1. Iqtisodiy o'sish va uning turlari Iqtisodiy rivojlanish va uning mohiyati


Download 1.43 Mb.
Sana05.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1167962
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari


Mavzu: Iqtisodiy nazariya fanining mohiyati, ta’rifi, vujudga kelishi va rivojlanish hamda asosiy yo’nalishlari va nomlari.
1. Iqtisodiy o'sish va uning turlari


2. Iqtisodiy rivojlanish va uning mohiyati


3. Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining predmeti
Reja:
Iqtisodiy o‘sish —bu iqtisodiyotning rivojlanishi, ya’ni hayotiy ne’matlar bo'lgan tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishining ko'payib borishidir.
Iqtisodiy o'sish mutlaq va nisbiy bo'ladi. Mutlaq iqtisodiy o'sish tovar va xizmatlar qanday miqdorda ko'payganini bildiradi Buni ( 0 'm) aniqlash uchun real YalM ning hozirgi hajmidan (M-) oldingi hajmi (M i) chegirib tashlanadi. Bunda 0 'm= M 2-M | bo'ladi. Masalan, shu yili real YalM hajmi 185 mlrd dollar bo'lsa, 5 yildan so'ng bu 225 mlrd dollarni tashkil etadi.
Iqtisodiy o'sish nima?
Turli mamlakatlarning iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari
•Iqtisodiy o'sishning 3 turi mavjud, bular resurstalab, resurstejam va aralash usullar.
•Resurstalab o‘sish yuz berganda YalM ishlab chiqarishga qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobidan ko'payadi.
•Resurstejam usuli iqtisodiy o'sishni resurslarni tejab-tergab ishlatish, tovar va xizmatlar birligiga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish orqali ta’minlanishini bildiradi.
Resurstalab o'sish
Resurstejam o'sish
Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi. Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi. Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish or­qali erishish mumkin.
Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling