Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Download 105.02 Kb.
|
O‘RQ-319 06.01.2012
PDF-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni RAQOBAT TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno. Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi mazkur subyektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tatbiq etiladi. 4-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — o‘zining belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish chog‘ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo‘ladi; insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari; iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish; iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar harakatlarini bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish; kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shartlari (sharoitlari) bo‘lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi; kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari; Oldingi tahrirga qarang. kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi; (4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi; noto‘g‘ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg‘on, noaniq yoki buzib taqqoslash; raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi; raqobatga qarshi harakatlar — raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi); tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar; tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi; xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor. 5-modda. Shaxslar guruhi Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e’tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart bajariladi: ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek o‘zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga egalik qiladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda o‘zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi; ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonun hujjatlariga yoki ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi; ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonun hujjatlariga va ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi. Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti sifatida qaraladi. 6-modda. Ustun mavqe Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir. Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi: 1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa; 2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar: xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi; tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi; ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan bo‘lsa, shu xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb e’tirof etiladi. Moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar va moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 7-modda. Tovarning monopol yuqori narxi Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx: bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo‘lsa; asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narxdir. Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga ko‘ra shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi. Tovarning moliya bozoridagi monopol yuqori narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”ning II bobi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”. 8-modda. Tovarning monopol past narxi Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir. Tovarning moliya bozoridagi monopol past narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”ning II bobi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”. 9-modda. Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organ Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (bundan buyon matnda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organdir. (9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Monopoliyaga qarshi organ tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatini cheklash va ularning oldini olishga hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiradi. 2-bob. Raqobatga qarshi harakatlar 10-modda. Ustun mavqeni suiiste’mol qilish Oldingi tahrirga qarang. Xo‘jalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari:
Oldingi tahrirga qarang. 11-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlarini taqiqlash
Oldingi tahrirga qarang. Tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar:
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari sifatida bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlashtirishga yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektlarni muayyan tovarlar bozoriga qo‘ymaslikka; (11-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) to‘xtatishga; muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi. (11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘ysa yoxud cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, shu jumladan:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. (11-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirishi, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, taqiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddada ko‘rsatilgan taqiqlar: tovar bozorida umumiy ulushi o‘ttiz besh foizdan oshmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy sheriklik shartnomalari bo‘lgan kelishuvlarga; shaxslarning bir guruhiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga; agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni ko‘paytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. (11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va kelishuvlarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 12-modda. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlash Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining: faoliyatning biror bir sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga cheklovlar joriy etishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishni yoki muayyan tovarlar ishlab chiqarishni man etishi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno; shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag‘larning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yo‘nalishlarining afzalligi to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘rsatmalar berishi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno; ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi; o‘z vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qo‘shib bajarishi; ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi. Alohida hollarda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, halokatlarning oqibatlarini tugatish hamda epidemiyalarning oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan hujjatlar qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorining normal faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan: narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga; tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga; Oldingi tahrirga qarang. xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlatishga olib keladigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. (12-moddaning uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Yuridik shaxslar birlashmalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatiga pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘yadigan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. 13-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash Insofsiz raqobat, shu jumladan: Oldingi tahrirga qarang. boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi so‘zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) o‘zga tovari bilan taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir; yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o‘rovlarda joylashtirish yo‘li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o‘zgacha tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish yo‘li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish; tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish; (13-moddaning birinchi qismi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda) fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish; tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘siq qo‘yish taqiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi. (13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda) Monopoliyaga qarshi organning ushbu modda ikkinchi qismining tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqni olish xususidagi qoidalari buzilganligini e’tirof etish to‘g‘risida chiqargan qarori tovar belgisiga huquqiy muhofaza berish haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish uchun manfaatdor shaxs tomonidan intellektual mulk bo‘yicha vakolatli organga yoki sudga yuboriladi. 3-bob. Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish 14-modda. Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi: savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish; savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish; savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish; savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; Oldingi tahrirga qarang. lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish; (14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. 15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar Birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan: birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar; birja savdolarida talabning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. 16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir monopoliyaga qarshi talablar Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi. Oldingi tahrirga qarang. Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur. (16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. 17-modda. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi talablar Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar: bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa; Oldingi tahrirga qarang. bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa. (17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga; xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga; aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga; ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida nizom”. 18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi Oldingi tahrirga qarang. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:
jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ); (18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini; shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning o‘zida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. (18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Monopoliyaga qarshi organ, agar: harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa; taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. (18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Oldingi tahrirga qarang. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli. (18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. (19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 20-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat etadi, bo‘lish yoki ajratib chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin: bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud bo‘lganda; uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro uzviy texnologik bog‘lanish mavjud bo‘lmaganda; bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy bo‘linmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 4-bob. Monopoliyaga qarshi organ 21-modda. Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari Monopoliyaga qarshi organ: tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi; Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritadi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini aniqlaydi, ular bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atadi va ularni ko‘rib chiqadi; Oldingi tahrirga qarang. raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi; (21-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi; litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish to‘g‘risida, bojxona tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi; xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi. Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi, shu jumladan: davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga butunlay yoki qisman muvofiq bo‘lmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni) o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan bitimlarni (shartnomalarni) butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida olingan daromadni (foydani) belgilangan tartibda undirish haqidagi; ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra savdolarni va mazkur savdolar natijasida tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risidagi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash haqidagi arizalar bilan sudga murojaat qiladi. Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 22-modda. Axborot olish huquqi Monopoliyaga qarshi organning mansabdor shaxslari raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi arizalar va ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek raqobatning holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektning hujjatlarini, axborotini olish va uning hududiga kirish huquqiga ega. 23-modda. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda tekin taqdim etishi shart. 24-modda. Tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan oshkor etilishini taqiqlash Monopoliyaga qarshi organ ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Monopoliyaga qarshi organning xodimlari tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning oshkor etilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak. 5-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish 25-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda: monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi; yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; Oldingi tahrirga qarang. (25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) 26-modda. Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash Davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak. Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan bo‘lsa, u holda mazkur zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. 27-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Oldingi tahrirga qarang. Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. (27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (ko‘rsatmasini) bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi. Raqobatni cheklovchi va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ma’lum qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. (27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. (28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) 6-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish. Monopoliyaga qarshi organning qarori va ko‘rsatmasini ijro etish hamda bunday qaror va ko‘rsatma ustidan shikoyat berish 29-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organning o‘z tekshiruvlari, o‘rganishlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda tegishli organlarning taqdimnomalari asos bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni tegishli sudlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ko‘rib chiqadi. (29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son) 30-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardir: o‘ziga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqida ish yuritilayotgan shaxs; yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili; guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ish materiallari bilan tanishib chiqishga, bundan davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno, ulardan ko‘chirmalar olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga va ularning tekshirilishida ishtirok etishga, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar bildirishga haqli. 31-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Alohida hollarda, ishning murakkabligiga qarab, mazkur muddat ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish keyinga qoldirilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin. Ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish, to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organ tegishli ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 32-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan monopoliyaga qarshi organning qarori Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni mohiyatan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha: raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi fakti aniqlanishi va tegishli huquqiy ta’sir choralarini ko‘rilishi haqida; ish yuritishni tugatish haqida qaror qabul qiladi. Monopoliyaga qarshi organ: raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan taqdirda; o‘ziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda; monopoliyaga qarshi organ ko‘rib chiqayotgan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni yuritishni tugatadi. Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori darhol e’lon qilinishi lozim. Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan, o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga ko‘rsatma beriladi. 33-modda. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini ijro etish Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Ko‘rsatmani muddatida ijro etmaganlik ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini unda belgilangan muddatda ijro etmaganlik deganda ko‘rsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud o‘z vaqtida ijro etmaslik tushuniladi. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan ko‘rsatma berilgan shaxslar ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada ko‘rsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirishga haqli. Monopoliyaga qarshi organ o‘z ko‘rsatmalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. 34-modda. Monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan shikoyat qilish Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli. Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi. Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) mustasno. (34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 24-son “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 16-bandi. 35-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini raqobatga qarshi harakatlardan himoya qilish maqsadiga ega bo‘lgan jamoat birlashmalari raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli. 36-modda. Nizolarni hal etish Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 37-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 7-bob. Yakunlovchi qoidalar 38-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi 355-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 356-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 55-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) XIX bo‘limi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I bo‘limining 18-bandi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 15-moddasi. 39-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. LexUZ sharhi Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2012-yil 7-yanvardagi 5 (5425)-sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov Toshkent sh., 2012-yil 6-yanvar, O‘RQ-319-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 1-son, 5-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Download 105.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling