Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi Reja Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Iqtisodiy sikl nazariyalari


Download 160 Kb.
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi160 Kb.
#1732385
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
29 - Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi


Ma`ruza. Iqtisodiyotning siklliligi
Reja
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
2. Iqtisodiy sikl nazariyalari.
3. Sikllarning asosiy turlari


1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi.Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.


Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan1. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim ko‘rinishi, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muauyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (19.1-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u iqtisodiy ko‘rsatkichlarning, jumladan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning keskin pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi.



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling