3-Modul: Firma usulidagi avtomobil servisi Reja


Avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlari tashkil etgan firma usulidagi avtomobil servisi


Download 1.41 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1507923
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu

Avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlari tashkil etgan firma usulidagi avtomobil servisi.


Avtomobilsozlik kompaniyalari o‘zlari tashkil etgan avtoservis tizimiga juda katta ehtibor va jiddiylik bilan qaraydilar. CHunki bu tizim avtomobilsozlarni o‘z mijozlari, ya`ni avtomobillarni sotib oluvchi va ishlatuvchilar bilan bog‘lov-chi muhim vazifani bajaradilar, o‘z kompaniyalari avtomobillari-ni, servis xizmati ko‘rsatishdagi mijozlar uchun yaratilgan qulayliklarni reklama qiladilar. Xullas, o‘z kompaniyalari avtomobillarini sotib oluvchi va ishlatuvchilari bilan aloqa bog‘llashda muhim vazifani bajaradi, ya`ni o‘z kompaniyalarining xaqiqiy jonkuyarlari ekanligini namoyish etadi. SHu sababli kompaniyalarning avtomobillar bozorlaridagi mavqei, tijoriy ishlarining muvaffaqiyati aynan shu servis xizmati tizimining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Bu servis xizmatining firmaviy usuli deb atalishini sababi esa, har bir avtomobilsozlik kompaniyasi avtoservisining o‘ziga xosligi, boshqa kompaniyalar servisidan biron-bir jihati bilan ajralib turishidir. Albatta, bu o‘ziga xosliklar birinchi navbatda mijozlar manfaatilariga xizmat qilishlari shart.
Masalan, bahzi avtomobilsozlik kompaniyalari o‘z avtomobillariga yoki ularning muhim qismlariga kafolatli ishlash davrlarini boshqalarga nisbatan ko‘proq belgilasalar, boshqa birlari esa servis xizmatida mijozlar uchun turli qulayliklar yaratish bilan shug‘ullanadilar.
SHuni ta`kidlash zarurki, firmaviy usulda ishlovchi avtoservis xizmatini tashkil etish avtomobilsozlik kompaniyala-ri uchun oson ish emas. Buning uchun kompaniya mutaxassislari katta hajmdagi iqtisodiy-tashkiliy masalalarni tahlil va hisob-kitob qilib chiqadilar, so‘ngra firmaviy usulda avtoservis xizmati tashkil qilinishining quyidagi variantlaridan birini tanlab oladilar:
-o‘zining maxsus tizimini yaratish;
-avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan maxsus shartlar asosida ishlovchi, asosiy faoliyati boshqa soha bo‘lgan (sug‘urta kompaniyalari, AYoQSH egalari va boshqa firmalar yordamida servis xizmatini tashkil qilish);
-tijorat firmalarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxasislari tomonidan tashkil qilish;
-avtomobillar sotuvchi agentlar (dilerlar) yordamida (Reno, Frantsiya);
-avtomobillarning ayrim qismlarini va tizimlarini (motor, elektr jihozlar, shinalar, akkumulyatorlar va h.k.) ishlab chiqaruvchi firmalar tashkil etgan servisdan foydalanish;
-mahsulotlar ishlab chiqaruvchining (boshqa avtomobilsozlik kompaniyalarining) firmalari orqali tashkil etilgan avtoservis xizmati (Avtotexxizmat, Uz-AutoMotors).
Bu usullarning har biri o‘z afzallik va kamchiliklarga ega, ulardan qaysini qo‘llash murakkab taxliliy ishni talab etadi. Ammo qaysi usulni qullashdan qahtii nazar sotuvchi mahsulot (avtomobil) sifatiga javob beradi va bu esa tijorat muvaffaqiyatining kalitidir



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling