1. Internet yaratilish tarixi


Butun jahon internet tarmog‘i qachon tashkil topgan?


Download 368.14 Kb.
bet3/8
Sana08.05.2023
Hajmi368.14 Kb.
#1442967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Internet tarmogʻi 29...2

Butun jahon internet tarmog‘i qachon tashkil topgan?
Bugunga kelib internet insonlar hayotiga shunchalik singib ketganki, zamonaviy jamiyatni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. "Butunjahon o‘rgimchak to‘ri" yil sayin yangidan-yangi sohalarni qamrab olmoqda. Shunday ekan, internet zamonamizning eng buyuk kashfiyotlari bilan bir qatorda turishga haqli.
Internet tarixi
Ma’lumotlarni tezkorlik bilan yetkazish qurilmasini yaratish haqida birinchi marta 1950-yillarda AQShda bosh qotirishgan. Biroq bunday qurilmaning qo‘llanilishi harbiy xatti-harakatlar qayd etilgan holatlarda axborot yetkazishda ustunlikka ega bo‘lish maqsadiga yo‘naltirilgan. Shu bois loyihani moliyalashtirish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi mas’ul bo‘lgan. G‘oya mohiyati shundan iborat ediki, bu tarmoq tugunlari maxsus ajratilgan inshootlarda bo‘lib, ulardan biri ishdan chiqqan taqdirda, qolgani avtonom ishlay olardi. Bu esa har qanday xabarni zudlik bilan tegishli manzilga yo‘llash imkonini berar edi.
1961-yilda Leonard Kleyton tomonidan yaratilgan uslub ishlanmani hayotga tatbiq qilishga turtki berdi. Sinovlarga 1969-yilning 29-oktyabrida start berilgan. Ishlab chiqaruvchilar bir-biridan 640 km masofadagi ikki kompyuterni tanlashgan. Vazifa «LOGIN» so‘zini bir kompyuterdan boshqasiga yo‘llashdan iborat bo‘lgan. Ikkinchi urinishdayoq ijobiy natijaga erishilgan. Shu tariqa, Internet paydo bo‘lishining rasmiy sanasi 1969-yilning 29-oktyabri hisoblanadi. Birinchi kompyuter tarmog‘i esa ishlab chiqaruvchilar sharafiga ARPANET deya nomlangan.
Mobil internet
Zamonamiz kishisi o‘z hayotini mobil internetsiz tasavvur qila olmasa kerak. Bu istagan vaqtda kerakli ma’lumot olishning eng oson va tezkor usulidir. Ilk mobil internet 1998-yilda CSD-ulanish vositasida paydo bo‘lgan, lekin faqat 2000-yillardan keyingina tanila boshlagan. Bu CSD-ulanishning foydalanuvchiga juda qimmatga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Keyinchalik mobil internetning yangi turi – WAP paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, foydalanuvchi faqat sarflagan trafigi uchungina pul to‘laydigan bo‘ldi. O‘shandan buyon mobil internet odamlar orasida keng tarqalib, ommalasha boshladi.
Undan keyin GPRS va EDGE-ulanish turlari paydo bo‘ldi. Bular mobil chatlarda muloqot qilish imkoni tufayli foydalanuvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Bugunga kelib, 3G va 4G ulanish turlari eng mashhur hisoblanadi. 4G ulanish tezligi bo‘yicha yutadi, 3G esa hududiy tarqalish ko‘rsatkichlariga ko‘ra yetakchilik qiladi. Kelgusida takomillashtirilgan 5G internetning tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda.

Download 368.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling