3-Modul: Firma usulidagi avtomobil servisi Reja


Download 1.41 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1507923
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu


3-Modul: Firma usulidagi avtomobil servisi
Reja:



  1. Firma usulidagi avtomobil servisi to‘g‘risida tushuncha va uning sohadagi yetakchi o‘rni.

  2. Avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlari tashkil etgan firma usulidagi avtomobil servisi.

  3. Firma usulidagi avtomobil servisining jahon avtomobil servisi bozorlaridagi roli va ahamiyati O‘zbekistonda firma usulidagi avtomobil servisi.



  1. Firma usulidagi avtomobil servisi to‘g‘risida tushuncha va uning sohadagi yetakchi o‘rni.


Firma usulidagi avtoservis xizmatini ko‘rsatish avtoservis xizmatining eng ahamiyatli usullaridan bo‘lib, u birinchidan, avtomobillarni ishlab chiqarish va xaridorlarga sotish bilan bog‘liqdir. CHunki avtomobillarning sotib olayotgan xaridorlar sotuvchidan avtomobillarni ishonchli ishlashini, buzilgan hollarda tuzatib berishlari va ishdan chiqqan qismlarini almashtirish uchun ehtiyot qismlar bilan ta`minlashni kafolatlashlarini talab etishadi. SHu sababli avtomobillarni sotish uchun avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi tizimni tashkil qilish extiyoji tug‘ilgan va u O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga bog‘liq ravishda tuzilgan. Bunday avtomobilsozlik sanoati tomonidan tashkil etilgan avtoservis xizmati bugungi kunda yanada rivojlanib borayapti va uning nomi firmaviy avtoservis yoki firma usulidagi servis xizmatidir. Firma usulidagi servis xizmati quyidagi xususiyatlarga egadir:
-har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya faqat o‘z mahsulotlari bo‘lgan avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi;
-servis xizmati avtomobillar dunyoning qaerida sotilsa, o‘sha joylarda tashkil etiladi;
-xizmat to‘la shaklda, ya`ni avtomobillar sotishdan tortib to TXK va ta`mirlashning barcha turlari bajariladi, shuningdek eh-tiyot qismlar, ta`mirlash materiallari bilan to‘liq ta`minlanadi;
-avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi va firma usulida ishlovchi barcha korxonalar (avtomarkazlar, diler stantsiyalari, maxsus ustaxonalar va h.k.) o‘z kompaniyalari tomonidan zarur texnologik jihozlar asbob-uskunalar, texnik va texnologik hujjatlar bilan to‘la ta`minlanadi;
-kompaniya o‘z avtoservis korxonalari uchun barcha kadrlar va mutaxassislarni tayyorlaydi va ularning kasbiy malakalarini doimo oshirib boradi.
Firmaviy usulda avtoservis xizmatini tashkil etishning quyidagi 8 ta qoidasi, ayniqsa, muhimdir:
1-strategiya tanlash. Har bir bozor uchun mijozlar kanday xizmatlarni talab etadi, avvalo shuni aniqlash (marketing) ga ehtibor beriladi.
2-mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ular uchun qulayliklar yaratish. Agar mijozlar talabi ko‘p jihatdan qondirilmasa, ular-ning ko‘ngli sovib ketishiga qarshi choralar qidirish, qo‘shimcha xizmatlar tashkil etish (video, kinofilg’mlar namoyish qilish, ko‘rgazmalar tashkil etish va h.k.).
3-xizmat korxonasining o‘z xodimlariga bo‘lgan aniq va ravshan talabi. Xizmat ko‘rsatish xodimlarining barchasi uchun barobar zarur bo‘lgan namunaviy (standart) xizmat qoidasini joriy etish.
4-uzluksiz ta`minlash tizimini yaratish.
5-servis xizmati xodimlari malakasini doimo oshirib borish, o‘qitish.
6-nuqsonsiz ishlashga erishish. Servis xizmati elementlari sonini mumkin qadar kamaytirish, ya`ni buyurtma qabul kilingandan to u egasiga topshirilgunga qadar.
7-mijoz xizmatni baholovchi eng ishonchli xakam. Ularning fikrlarini o‘rganish va iloji boricha hisobga olish.
8-ijodga yo‘l ochish. Hozirgi servisning shiori "Mijozga ko‘proq xizmat ko‘rsatish". Unga avtomobil sotish u bilan aloqa o‘rnatilishining boshlanishidir. Servis xizmatining yangi usullarini doimo izlash.
Servisning muhim elementlaridan biri bu texnik hujjatlardir. Ular istemolchilar tilida sodda va ravon usulda chiqariladi.
Bu hujjatlarning muhimi:
-avtomobillardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnomalar:
-TXK va ta`mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar:
-ehtiyot qismlar katalogi:
-kafillik xizmati to‘g‘risidagi hujjatlar[9 termin.slovar].
Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma usulidagi avtoservis xizmatini tashkil etishda mavjud variantlardan (4.2. band) birini tanlab olish bilan cheklanmay balki bir necha vari-antlaridan iborat tizimlarini qo‘llashlari mumkin. Masalan, Frantsiyaning eng yirik avtomobil kompaniyalariga qarashli butun dunyo bo‘ylab keng yoyilgan avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarida 13000 atrofida ASS lari va avto-ustaxonalari faoliyat ko‘rsatadi. SHulardan 6000 tasi mamlakat tashqarisidadir. Ixtisoslashgan avtomarkazlarda 50, 75, 100 postli ASSlar, avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiluvchi bazalar va boshqa mahmuriy, moliyaviy, yuridik va axborot muassasalari joylashgan.



  1. Download 1.41 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling