1. Iqtisodiy tahlil mazmuni Iqtisodiy tahlilning predmeti


Iqtisodiy tahlilning vazifalari


Download 123.5 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi123.5 Kb.
#1056639
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU TAHLIL

3.Iqtisodiy tahlilning vazifalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishda iqtisodiy tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Rejali iqtisodiyotda tahlil asosan reja ko’rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta‘minlashga qaratilgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotida esa har bir xo’jalik subyekti, mulk shaklidan qat‘iy nazar o’z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o’zining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi.



Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo’lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.



Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart- sharoitga qarab belgilanib boriladi, lekin u oldiga qo’yilgan vazifalarni to’liq va keng hal etish uchun qator uslublarni qo’llaydi.
Iqtisodiy tahlilning eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. biznes-rejaning qanchalik realligi (mavjudligi) va ilmiy jihatdan asoslanganligiga baho berish;

  2. iqtisodiyotni rivojlantirishning joriy va istiqbol rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko’rsatkichlar bazasini aniqlash;

  3. biznes-rejasining bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog’liq va bog’liq bo’lmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratib aniqlash;

  4. ichki xo’jalik rezervlarini aniqlash (bu o’rinda tahlilning samarasi, birinchidan, aniqlangan rezervlarni butun nazariy jihatdan asoslangan rezervlarga nisbati va ikkinchidan, amalga oshirilgan rezervlarning aniqlangan rezervlarga nisbati bilan belgilanadi);

  5. korxonalarning xo’jalik faoliyatida kutiladigan natijalarni oldindan aniqlash;

  6. tahlil materiallariga asosan ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ―Iqtisodiy tahlil‖ning vazifasi ushbu yuqorida ta‘kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o’rganish lozim bo’ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko’p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalarning ayrimlarini sanab o’tdik xolos.
Ko’rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo’jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling