Mavzu 1: Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari Reja


Download 238.2 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi238.2 Kb.
#1306002
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot


Mavzu 1: Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari
Reja:

  1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

  2. MFO`M fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. MFO`M fanining asosiy tamoyillari va maxsus fan o‘qituvchisining tayyorgarlik yo‘nalishi




  1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Nazariy qism
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani tanlov fani hisoblanib, fanning o‘quv dasturi har bir oliy ta’lim muassasasidagi shu fanni o‘qitishga ma’sul bo‘lgan professor – o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda uning quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini oshiradi (1.1-rasm).

1.1-rasm. MFO`M fanining madsat va vazifalari
Bo‘lajak mutaxassislarni kasb ta’limi sohasidagi bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, kasbiy-pedagogik faoliyatnining tashkiliy asoslari, kasb ta’limining mazmunini nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bo‘lajak pedagoglarni kasbiy ta’limning nazariy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi kasbiy ta’limi rivojlanishi, ta’lim tizimi islohatlari, uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘rni va ahamiyati, kasbiy ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlari, kasbiy ta’lim va ta’lim berish mazmuni, kasb ta’limining usul, shakl va vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni o‘rganishda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani alohida o‘rin tutadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – maxsus fanlari bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning yo‘l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Magistrlarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarni jadal suratlarda amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni bajarishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-kasb ta’limi o‘qituvchisi sifatida shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari –O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohatlarini, uzluksiz ta’lim tizimida ta’limining o‘rni va ahamiyatini, maxsus fanlarini o‘qitishda asosiy o‘quv me’yoriy hujjatlarni, maxsus fanlarini o‘qitishda ta’lim maqsadlarini belgilashni, maxsus fanining o‘qitish metodikasini ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Jumladan:

  • magistrlarga umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida kasbiy bilimlarni tadbiq etish;

  • bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;

  • kasb ta’limini o‘qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o‘rgatishdan iborat.

“Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
- maxsus fanlarini o‘qitishda asosiy o‘quv me’yoriy hujjatlarni; maxsus fanlarini o‘qitishda ta’lim maqsadlarini belgilashni; maxsus fanining o‘qitish metodikasini ishlab chiqish yo‘llarini; maxsus fanini o‘qitishda ta’limning faol usul va texnikalarini bilishi;
- maxsus fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurol va texnik vositalardan foydalanish; maxsus fanlarni o‘qitishda talabalar bilimini baholash; dars o‘tish jarayonida ma’ruza va seminar (amaliy) mashg‘ulotlari loyihalashtirish va rejalashtirish; oliy ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- o‘quv jarayonida maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti metodlarini qo‘llash; kasb ta’limining zamonaviy metod, vosita va tashkiliy shakllaridan samarali foydalanish to‘g‘risida aniq malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi - o‘quv jarayonining zamonaviy vazifalaridan kelib chiqib, uning asosiy maqsadi - nazariyalarni bilishga bo‘lgan pedagogik jarayonni boshqarishning umumiy tushuncha va elementlarini qo‘llashni talabalarga o‘rgatish, o‘quv jarayonining asosiy shakllarida (ma’ruzalar, seminarlar, mustaqil ishlar, bilimlarni tekshirish) talabalarning fikrlash faoliyatini uslubiy yo‘llar yordamida faollashtirish, talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarining uslubiy ishlanmalarni tayyorlashga yordam berishdan iborat.




  1. Download 238.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling