1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi
Download 140.5 Kb.
|
1476210462 65348
Chizma. Fillips egri chizig’iFillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi. Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko’rinishida tasvirlanishi mumkin: Yh – Yp
= kut + α ( ------------- ) + ε Yp
Bu erda - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi; kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh – Yp α ( ------------- ) - talab inflyatsiyasi; Yp α - Fillips egri chizig’ining og’ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi narx shoki ( taklif inflyatsiyasi). Ouken qonuniga ko’ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig’ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin: = kut - β [ u -u] + ε Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga hamda tashqi narx shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling