1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari


Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari


Download 79 Kb.
bet5/5
Sana14.09.2023
Hajmi79 Kb.
#1678337
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 LOYHA

3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi ob’ektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta’minlanadi. Ushbu bozor o’zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladi-ki, ular qimmatli qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida investor tasarrufida bo’lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog’ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar), ya’ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi»4.
Moliyaviy investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:



2-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratiladi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko’p bo’lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog’ozlar, ular, odatda, bozor (likvidli) qimmatli qog’ozlari, deb ataladi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog’ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bank kreditlari qarz mablag’lari tarkibiga kiritilsa ham, bu manbani jalb qilingan mablag’lar tarkibiga kiritish mumkin, chunki bank krediti investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi.
Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo’llanilishi mumkin: pul, valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini qondirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozori, bir tomondan, iqtisodiyotning xo’jalik sub’ektlari uchun moliyaviy ta’minlanish manbai bo’lsa, ikkinchi tomondan, aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh turgan mablag’larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul mablag’larini qayta taqsimlovchi mexanizmdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat yuritayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun turli shakldagi va hajmdagi investitsiyalar kerak bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o’rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini bajarmoqda.
Jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri bu to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi. Bo’sh turgan mablag’larni aktsiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat byudjetiga yo’naltirish qo’shimcha mablag’ga bo’lgan ehtiyojni qondirishga olib keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag’larini qayta taqsimlaydigan samarali iqtisodiy mexanizm kerak bo’ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga sharoit yaratadi
Asosiy adabiyotlar
1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.
2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с.
3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.
4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b.
5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b.
6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b.
7.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.
8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.
9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с.
10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b.
11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с.
12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с.


1 Multiplikator (ingl.) – ko’paytiruvchi.

2 Akselerator (lot. asselero – tezlataman).

3 Гитман Л.Дж., Джонк М.Д. Основы инвестирования. Пер. с англ. – М.: «Дело», 1997. – С. 144.

4 Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд. – М.: «Дашков и К0», 2006. – С. 14.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling