1 flakon tanlab olinadi. Mexanik zarrachalar bor yo‘qligi sterilizatsiyagacha va undan so‘ng maxsus ko‘rsatma bo‘yicha tekshiriladi. Flakonlar tozaligini ham tekshiriladi. Maxsus ko‘rsatmaga asosan pirogen moddalar bor-yo‘qligi va sterillanganligi biologik laboratoriyalarda tekshirib ko‘riladi. Alohida tayinlangan provizor-texnolog yoki farmatsevt nazorati ostida eritmalar sterillanadi. Bular jumalga yozib boriladi. Kimyoviy tahlil natijalari ham maxsus jumalga yozib boriladi. In’eksion dorilar sifati hamma bosqichlar bo‘yicha nazorat qilinadi. Fizik- kimyoviy ko‘rsatkichlari, mexanik zarrachalaming bo‘lishi, qopqog‘i yaxshi yopilmaganligi natijasida sterilligining yo‘qolishi in’eksion eritmaning buzilganligini ko‘rsatadi.

2. Fil'trlash, ya'ni suzish (lotincha filtrum – voylok, ya'ni namat, inglizcha, fransuzcha – filtration) so‘zidan olingan bo‘lib, g‘ovak to‘siqlardan suyuq dispers muhitni o‘tkazib, qattiq dispers fazani esa ushlab qolish demakdir.

Shundan kelib aytish mumkinki, bizga in'eksion eritmalarni filtralsh mikroorganizm va yot moddalardan xoli qilinishi uchun filtrlanadi va unining turlari va ishlatish qurilmalari turlicha, chunki yot moddalaning diametric va uning biri biriga bo’lgan yopishqoqligi xar xil shuni hisobga olgan xolda ishlatiladi.

 Yot moddalar zarrachalari va mikroorganizmlarshshg suzgichlar yordamida ushlanib kolishi quyidagi ikkita nazariya bilan izohlanadi:


  1. Ekran nazariyasi.

  2. Suzgich devori ichki qatlamlarida yuz beradigan xodisa.

Ekran mexanizmli suzgich teshigining diametri moddalar diametridan kichik bo’lishiga asoslanadi, katta zarrachalar suzgich yuzasida ushlanib koladi.

Ikkinchi nazariya buyicha mikroorganizm va yot moddalarning ushlanib qolishi elektrokinetik adsorbsiya mexanizmiga asoslanadi. Suzgich musbat potensialga ega bo’lganligi uchun kappillyarda o’tayotgan suyuqlik tarkibidagi yot moddalar va mikroorganizmlar elektrokinetik adsorbsiya ta‘sirida kapillyar devorlarida ushlanib qoladi, ya‘ni tarkibida suzgich kapillyar diametridan kichik bo’lgan zarrachalari bo’lgan suyuqlik suzish paytida tozalanib o’tadi.

3. Korxona sharoitida katta miqdordagi suyuqliklarni dastlabki suzish maqsadida xar xil tuzilishga ega bo’lgan suzgichlar ishlatiladi. Jumladan, nutch, druk suzgichlar, suzgich-press, markazdan qochish kuchiga asoslangan suzgichlar, ayrim hollarda tindirgichlar, qop suzgichlaridan foydalanish mumkin. In‘eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni suzish uchun g’ovak to’siqlar teshigi 1—5 mkm dan katta bo’lgan zarrachalarni olish qobiliyatiga ega bo’ladi.

Nutch va druk suzgichlar. Tuzilishi jihatidan juda oddiy bo’lib, metall, keramika yoki plastmassadan tayyorlangan silindrsimon bo’ladi. Nutch suzgich xavoni so’rish yuli bilan (vakuum ostida), druk suzgich esa bosim ostida ishlashga mo’ljallangan. Suyuqlik nutch suzgichda idishning yuqori qismida joylashtirilgan panjarasimon disk ustiga o’rnatilgan suzgich mato orqadi pastidan havo so’rish tufayli suzilib o’tadi. Druk suzgichda esa g’ovak to’siq idishning past kismida joylashgan bo’ladi. Suyuqlik o’z balandligining og’irligi yoki tashqaridan sun‘iy usulda beriladigan bosim hisobiga to’siq ustidagi mato orqali suzilib o’tadi.

Har qanday eritma suzgich orqali utishi uchun albatta bosimlar farqi bo’lishi kerak. Bu vakuum bilan ishlaydigan suzgichlarda havoni so’rib olish yuli bilan, bosim ostida ishlaydiganlarda esa suziladigan suyuqlik qatlami hisobiga yoki sun‘iy bosim xosil qilish hisobiga amalga oshiriladi.

Suzgich-pressdan korxona sharoitpda kup foydalaniladi. Bu suzgichning ishchi oyuzasi katta bo’lganligi tufayli ish unumdorligi yuqori bo‗ladi. Suzgich-press bir nechta qator qilib joylashtirilgan cho’yan romlardan iborat bo’lib, bir-biriga zich maxkamlangan bo’ladi. Romlar orasiga suzish uchun ishlatiladigan dag’al mato — belting yoki diagonal joylashtiriladi. Suziladigan suyuqlik suzgichga 12 atmosfera bosimi ostida bir tomonidan yuboriladi. Ikkinchi tomonidan yot moddalardan tozalangach, tiniq suyuqlik olinadi.

Ba‘zi hollarda cho’kma holida bo’lgan ta‘sir etuvchi moddalarni ajratib olish maqsadida ham suzgich-pressdan foydalaniladi. Suzgich-press katta hajmga ega bo’lganligi uchun uzluksiz ishlaydigan jarayonlarda ishlatiladi.

Markazdan qochish kuchiga asoslangan suzgichlar. Ayrim hollarda korxona sharoitda ham bu usuldan foydalanishga tog’ri keladi. Sentrifuga ichki silindr devori g’alvir shaklida bo’lib, unga suzgich mato joylashtiriladi. Sentrifuga ishga tushirilganda, markazdan qochish kuchi ta‘sirida suyuqlik suzgich orqali suzilib o’tadi. Ishlab chiqarish unumdorligi aylanish tezligiga va suyuqlikgi zarrachalar miqdori va katta-kichikligiga boradi. Sentrifuganing aylanish tezligi dahasiga 1200 marta, supersentrifugalarda esa 5000 martagacha, turlarida esa 25000 martagacha bo’ladi.

F.A.Konev tomonidan taklif qilingan filtr qurilmasi shular jumlasidandir. Bu qurilmaning asosiy qismi g’alvirsimon teshiklardan iborat silindr bo’lib, uning ustiga 3—4 sm qalinlikda arqonsimon shakli (Keltirilgan doka 0,3 sm2 zichlikda o’ralgan bo’ladi. Silindr ustiga qopqoq kiydiriladi. Bu qurilma ko’pincha bosim ostida va ba‘zan havosi so’rib olingan sharoitda ham ishlatilishi mumkin. SHu ning uchun silindr qopqog‗ining yuqori qismida ikkita-pastki qismida bitta teshik bo’ladi. Yuqori qismidagi telardan uzluksiz tushayotgan suyuqlik silindr ustki

qismining butun yuzasiga tarqaladi, g’alvirsimon yuzaga o’ralgan mato-doka orqali silindr ichiga suzilib o’tib, pastki teshik orqali yig’ib olinadi. Suzilish jarayoni bir meyorda kechishini ta‘minlash uchun suyuqlik bosimi bir xilda bo‗lishi kerak. Buning uchun suyuqlik balandligi hisobiga bir meyorda ta‘minlaydigan alohida qurilmadan foydalaniladi yoki shu maqsadda suyuqlik qatlami ustida sun‘iy ravishda bosim hosil kilinadi.

Doka suzgichlardan 1—3% gacha quyqa o‗tib ketishi mumkin, va holanki bongka suzgichlardan foydalanilganda bu ko’rsatkich 26—30% ni tashkil qiladi. Bu suzgichning afzalligi: tuzilishi oddiy, tez tayyorlash mumkinligi, yuqori ish unumdorligi xamda tez qayta tiklash ishkoniyatiga ega ekanligidir.

Ishlatib bo’lingan suzgichni 30 daqiqa davomida bug’ bilan ishlab, oqarguncha suv bilan yuvish kifoya. Bu hammasi bo’lib 1 - 1,5 soat vaqtni oladi, xolos.

F.A.Konev va boshqalar bu suzgichni takomillashtirib, ikki qavat mato ishlatishni va g’alvirsimon metall silindrni devor qalinligi 5 sm bo’lgan metall keramikaga almashtirishni taklif qildilar. Silindrga bir savat FPP 15 (Petryanov suzgichi) va ikkinchi qavatiga 1,5 sm qalinlikda doka o’raladi. Bu dokani iqtisod qiladi hamda suzilgan suyuqlik sifatini yaxshilaydi.

«Qo’ziqorin» suzgichi. Korxona sharoitida ko’pincha qanday qurilma talab etmaydigan va vakuum sharoitida ishlaydigan «qo’ziqorin» suzgichidan foydalaniladi. U ketma-ket joylashtirilgan bir necha suzgich matolaridan tashkil topgan bo’lib, tayyorlash va ishlatish arzon va kulaydir. Qavatlar soni va qaysi matolar ishlatilishi suzilishi lozim bo’lgan suyuqlik xususiyati va sanday madsadda ishlatilishiga bog’liq.

Suzgich ishlatishdan oldin 1-2 soat davomida distillangan suv bilan yuviladi. Shundagina in‘eksiya uchun ishlatiladigan suyuqlikni suzish mumkin. «Qo‗ziqorin» suzgichidan hajmi katta bo‗lmagan eritmalarni tozalashda foydalanish maqsadga muvofiq. Suzish uchun ishlatiladigan doka, belting eritma pH ini ishqoriy tomonga 1 gacha, kapron, ipak esa nordon tomonga 0,6 gacha so’rishi mumkin. S huning uchun bu matolarni ishlatganda eritma pH ni hisobga olmoq lozim.

Bakterial suzgichlar. Yuqorida qayd etilgan suzgichlar diametri 5—10 mikrondan kichik zarrachalarni ushlab qola olmaydi. Undan tashsari, eritma pH ning uzgarshpi preparat turg’unligiga ham salbiy ta‘sir, ko’rsatadi. Shuning uchun betaraf moddalardan taiyorlangan metallokeramik va asbotsement mikrosuzgichlardan foydalanish matssadga muvofiq. Misol: nikel, karbonil, titanli tanadan taiyorlangan suzgich 5 mikrongacha kattalikdagi zarrachalarni ushlab kolish qobiliyatiga ega. SHunday maqsadda 1914 yilda Germaniyada Zeys asbest va sellyuloza aralashmasidan iborat suzgich taklif qildi. 1929 yilda esa Germaniyadagi Sartorius firmasi membranali suzgich ishlab chiqaradi. Keyinchalik har xil sellyuloza efirlaridan, politetraftoretan, polivinilxlorid, neylon va shunga uxshash sun‘iy usulda olingan betaraf zyuddalardan taiyorlangan suzgichlar sapoat mikyosida ishlatila» boshlandi.

MDX mamlakatlari sanoatida «Vladipor» membranali suzgichlarini Vladimir shaxrida sun‘iy tolalar ilmiy-tekshirish oliygohi (VNIIF) ishlab chiqarishni yulga qo‗ygan.

Ishlab chiqarish unumdorligi va ishlatilishi buyicha bunday suzgichlar 4 xil bo’ladi.

I.V.Besedina va O.I.Belova 1974 yilda polipropilendan taxtakachlash puli bilan olingan suzgichni ishlatishni taklif qildilar. Bu suzgich 5—8 mkm zarrachalarni ushlab qolish imkoniyatiga ega.

4.

Sterillash va sterilizasiya usullari



XI DF sining talabiga ko‘ra barcha tayyor dori preparatlari mikrobiologik tozaligi bo‘yicha talabga javob berishi lozim. Shuning uchun sterillash jarayoni barcha dori preparatlarini, ayniqsa in'eksion dori turlarini tayyorlashda katta o‘rin tutadi.

Sterillash deb, turli usullar yordamida ob'ekt tarkibidagi barcha turdagi mikroorganizmlarning turli vegetativ shakllaridan xoli bo‘lishiga aytiladi.

Dorilarni sanoat miqiyosida ishlab chiqarishda 3 xil sterillash usulidan foydalaniladi:

1. Fizikaviy

2. Kimyoviy

3. Mexanik usul:

Fizik usul. Xaroratga chidamli dorilar avtoklavda

1200S xarorat, 1,1 atm. bosimda 8—15 daqiqa yoki 1100S xarorat, 0,5 atm. bosimda 30—60 daqiqa

Bug‘ oqimida esa 100°S da 15—60 daqiqa

Yuqori xaroratga chidamsiz moddalarni esa tindalizasiya usuli bilan

60—65°S xaroratda 1 soatdan 5 kun yoki

70—80°S xaroratda xar kuni 1 soatdan 3 kun sterilizasiya qilinadi.

Korxonalarda ko‘pincha sterilizasiya Krupin kamerasida olib yuboriladi. Bu kamera ikkita xona o‘rtasida joylashgan bo‘lib, xar ikki tomonda eshiklari bo‘ladi. Bir tomondan ampulalar joylashtirilib, sterilizasiya tugagach, ikkinchi tomondan olinadi. Avval kameraning ilonsimon naylariga bug‘ yuborib isitiladi, so‘ng bug‘ kameraning o‘ziga yuboriladi. Kameradagi xarorat, bosim va sterilizasiya vaqti avtomatik usulda yozib boriladi. Sterilizasiya davrida singan, darz ketgan yoki kavsharlanmagan ampulalardagi suyuqlik chiqib ketadi va ampu¬la bug‘ bilan to‘lib qoladi. Bundan ampulalarni ajratib olishni osonlashtirish maqsadida sterilizasiya vaqti tugagach, kamera xona xaroratidagi rangli suv bilan to‘ldiriladi. Ampulalar sovigach bosimlar farqi hisobiga darz ketgan yoki yomon kavsharlangan ampulalarga suyuqlik kirib, ularni rangga bo‘yaydi. So‘ng suyuklik kameradan nasos yordamida kaytarib idishiga o‘tkaziladi. Avtoklavni ochib ampulalarni olgach, ular qaynoq suv bilan yuviladi va rangga bo‘yalgan ampulalar terib tashlanadi.

Kimyoviy sterillashda har xil kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Shu maqsadda turli antiseptik (yunoncha anti— qarshi, sepsis — chirish, buzilish) moddalar (masa-lan, nipagin, nipazol, timol, salitsil va benzoy kislota), xlo-retan, trikrezol, feniletil spirt, sefirol tipidagi preparatlar, fenol, sulema, glitserin va boshq.) ishlatiladi. Bu preparat-larni konservantlar ham deb ataladi. Farmatsevtika amali-yotida konservantlardan eng ko’p qo’llaniladiganlari qu-yidagilar: Nipagin — paraoksibenzoy kislotaning metil efiri, oq kristall kukun, suvda kam eriydi (0,25 % 20°C da) etanolda eriydi. Qimmatbaho konservant, indiferent, 0,05 % konsentratsiyada natijasini beradi. 0,25 % konsentratsiya-gacha qo’llaniladi. Fenolga nisbatan bakteritsidligi 2,6 marta yuqori. Nipazol — paraoksibenzoy kislotaning propil efiri. Suvda eruvchanligi 0,03 %. Bakteritsidligi fenolga nisba-tan 15 marta yuqori. Qiyin eruvchanligi sababli 0,07 % ara-lashmali eritma — 7 qism nipagin, 3 qism nipazoldan iborat bo’lib, yuqori ta'sirga ega. Bu eritma bir qator dori mod-dalarning inyeksion eritmalarini tayyorlashda erituvchi sifatida qo’llaniladi, bu eritmalar issiqlikka sezgir bo’ladi va tezda parchalanadi.

Xlorbutanolgidrat (xlor-eton) - rangsiz kristall kam-fora hidiga ega bo’lib, 200 g suvda eriydi, etanolda esa oson eriydi. 0,5 % gacha konsentratsiyasi qo’llaniladi. Konservant-lar qatoriga etanol, glitserin kirib, ular suvli ajratmalarga ayrim hollarda qo’shish uchun ishlatiladi. Xloroform — xloroformli suv ko’rinishida (ekstraktlar olishda) salitsi-lat kislota 0,1 % va boshqalar. Ayrim dori moddalar bakte-riostatik ta'sirga ega bo’lib, ularning eritmalari o’zini-o’zi sterilizatsiya qilishi mumkin. Masalan, geksametilentetramin.

Mexanik usulda eritmalar maxsus filtrlar orqali suziladi. Bunday filtrlar teshikchalarining diametri mikroorganizmlardan kichik bo’ladi va shuning uchun mikroblarni mexanik ravishda tutib qoladi. Filtrlar kaolin, chinni, asbest, kollodiy va shunga o’xshash moddalardan tayyorlanadi. Ular bakterial filtrlar deb ataladi va silindr plastinka shaklida chiqariladi. Mexanik usul, asosan, kimyofarm zavodlarda qizdirish vaqtida parchalanadigan moddalar uchun qo'1laniladi.



Dorixonada shisha filtrlar keng qo’llaniladi. Ular shisha donchalarning pishirilgan plastinkalaridan iborat. Turli xil teshikli o’lchamlari mavjuddir. Filtrlar katta o’lchovli teshiklarda (Nel—4) eritmalarni filtrlash uchun qo’llaniladi. 5-o'lchamli filtrda steril eritmalar filtrlanadi. Filtrlash va-kuum-nasos yordamida olib boriladi.
Download 27.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling