1. Iqtisodiy tahlilining asosiy vazifasi
Iqtisodiy tahlilining asosiy vazifasi
Download 27.24 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tahlilning prinsipi
Iqtisodiy tahlilining asosiy vazifasi - bu korxonalar faoliyatida foyda miqdorini ko‘paytirishning to‘g‘ri va optimal yo‘llarini aniqlab berishdir. Agar korxona faoliyatida foyda miqdorining oshishiga narx-navoning ko‘tarilishi yoki atrof muhitga zarar yetkazish evaziga erishilsa, buni hech qachon korxona muvaffaqiyati deb bo‘lmaydi. Iqtisodiy tahlil oldida turgan muhim vazifalardan yana biri - bu korxona mehnat jamoasi faoliyatining iqtisodiy natijasini 21 aniqlashdir. Tahlil qilish jarayonida tashqi va mehnat jamoasiga bog‘lik omillar ahamiyatini o‘rganish lozim. Bunda faqatgina erishilgan natijalami me’yoriy yoki hisobot davri natijalari bilan taqqoslash bilan chegaralanib qoUsh kerak emas. Eng muhimi - mamlakat erishgan yutuqlari, raqobatbardosh mahsulot ko‘rsatkichlari va dunyo ilmiy-texnika darajasi bilan solishtirish muvaffaqiyatlar garovi ekanligini unutmaslikdir. Masalan, tahlilni quyidagi masshtablarda amalga oshirish mumkin: - xalq xo‘jalik tahlili; - korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili. Xalq xo‘jaligi tahlilida iqtisodiyotning butun tarmog‘i, ayrim regionlaming iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi, o'sish darajasi va ulaming rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlari o‘rganiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob va hisobotni ikki qismga bo‘lish qabul qilingan: 1. Boshqaruv hisobi: 2. Moliyaviy hisob (umum buxgalteriya hisobi, xususan, soliq hisobi). Shunga muvofiq iqtisodiy tahlil ham ikki qismga: moliyaviy va boshqaruv tahliliga bo‘linadi. 0 ‘z navbatida moliyaviy tahlil tashqi va ichki moliyaviy tahlilga, boshqaruv tahlili esa ichki boshqamv tahlilga bo‘linadi. Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti va tezkor hisobotlar asosida olib boriladi. . Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi
Iqtisodiy tahlilning prinsipi . Iqtisodiy tahlilning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natijalari va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis quyidagidan iboratdir. Iqtisodiy tahlilning asosiy bosqichlari: Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini belgilash. Bu bosqichda korxonani ko‘rsatkichlari ulaming xalq 22 xo'jaligi, tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi hajmlariga. Boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solishtirish. Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish. Bu bosqichda axborotlaming to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkichlaming tahlil talablariga javob bera olishligi tekshiriladi. Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o‘tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi, tegishli xulosa chiqariladi. - moliyaviy natijalami ifodalovchi ko‘rsatkiclilar; - iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - ish faolligini ifodalovchi ko'rsatkichlar; - moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - davlat byudjeti bilan aloqalami ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Yuqorida jahon amaliyotida bir qator iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. 90-yillaming boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bolgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida tahlil namoyon bo‘lmoqda. Albatta, iqtisodiy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo uning maqsadi va mohiyati rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, awalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan. Chunki, barcha mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi. Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot 24 shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo qiladi. Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo qiladi. Iqtisodiy tahlil - bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ulami ko‘p qirrali aloqa va bog'liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlami paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablami vujudga kelishidir. Birinchi navbatda - kompleks va tizimli tahlil bo‘lgan amaliy talabning vujudga kelishi sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda rivojlanmagan oddiy korxonalarda qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob - kitoblar, faraz qilishlami qo‘llanilishi rivojlangan katta korxonalar sharoitiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi. 80-yillarda Respublikaning Samarqandda yaratilgan tahlil maktabi a’zolari ham o‘z an’analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardaev va A.A.Abdievlar hamkorlikda «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratdilar. 1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlariga va «Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo‘jalik faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi. Natijada 1989-yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida yangidan nashr qilingan. 1990-yillaming boshlariga kelib respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» faniga oid dastlabki o‘zbek tilidagi adabiyotlar nashr etila boshlandi. Ayniqsa, bu davrga kelib buxgalteriya hisobidagi axborotlami avtomatlashtirish masalalariga keng e’tibor qaratildi. Shu yillari hisob, tahlil, statistika va reja maTumotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha adabiyotlami R.A.Abdullayev, R.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov, K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli nashriyotlarda chop ettirib keldilar. 90-yillaming boshlariga kelib tahlil fanining rivojlanish sohasiga yangi-yangi iqtisodchi olimlar kirib kela boshladilar. Bunday iqtisodchi olimlardan A.T.Ibrohimov, B.A.Hasanov, A.Rizaqulov, O.Bobojonov, M.To‘laxo‘jaeva, N.Jo‘raev, O.Jumanov, M.Rahimov, A.Abduganiev, X.Musaevlar «Iqtisodiy tahlibming turli qirralariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi samarqandlik olimlami o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. Bunga rahbarlikni professor I.T.Abdukarimov o‘z qo‘liga oldi va nihoyat 27 1989 yilda I.T.Abdukarimov, M.K.Pardaev, A.A.Abdiev va V.I.Abdukarimovlar tomonidan «Matbuot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» mavzusida birinchi marta o‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi. Ammo maxsus fanlami faqat rus tilida o‘qib yurgan talabalar va o‘z ishini rus tilida yuritadigan mutaxassislar uchun o'zbek tilidagi atamalami tushunish ancha qiyin kechdi. Shu sababli bu qiyinchilikni osonlashtirish maqsadida samarqandlik olimlar «Savdoga oid iqtisodiy atamalaming ruscha-o‘zbekcha lug‘ati»ni ishlab chiqdi va 1990-yilda Samarqand kooperativ institutida va 1992-yilda Toshkentda, « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu kitoblar, maqolalar to‘plami va risolalar bozor iqtisodiyotining shakllanayotgan sharoitida tahlil fanini ilmiy va amaliy jihatdan takomillashuvi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahlil fani asosan markaziy shaharlardagi (Moskva, Leningrad, Kiev) olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklar asosida o‘qitilib kelindi. Ammo bunda o'zimizga xos xususiyatlar aks ettirilmagan edi. Bu esa eOyillarga kelib o'zbekistonlik olimlarni ham bu fan sohasida ijod qilishga da’vat etdi. Markazdan chiqadigan darsliklarga muallif sifatida taklif qilinadigan bo‘lindi. Jumladan, 1966-yilda Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etilgan «Matlubot kooperatsiyasi korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili» nomli darslikning mualliflari novosibirsklik L.A.Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim I.N.Toporovskiy ham taklif qilingan edi. Bu darslikda respublikamizning ba’zi xususiyatlari bnrinchi marta o‘z ifodasini topdi. Shu fan bo‘yicha 1970-yilda I.T.Abdukarimov, B.A.Zalesskiy va N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida «Matlubot kooperatsiyasi korxona va tashkilotlari xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha masalalar to‘plami»-o‘quv qo‘llanmasi birinchi marta chop etildi. Bu o‘zbeklstonlik 28 olimlaraing katta ishonchga sazovor bo‘lganligi va ulaming tan olinganligidan dalolat edi. Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Shu fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi. 1968- yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Kooperativ savdoda muomala xarajatlari tahlili» Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida, 1971- yilda «Kooperativ savdoda chakana tovar oboroti tahlili» o‘quv qo‘llanmasi Moskva kooperativ instituti nashriyotida, 1973-yilda “Kooperativ savdoda foyda va rentabellik” nomli monografiyasi «Ekonomika» nashriyotida chop etildi. Muallifning bu asarlari sobiq ittifoq olimlari tomonidan yuksak baholanadilar. Shunday qilib 1970-yillarda Samarqandda prof. I.T.Abdukarimov rahbarligida tahlil maktabi tarkib topdi. Natijada Samarqand kooperativ instituti bazasida shu fanning ravnaqiga, uning nazariy va amaliy muammolariga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. 1970-yillaming ikkinchi yarmiga kelib tahlilchilar safi 0 ‘zbekiston miqyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo‘yicha o‘zbek tilida darsliklar paydo bo‘la boshladi. 1973-yilda « 0 ‘qituvchi» nashriyotida N.A.Xan tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari xo‘jalik faoliyatining analizi» nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darslik chop etildi. 1979-yilda O.Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik faoliyatini analiz qilish» nomli o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga moTjallangan o‘quv qo‘llanmasi ham o‘zbek tilida chop etildi. Bu darslik va o‘quv qo‘llanmalar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraqqiyoti va istiqboli uchun qo‘yilgan ilk qadamlar edi. Ammo respublikamizda qishloq xo'jalik institutlaridan tashqari barcha oliy va o‘rta maxsus o'quv yurtlarda maxsus fanlar, jumladan, iqtisodiy tahlil fani ham ms tilida o‘rganilar edi. Shu tufayli qishloq xo‘jaligidan tashqari sohalarda barcha asarlar rus tilida tayyorlandi va chop etildi. 1973-yilda prof. I.T.Abdukarimov va dots. M.KPardaevlar tomonidan «Kooperativ savdoda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili» nomli kitobi Moskvaning «Ekonomika» 29 nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbekistonlik olimlar tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug1 qadam qo‘ydi, 1980-yillar O‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr bo‘ldi. I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev va A.A.Abdievlar hamkorligida «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bu albomning birinchi qismi «Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari»ga bag‘ishlangan. Ushbu albomning ikkinchi tomi «Kooperativ savdoda iqtisodiy tahlil» nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan. Ammo matlubot kooperatsiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 3-tomi «Matlubot kooperatsiyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan. Albomning bir tomi matlubot kooperatsiyasi tashkilotlarida barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilingandan keyingi o‘tkaziladigan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatining tahlili» deb nomlangan va bunda barcha soha bo‘yicha moliyaviy holatning qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida xulosa qilishga bag‘ishlangan. Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan. 1984-yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Ekonomika» nashriyoti4a chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlarga va «Buxgalteriya uchyoti, nazorat va xo‘jalik faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi. Natijada 1989-yil yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida yangidan nashr qilindi. 0 ‘zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli - kompleks tahlil usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yiida prof. I.T.Abdukarimov tahririda M.Q.Pardaev va Yu.S.Sattarovlar tomonidan tayyorlangan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks baholash» bo'yicha uslubiy tavsiya yuzaga keldi. Bu tavsiya 0 ‘zbekbirlashuv boshqaruvi tomonidan amaliyotga tadbiq qilish uchun qabul qilindi. Kompleks tahlil bo‘yicha olimlaming maqolalari ittifoqda chiqadigan jumallarda chop 30 etilishi ulaming nufazini yanada oshiradi. Natijada 1986-yilda o‘tkazilgan. Butunittifoq ilmiy-amaliy anjumanining asosiy mavzusi ana shu muammoga qaratildi. Ilmiy-amaliy tavsiya sifatida 1986-yilda chop etilgan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev, V.I.Abdukarimov, V.N.Abramovalaming «Matlubot kooperatsiyasida sotsial-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash usuli» risolasi qabul qilindi. Bunda mualliflar samaradorlikni kompleks tahlil qilish va baholash masalalarini ko‘tarib chiqdi. Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko'p tarmoqda qanday usul bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va nihoyat 1990-yilda V.I.Abdukarimov tomonidan «Axborotlami avtotmatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘ptarmoqli matlubot kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli monografiya Toshkentdagi «Mehnat» nashriyotida bosmadan chiqdi. 1990-yillarga kelib axborotlami avtomatlashtirish masalalariga keng to‘xtaldi. Shu yillari hisob, tahlil, statistika va rejalar axborotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha bir qancha adabiyotlami R.A.Abdullaev, V.I.Abdukarimov, N.A.Ibrohimov, K.U.Urazov, M.B.Abbosovlar turli nashriyotlarda chop ettirdi. 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi 0 ‘zbekistonlik olimlami o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. Bunga rahbarlikni yana proffesor I.T.Abdukarimov o‘z qo‘liga oldi va nihoyat 1989-yilda I.T.Abdukarimov, M.K.Pardaev, A.A.Abdiev va V.I.Abdukarimovlar tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» mavzusida birinchi marta o‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p iqtisodiy atamalar o‘zbek tilida yozildi. Ammo maxsus fanlami faqat rus tilida o‘qib yurgan talabalar va o‘z ishini rus tilida yuritadigan mutaxassislar uchun o‘zbek tilidagi atamalami tushunish ancha qiyin kechdi. Shu sababli bu qiyinchilikni osonlashtirish maqsadida olimlar «Savdoga oid iqtisodiy atamalarning ruscha-o‘zbekcha lug‘atini» ishlab chiqdi va 1990-yilda 31 Samarqand kooperativ institutida va 1992-yilda Toshkentning « 0 ‘qituvchi» nashriyotida chop etishga muvaffaqbo‘ldilar" Tahlilning umumiy masalalari bilan birgalikda uning alohida sohasi bo‘yicha ishlar qilindi. Jumladan, prof. D.Q.Kudbiev savdoda asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili muammolari, prof. X.A.Shodiev esa tayyorlov savdo sohasida intensivlik va samaradorlikni aniqlash hamda tahlil qilish muammolari bo‘yicha ancha ishlar qildilar. Savdo korxonalarida aylanma mablag‘lar tahlili bo‘yicha bir qancha uslubiy tavsiyalar bilan A.Sh.Sattorov, matlubot kooperatsiyasining ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va aylanma mablag'lar tahlili bo‘yicha U.X.Xudoyberdievlar ham samarali ijod qilmoqdalar. Tahlik nazariyasi va usullarini takomillashtirishda Yo.Abdullaevning hissasi sezilarli bo‘ldi. 1981-yilda D.K.Kudbiev «Savdoda asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili» kitobini, 1990-yilda «Kooperativ savdoda asosiy fondlardan foydalanish tahlilining muammolari», Download 27.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling