1. Ingliz tili o`qitishda an`anaviy o`qitish modeli Ingliz tili o`qitishda noan`anaviy o`qitish modeli
Download 127.49 Kb.
|
DILOBAT ingliz tili kurs ishi
__________________________________
1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi № PQ-1875-sonli Qarori. Ingliz tili o`qitishda an`anaviy o`qitish modeli An’anaviy o‘qitish tashkiliy jihatdan XVII asrda YA.A.Komenskiy tomonidan shakllangan sinf-dars tizimiga bo‘ysunadi va xozir ham ta’limning bu shakli jahon maktablarida ustuvorlik kasb etib turibdi. Uning o‘ziga xos atributlari: - bir xil yoshdagi bolalar sinfini tashkil etadi, butun sinf dars jadvaliga binoan, yagona yillik reja va dastur bo‘yicha ishlaydi. Oqibatda o‘quvchilar yil davomida oldindan aniqlangan kun soatlar bo‘yicha maktabga kelib ketaveradi; - bir yagona mashg‘ulot turi – dars hisoblanadi; - dars o‘quv predmeti mavzusiga bag‘ishlanganligi sababli sinf o‘quvchilarining barchasi bir xil material bilan ish ko‘radilar; - o‘qituvchi darsda o‘quvchilar faoliyatini to‘liq boshqaradi; - o‘quvchining kitobdan foydalanishi, asosan, uy topshiriqlarini bajarishda amalga oshiriladi. - Pedagogik faoliyat jarayonida noananaviy ta’lim usullaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari. Mustaqillik sharoitida talaba yoshlarga zamon talablariga mos tarzda bilim berish va ta’limning noan’anaviy usullaridan dars jarayonida kengroq qo‘llashga ehtiyoj ortib bormoqda. Chunki noan’anaviy ta’lim usullari hozirgi yangi zamonaviy ta’lim usullaridan tortib pedagogik texnologiya usullari, ta’limning samarali metod va vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarga bilim berishga keng imkon beradi. Hozirgi kunda o‘qitish jarayonining asosiy vazifasi talim mazmunini yangilashning uzluksiz tizimini ro’yobga chiqarishdan iborat. Bundagi asosiy maqsad har jiћatdan rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Noan’anaviy ta’lim usullari o‘ziga ko‘p masalalarni qamrab oladi: jumladan nazariy va amaliy bilimlarni ananaviy vositalari ko‘rsatib bo‘lmaydigan ko‘pgina jarayonlarning dinamik modellarini kompyuter yordamida animatsiya qilib multemediya maxsulotlari tayyorlash va ulardan foydalanib kompyuter darslarini o‘tkazish va shu dasturga kiritilgan talim mavzusiga oid test savollari yordamida talabalarni o‘zlashtirish darajalarini aniqlash, dars jarayonida talabalarni faollashtiruvchi xorijiy davlatlar. Amerika, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Finlyandiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan noananaviy talim shakllari yani innavatsion texnalogiyadan foydalanish, shuningdek mavzuga oid Respublika pedagog olimlarining pedagogik qarashlari va ilg‘or g‘oyalaridan foydalanish imkonini beradi. Kompyuter darsi sistemasini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy qilish noan’anaviy ta’lim usullaridan hisoblanadi. Bu usulning dolzarbligi, katta etibor va imkoniyatga ega ekanligi bilan asoslanadi An`anaviy o’qitish shakllari. O’nlab yillar o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning samarali modellaridan biri bo’lib qolmoqda. An`anaviy dars muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.2 Download 127.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling