3-Modul: Firma usulidagi avtomobil servisi Reja
Firma usulidagi avtomobil servisning jahon avtomobil servisi
Download 420.66 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasi
3. Firma usulidagi avtomobil servisning jahon avtomobil servisi
bozorlaridagi roli va ahamiyati O‘zbekistonda firma usulidagi avtomobil servisi. Umuman olganda firma usulidagi avtoservis xizmatining qadri yuqori bo‘lsada uning hajmi yuqori emas. AQSHda barcha avtservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning faqat 30 foizigina firma usulida ishlaydilar. Ularni TXK va ta`mirlashdagi bajargan ishlarining hajmi 36 foiznigina tashkil etgan (1990 yil). Xizmat ko‘rsatish korxonalari ichida eng ko‘p tarqalgani avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stantsiyalari bo‘lib, ulardagi ishchi postlari soni bittadan (xususiy tadbirkorlar) 50 tagacha (Toshkent shahridagi "VAZ" avtomobil markazi, "Avtotexxizmat" bosh korxonasi va boshqalar) boradi. Markazlashgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash bazasi sifatida “GM- Uzbekistan” kompaniyasi Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida tashkil qilingan avtomarkazlar, "Toshshaharyo‘lov-chitrans" Davlat uyushmasi tomonidan tashkil etilgan, muvaf-faqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan "Mersedes-Bents O405" va ixtisos-lashtirilgan "DEU" (chiqindi tashuvchi) yuk avtomobillariga servis xizmati ko‘rsatish markazlarini keltirish mumkin. “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasi tomonidan ham o‘zining tas-sarufida bo‘lgan korxonalarida ishlab chiqarilayotgan avtomobil-larga servis xizmatini tashkil qilish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Respublikamizda avtomobil sanoatining paydo bo‘lishi o‘z navbatida mamlakat avtoservisini yanada rivojlanishiga ijobiy tahsir ko‘rsata oldi. “GM- Uzbekistan” kompaniyasi avtomobillari bilan savdo qilish va ularga firma usulida xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi yirik avtomarkazlardan 13 tasi takomillashtirilib to‘la qayta jihozlandi, bir qancha zamonaviy avtosalonlar, avtodo‘konlar qurilib, kadrlar malakasini oshirishga ehtibor berildi. Toshkent shahridagi O‘zDEUavto avtomobillariga mo‘ljallanib qayta jihozlangan avtomarkaz. O‘zbekiston avtomobillarini tashqi bozorga olib chiqish uchun assotsiatsiya tomonidan keng dilerlik tarmog‘i yaratildi. Rossiya va Latviya davlatlari hamda qo‘shni respublikalarda “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasining dilerlik korxonalari va ularning filiallari tizimi tashkil qilindi. O‘zbekiston avtomobillarini tashqi bozorga olib chiqish bo‘yicha dilerlik tarmoqlari. Bu korxonalarda O‘zbekiston avtomobillarini sotish bilan birga, ularga servis xizmati ko‘rsatish ham tashkil qilingan. Bundan tashqari, «O‘zDEUavto» korxonasining dilerlik korxona-lari Qozog‘iston va Qirg‘iziston mamlakatlarida ham mavjud bo‘lib, hozirgi paytda Xitoyning shimoliy-g‘arbiy mintaqalari-dagi bozor o‘rganilmoqda. 1999 yilda Riga (Latviya) shahrida «O‘z-DEUavto» korxonasining tashrifxonasi tashkil qilindi. Diler stantsiyalarining mijozlari asosan yakka avtomobil egalari (TXK va ta`mirlash bo‘yicha) va turli avtotransport korxonalaridir (ehtiyot qismlar savdosi bo‘yicha). Dilerlarning mavqei boshqa mustaqil stantsiyalarga qaraganda yuqori turadi, ularda bajariladigan ishlarning sifati yuqori baholanadi va almashtirilgan ehtiyot qismlar ishonchli hisoblanadi. SHu sababli O‘zbekiston avtosevisi Markaziy Osiyo davlatlarining xizmat ko‘rsatish bozoriga kirib bordi. “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasi dilerlik tizimining faoliyat ko‘rsatish bozorlari. Download 420.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling