1. Iqtisodiy tahlil mazmuni Iqtisodiy tahlilning predmeti


Iqtisodiy tahlilning predmeti


Download 123.5 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi123.5 Kb.
#1056639
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU TAHLIL

2.Iqtisodiy tahlilning predmeti


Har qanday fanning vujudga kеlishi uchun hayotiy zarurat tug’ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror kishi yoki vazirlikning ijod mahsuli bo’ lib qolmasdan, obyektiv jarayonga tayanadi.


Korхonalarni to’g ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaхshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish хo’jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishni talab etadi. Bu esa buхgaltеriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan bazi ko’rsatkichlarga izoh bеrishni talab qiladi. Bular esa, o’z navbatida, hozirgi tahlil fanining vujudga kеlishi uchun obyektiv asos bo’lgan.
Fanning predmeti, deganda shu fanda nima o’rgatilishi tushuniladi. Har qanday mustaqil fan o’zining predmetiga ega.
Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga keng ma‘noda qaraydigan bo’lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt (korxona, birlashma, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, konsern, korporasiya kabilar) xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologiya va h.k.) o’z ichiga oladi.
Tahlil fani xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo’lish paytini emas, balki uning natijasini o’rganadi. Obyektda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko’zda tutilgai ma‘lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo’lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma‘lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o’z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining predmeti, xo’jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta‘sirida sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma‘lumotlar manbaida ifodalangan ko’rsatkichlar tizimi (sistemasi) orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo’llarini ishlab chiqishni o’rganishdan iboratdir.



Tahlilning predmetida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar alohida o’rin tutadi, chunki iqtisodiy jarayonlar o’ z-o’zidan sodir bo’ lmaydi. Ular ma‘lum ichki va tashqi omillar ta‘siri ostida ro’ y beradi. Shu omillar ta‘sirini boshqa fanlar o’rgatmaydi. Bu faqat tahlil fanida o’rganiladi va uning predmetining asosini tashkil qiladi. Shuningdek, xo’jalik faoliyati natijasiga to’g’ri baho bermasdan, unga ta‘sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o’ rganmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Shu tufayli tahlil fani predmetining
markazida obyektiv va subyektiv omillarni o’rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas.

Juda ko’p iqtisodiy fanlar mavjud. Lekin ularning ichida tahlil fani xo’jalik faoliyatining natijasiga odilona baho bera oladi. Undagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarga omillar ta‘sirini aniqlaydi. Shularga asosan xo’jalik faoliyatini yaxshilash yo’llarini ishlab chiqadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bo’lganligi uchun ham uning predmetida natijaga to’g’ri baho berish va yaxshilash yo’llarnni ishlab chiqish tegishli o’ringa ega.
Har qanday fanning obyekti bo’lishi lozim. Fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga oshishini ko’rsatadi. Tahlil fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko’ p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarnnng xo’jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli iqtisodiy tahlil fanining obyektiga davlat, jamoat tashkilotlari, kompaniyalar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar kiradi.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling