3-Modul: Firma usulidagi avtomobil servisi Reja


Download 420.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi420.66 Kb.
#1507978
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu



3-Modul: Firma usulidagi avtomobil servisi
Reja: 
 
1. 
Firma usulidagi avtomobil servisi to‘g‘risida tushuncha va uning 
sohadagi yetakchi o‘rni. 
2. 
Avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlari tashkil etgan firma 
usulidagi avtomobil servisi. 
3. 
Firma usulidagi avtomobil servisining jahon avtomobil servisi 
bozorlaridagi roli va ahamiyati O‘zbekistonda firma usulidagi avtomobil servisi. 
1. 
Firma usulidagi avtomobil servisi to‘g‘risida tushuncha va uning 
sohadagi yetakchi o‘rni.
Firma usulidagi avtoservis xizmatini ko‘rsatish avtoservis xizmatining eng 
ahamiyatli usullaridan bo‘lib, u birinchidan, avtomobillarni ishlab chiqarish va 
xaridorlarga sotish bilan bog‘liqdir. CHunki avtomobillarning sotib olayotgan 
xaridorlar sotuvchidan avtomobillarni ishonchli ishlashini, buzilgan hollarda tuzatib 
berishlari va ishdan chiqqan qismlarini almashtirish uchun ehtiyot qismlar bilan 
ta`minlashni kafolatlashlarini talab etishadi. SHu sababli avtomobillarni sotish 
uchun avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi tizimni tashkil qilish extiyoji tug‘ilgan va u 
O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga bog‘liq ravishda tuzilgan. Bunday 
avtomobilsozlik sanoati tomonidan tashkil etilgan avtoservis xizmati bugungi kunda 
yanada rivojlanib borayapti va uning nomi firmaviy avtoservis yoki firma usulidagi 
servis xizmatidir. Firma usulidagi servis xizmati quyidagi xususiyatlarga egadir: 
-har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya faqat o‘z mahsulotlari 
bo‘lgan avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi; 
-servis xizmati avtomobillar dunyoning qaerida sotilsa, o‘sha joylarda tashkil 
etiladi; 
-xizmat to‘la shaklda, ya`ni avtomobillar sotishdan tortib to TXK va 
ta`mirlashning barcha turlari bajariladi, shuningdek eh-tiyot qismlar, ta`mirlash 
materiallari bilan to‘liq ta`minlanadi;
-avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi va firma usulida ishlovchi barcha korxonalar 
(avtomarkazlar, diler stantsiyalari, maxsus ustaxonalar va h.k.) o‘z kompaniyalari 
tomonidan zarur texnologik jihozlar asbob-uskunalar, texnik va texnologik hujjatlar 
bilan to‘la ta`minlanadi; 
-kompaniya o‘z avtoservis korxonalari uchun barcha kadrlar va 
mutaxassislarni tayyorlaydi va ularning kasbiy malakalarini doimo oshirib boradi.
Firmaviy usulda avtoservis xizmatini tashkil etishning quyidagi 8 ta qoidasi, 
ayniqsa, muhimdir: 
1-strategiya tanlash. Har bir bozor uchun mijozlar kanday xizmatlarni talab 
etadi, avvalo shuni aniqlash (marketing) ga ehtibor beriladi. 
2-mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ular uchun qulayliklar yaratish. Agar 
mijozlar talabi ko‘p jihatdan qondirilmasa, ular-ning ko‘ngli sovib ketishiga qarshi 
choralar qidirish, qo‘shimcha xizmatlar tashkil etish (video, kinofilg’mlar namoyish 
qilish, ko‘rgazmalar tashkil etish va h.k.). 


3-xizmat korxonasining o‘z xodimlariga bo‘lgan aniq va ravshan talabi. 
Xizmat ko‘rsatish xodimlarining barchasi uchun barobar zarur bo‘lgan namunaviy 
(standart) xizmat qoidasini joriy etish.
4-uzluksiz ta`minlash tizimini yaratish. 
5-servis xizmati xodimlari malakasini doimo oshirib borish, o‘qitish. 
6-nuqsonsiz ishlashga erishish. Servis xizmati elementlari sonini mumkin 
qadar kamaytirish, ya`ni buyurtma qabul kilingandan to u egasiga topshirilgunga 
qadar. 
7-mijoz xizmatni baholovchi eng ishonchli xakam. Ularning fikrlarini 
o‘rganish va iloji boricha hisobga olish. 
8-ijodga yo‘l ochish. Hozirgi servisning shiori "Mijozga ko‘proq xizmat 
ko‘rsatish". Unga avtomobil sotish u bilan aloqa o‘rnatilishining boshlanishidir. 
Servis xizmatining yangi usullarini doimo izlash.
Servisning muhim elementlaridan biri bu texnik hujjatlardir. Ular 
istemolchilar tilida sodda va ravon usulda chiqariladi. 
Bu hujjatlarning muhimi: 
-avtomobillardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnomalar: 
-TXK va ta`mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar: 
-ehtiyot qismlar katalogi: 
-kafillik xizmati to‘g‘risidagi hujjatlar[9 termin.slovar]. 
Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma usulidagi avtoservis xizmatini 
tashkil etishda mavjud variantlardan (4.2. band) birini tanlab olish bilan cheklanmay 
balki bir necha vari-antlaridan iborat tizimlarini qo‘llashlari mumkin. Masalan, 
Frantsiyaning eng yirik avtomobil kompaniyalariga qarashli butun dunyo bo‘ylab 
keng yoyilgan avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarida 13000 
atrofida ASS lari va avto-ustaxonalari faoliyat ko‘rsatadi. SHulardan 6000 tasi 
mamlakat tashqarisidadir. Ixtisoslashgan avtomarkazlarda 50, 75, 100 postli ASSlar, 
avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiluvchi bazalar va boshqa 
mahmuriy, moliyaviy, yuridik va axborot muassasalari joylashgan.

Download 420.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling