Mikroiqtisodiyot” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari talabalar bilimini nazorat qilish va baholash


Download 72.5 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1099525
  1   2
Bog'liq
20. бахолаш


Mikroiqtisodiyot” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash


MEZONLARI
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash


1. Talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2009 yil 7 avgustdagi 276-sonli buyrug`i bilan amalga kiritilgan hamda 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyruq bilan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan ”Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi.
Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
- Joriy nazorat (JN);
- Oraliq nazorat (ON);
- Yakuniy nazorat (YaN);
Joriy nazorat talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda og`zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni va shakli (yozma, og`zaki, test va h.k.) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazoratni o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o`tkaziladi.
Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish”shaklida o`tkaziladi.
Ta`lim yo`nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakul’tet kengashi qarori asosida ko`p bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og`zaki, test va h.k.) o`tkazilishi mumkin.
Fan bo`yicha talabalarning o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • Joriy nazorat uchun – 40 ball.

  • Oraliq nazorat uchun – 30 ball.

  • Yakuniy nazorat uchun – 30 ball.

Talabalar bilimini baholash quyidagi na`munaviy mezonlar asosida amalga oshiriladi.






Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling