1. Iqtisodiy oʻsish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq
Download 121.43 Kb.
|
10-mavzu
Bozor talabi egri chizigʻi. Aloxida bir mahsulotga boʻlgan bozor talabi, bu shu bozorda ishtirok etuvchi barcha xaridorlarning individual talablarining yigʻindisidir. Bozor talabining asosida individual talab yotadi, va uni shakillanishiga xar bir aloxida iste’molchining talablari ta’sir oʻtkazadi. Bozorda talab xajmi faqat mahsulotning narhidan bogʻliq boʻlmaydi, shu bilan xaridorlarning daromadlaridan, ularning did va afzallik bildirishlari, kutishlari va boshqa oʻzoro bogʻliq mahsulotlar narhlari, hamda xaridorlar sonidan ham bogʻliq boʻladi. Bozor talabi egri chizigʻini hosil qilish uchun individual talablar egri chiziqlarini gorizontal qoʻshib chiqish kerak boʻladi. YA’ni bozorda boʻlishi mumkin boʻlgan xar bir narh boʻyicha mahsulotning talab qilinayotgan umumiy miqdori aniqlanadi. Buning uchun gorizontal oʻqi boʻyicha individual talab miqdorlarni qoʻshib chiqiladi. Xosil boʻlgan bozor talabi egri chizigʻini bozor mexanizimini faoliyaini oʻrganishda, korxonalarni joylashtirish va rivojlantirishda foydalanish mumkin. Bozor talabi egri chizigʻining koʻrinishi quyida keltirilgan.
Bozor talabi egri chizigʻi siniq chiziqlardan tashkil topgan boʻlib, bu siniq chiziqlar xar bir individual xaridorning talab chizigʻidan iboratdir. Bozorda xaridorlar koʻp boʻlsa siniq chiziq tekis egri chiziq koʻrinishiga keladi. Bozor faoliyatining ikkinchi ishtirokchilari – ishlab chiqaruvchilarning individual takliflarining umumiy yigʻindisi - bozor taklifi egri chizigʻini hosil qiladi. Bozor taklifi xajmi aloxida sotuvchilarning taklifini aniqlovchi omillardan bogʻliq boʻladi: mahsulot narhi, ishlab chiqarish resurslarining narhi, texnika darajasi va kutishlardan hamda etkazib beruvchilarning sonidan. Bozor taklifi egri chizigʻi ham siniq chiziq koʻrinishida boʻlib quyida keltiriladi. Bozor taklifi egri chizigʻi siniq chiziqlardan tashkil topgan boʻlib xar bir chiniq chiziq bir ishlab chiqaruvchining taklif egri chizigʻidir. Bozor taklifi egri chizigʻini xosil qilish uchun individual taklif egri chiziqlari gorizontal boʻyicha qoʻshiladi. YA’ni, xar bir narhda umumiy taklif xajmini aniqlash uchun individual taklifni gorizontal oʻqi boʻyicha qoʻshiladi. Bozor talabi egri chizigʻi Bozor taklifi egri chizigʻi Bozorda umumiy talab va umumiy taklif birgalikda namoyon boʻlgani uchun ularning grafiklarini bir koordinata oʻqida ifodalaymiz. Pastki rasmda bozor talabi va bozor taklifi bir nuqtada kesishadi. Ushbu rasmdagi bozor talabi egri chizigʻidagi AV, VS, SD, DE kesmalarning xar biri aloxida iste’molchining individual talab funksiyalaridir. Xuddi shuningdek, bozor taklifi egri chizigʻidagi KM, MR, RP va PL kesmalar aloxida ishlab chiqaruvchilarning individual taklif funksiyalaridir. SHunday qilib aytish mumkinki, xar bir iste’molchi va ishlab chiqaruvchi bozorga oʻzlarining barcha xususiyatlarini aks etdiruvchi talab va taklif funksiyalari bilan chiqadilar. Keltirilgan modelda bu xususiyatlar faqat mahsulot narhida oʻz aksini topgan. Bozorda umumiy talab va umumiy taklif muvozanatga kelishgan nuqtada muvozanat narh - R* va muvozanat ishlab chiqarish miqdori - Q* aniqlanadi. Bozor ishtirokchilarining xar biri oʻz talab va taklif funksiyasiga ega boʻlganliklari uchun bu narhda kim qancha mahsulot ishlab chiqaradi va kim undan qancha miqdorda xarid qilishi mumkinligini tezda aniqlab oladilar. Q* Bozor talabi va bozor taklifi muvozanati YUqoridagi grafikda keltirilgan bozor talabi va bozor taklifi funksiyalari yordamida korxonani joylashtirish va rivojlantirish modelini tuzish uchun quyidagi shartlar berilgan deb faraz qilamiz: bozorda ishtirok etuvchi n –iste’molchining xar birining talab funksiyasi q1D(P), q2D(P),.... qnD(P), berilgan boʻlsin. Xuddi shuningdek, bozorda ishtirok etuvchi m-ta ishlab chiqaruvchilarning ham taklif funksiyalari ma’lum boʻlsin: q1S(P), q2S(P),…. QmS(P). Ular yordamida bozor talabi va bozor taklifi funksiyalarini aniqlaymiz. Bozor talabi va bozor taklifi funksiyalarining egri chiziqlari kesishgan nuqtada bozorni muvozanatga olib keluvchi talab va taklif miqdori aniqlanadi. Bozorda mahsulotning bozor narhi aniqlanganidan soʻng uning har bir ishtirokchisi oʻzlarining iste’mol qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻzlarining talab va taklif funksiyalari yordamida aniqlaydilar. Natijada xar bir ishlab chiqaruvchi mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan korxonasida qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa qanday miqdorda yutuq-foyda olishini aniqlaydi. Bu ma’lumotlar asosida u qilgan xarajatlari va olinadigan natijalarni solishtirib bu soxada biznes bilan shugʻillanish mumkinmi, yoki bu soxani tark etish kerakligi xaqida muammoni hal qiladi. Bu model korxonalarni joriy davrda joylashtirish masalasini modellashtiradi. Agarda kelgusi davr uchun korxonalarni rivojlantirish masalasi koʻtarilsa ushbu bozorda mahsulot narhini oʻzgarish dinamikasini kuzatish kerak boʻladi. Bunday masalani echish uchun korxonani rivojlanishini bashorat qilinishda koʻzda tutilayotgan davrlar uchun bozorda mahsulot narhining oʻzgarishini aniqlash kerak boʻladi. Quyidagi grafikda mahsulot narhini vaqt oʻzgarishi bilan tebranish dinamikasi grafigi keltirilgan. Bozordamahsulotnarhinivaqtboʻyichaoʻzgarishdinamikasi SHunday qilib, iqtisodiy farovonlik instrumentlari – iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari erkin bozorlarni samaradorligini baholash bilan birga korxonalarning joylashishi va rivojlanishini modellashtirishda maqsad mezoni koʻrsatkichlari sifatida ham foydalanish mumkin. Bunda bozorning xar bir ishtirokchisi faqat oʻzi manfatlarini, farovonligini koʻzlab ish yuritsa ham, bozor narhi sharoitni muvozanat xolatiga olib kelishga xarakat qilib, bozor ishtirokchilarining barchasini manfatlarini maksimallashtiradi. Bozor samaradorligi muammosini hal qilishda va iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yutuqlari koʻrsatkichlaridan korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellarida maqsad mezoni sifatida foydalanishda bozorning faoliyati bilan bogʻliq bir nechta taxminlar qilingan edi. Agarda bu taxminlar oʻz kuchini yoʻqotsa, yuqorida qilingan xulosalar shubxa oʻygʻotishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 1. YUqoridagi xulosalar takomillashgan raqobat sharoitida faoliyat olib boruvchi bozorlarga ta’luqlidir. Xaqiqatda esa bozorlardagi raqobat sharoiti sof raqobatdan juda ham uzoqda. Ba’zi bir bozorlar bir yoki bir necha sotuvchilar yoki xaridorlar iborat boʻlib, ular bozor narhini nazorat, yoki bozor ustidan xukumronlik qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bozor ustidan xukumronlik qilish imkoniyatlari samaradorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin, negaki xukumronlik qilish etkazib beruvchilarga mahsulot narhi va xajmini talab va taklif muvozanati xolatidan uzoqroqda boʻlgan darajada ushlab turish imkonini beradi. 2. Bozor faoliyati natijalari faqat xaridor va sotuvchilarning xatti-xarakatlaridan bogʻliq deb taxmin qilingan edi. Ammo xaqiqatda ularning qarorlari faqat bu bozorga emas, shu bilan boshqa bozorga ta’luqli sub’ektlarga ta’sir qilishi ham mumkin. Xaridor va sotuvchilar iste’mol qilish va ishlab chiqarish xaqida qaror qabul qilib, boshqa bozorlardagi xolatlarni hisobga olmaydilar. SHuning uchun ushbu bozordagi muvozanat holati boshqa bozorlardagi muvozanat xolatiga toʻgʻri kelmasligi mumkin va shu bilan ularning qarorlari butun jamiyat uchun samarali boʻlmasligi mumkin. Download 121.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling