1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi
Elektron pedagogika va innovatsion ta’lim
Download 152 Kb.
|
3-MA`RUZA
Elektron pedagogika va innovatsion ta’lim.
Elektron pedagogika va mul’timediaviy ta’lim usullari va vositalarini ta’lim tizimiga joriy qilish yosh avlodga puhta bilim berish, halq xo‘jaligi tarmoqlari uchun bilimli mutaxassislar tayyorlash, mamlakatimiz uchun jahon miqyosida raqobatbardosh kadrlar yetishtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi uchun kelajakda munosib o‘rinbosarlar tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi. Ammo hozirda ta’lim berish jarayonida asosiy diqqat-e’tibor ta’lim muassasalarida qanday fanlardan dars berish, qanday ta’lim standartlariga rioya qilish va qanday kitoblardan foydalanishga qaratildi, holos. Bunda ming afsuski, ta’lim berishning asosiy faktori va yurituvchi kuchi bo‘lgan bir nima biroz yoddan chiqarildi – bu eng asosiy faktor esa shak-shubxasiz - O‘QITUVCHIDIR! Bu borada ta’lim sohasida hozirgi zamonga mos bo‘lgan quyidagi nobop fikr hukmron desak ham bo‘laveradi: «Har qanday fan bo‘yicha malakali o‘qituvchini osongina tayyorlash mumkin va u o‘quv jarayoni mexanizmining bir detali sifatida istalgancha dasturlanishi va yo‘naltirilishi mumkin!?» Bu tezis o‘zo‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeini pasaytirib, o‘quvchilarning unga bo‘lgan hurmat va e’tiboriga sezilarli darajada putur yetkazadi. Natija ham darhol ayon bo‘ladi – malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo‘qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘ladiganlar soni keskin kamayadi. Lekin bunday bir tomonlama yondoshuv hozirgi katta tezlik bilan rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni mamlakatimizdagi uyg‘onish hamda jadal rivojlanish davriga mos bo‘lgan quyidagi tezis bilan almashtirish maqsadga va aqlga muvofiqdir: «Malakali o‘qituvchini tayyorlash juda murakkab va qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, u o‘quv jarayonining ijodiy, yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir o‘qituvchini juda ham qimmatli insoniy zahira sifatida hisoblab, uni saqlash va uning jamiyatdagi mavqeini imkon darajasida ko‘tarish mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi». Haqiqatan ham o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali o‘qituvchi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p ijodiy mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatga ta’siri va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir sohaning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, o‘quvchi-talabalarga kerakli bilimlarni egallashlariga hamda malakali mutahassis bo‘lishlariga yordam beradilar. Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, texnika, iqtisodiyot va boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham har qanday o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamonlarning va mamlakatlarining olim hamda yetakchi mutahassislari bu haqda ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelishgani hech kimga sir emas. Bularning ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni, bizning fikrimizcha, insonlarning bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutahassisi Blum bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling