Kapital bank
Download 1.53 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAPITAL BANK” ATB MIRZO ULUG’BEK TUMANI XAQIDA MA’LUMOT
Reja: Kirish………………………………………………………………………2 1. “KAPITAL BANK” Mirzo Ulug’bek tuman umumiy tasnifi ...….. 6 2. Masalaning tashkiliy iqtisodiy mohiyati………………………………...11 3.Masalaning axborot taminotini tarkibi va mazmuni……………………..17 4. Masalani yechish uchun kerak bo`ladigan dastur ta`minoti……………..21 5. Korxonada axborotni qayta ishlash texnologiyasi………………………26 6. Korxona axborot tizimini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari…...30 Xulosa va takliflar………………………………………………………….40 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………...…42 Ilovalar……………………………………………………………………...45 Kirish Bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan oqilona, xar taraflama o‘ylangan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat ijobiy natijalarga olib keldi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljishlar va o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi ta’minlandi. Xususan, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8,0 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 8,0 foizni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish hajmining o‘sishi 6,8 foizni, xizmatlar hajmining o‘sishi 14,0 foizni, qurilish-montaj ishlari hajmining o‘sishi 17,8 foizni, chakana tovar aylanmasi o‘sishi 15,1 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Eng jiddiy e’tibor modernizatsiya bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy o‘zgartirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga katta e’tibor qaratildi. Shu maqsadlar uchun 2015 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga 15,8 milliard AQSH dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalar jalb qilindi va o‘tgan yilga nisbatan 9,5 foizga o‘sdi. SHundan 3,3 milliard AQSH dollari yoki barcha investitsiyalarning 21 foizidan ko‘prog‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Barcha investitsiyalarning 67,1 foizi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Bu esa 2015 yilda qurilish ishlarini tugatishga va umumiy qiymati 7,4 milliard dollarga teng 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ektlarini ta’minlashga yordam berdi. Qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilda 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 56,7 foizni tashkil etgan holda 1,8 barobarga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda bu sohada barcha sanoatning uchdan bir qismi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ta’kidlash lozimki, 2015 yil davomida lizing xizmatlari bozori etarli barqaror sur’atlarda rivojlandi. 2016 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 92 ta lizing beruvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Lizing tashkilotlari tomonidan 5275 tadan ortiq lizing operatsiyalari amalga oshirilib, lizing bitimlari uchun 722,8 mlrd.so‘mdan ortiq pul mablag‘lari ajratilgan. Jami lizing beruvchilarning lizing portfeli 2016 yil 1 yanvar holatiga 34573 ta lizing ob’ektlari bo‘yicha 1,7 trln.so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari ham sezilarli darajada o‘sib, ichki iste’mol talabini oshirishga yordam berdi. Xususan, chakana tovar aylanmasi hajmi bir yil mobaynida 15 foizga hamda pullik xizmatlar esa 11 foizga oshdi. O`zbekiston bank tizimidagi bugungi kundagi yutuqlar mustaqillik davrida barcha sohalar kabi bank tizimini isloh qilishdagi sa’y haraktlar, tizimda axborot texnologiyalarining samarali qo‘llash natijasidir. “Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak. Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi”.1 Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2009 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi. Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan kat’iy pul-kredit siyosati makroiktisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi. Ushbu muvaffaqiyatlar mustaqillik davrida barcha sohalar kabi bank tizimini isloh qilishdagi sa’y harakatlar, tizimda axborot texnologiyalarining samarali qo‘llash natijasidir. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, belgilangan vazifalarni bajarish, bankning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor yo‘nalishlarini qayta tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha izchil choralar amalga oshirildi. Bankning moliyaviy barqarorligini baholovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan aktivlar 2016 yilning 1-yanvar holatiga 3192,5 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 293,4 mlrd. so‘mga yoki 110,1 foizga oshdi. Bunda daromad keltiradigan aktivlar 2436,2 mlrd. so‘mni hamda daromad keltirmaydigan aktivlar 756,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ta’kidlash lozimki, daromad keltiradigan aktivlar miqdori yil boshiga nisbatan 230,9 mlrd. co‘mga, daromad keltirmaydigan aktivlar esa 64,2 mlrd. so‘mga oshgan. Daromad keltiradigan aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 75,8 foizdan 76,0 foizga oshgan bo‘lsa, daromad keltirmaydigan aktivlar bo‘yicha 24,2 foizdan 24,0 foizga kamaygan. Moliyaviy bozorning yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash segmentiga aktivlarning 69,4% joylashtirilgan bo‘lib, kredit portfeli joriy yil boshiga nisbatan 15,8 foizga yoki 302,2 mlrd. so‘mga oshdi hamda 2213,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bank o‘z kapitali hisobidan amalga oshirgan investitsiyalari qoldig‘i hisobot sanasiga 72,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbattan 0,8 mlrd. so‘mga yoki 101 foizga o‘sdi. Iqtisodiy nochor korxonalarda ishlab chiqarishni qayta tiklash, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida bank tomonidan jami 14 ta korxona bank balansiga qabul qilingan. Bank balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalarning barchasida ishlab chiqarish faoliyati tiklanib, 76,6 mlrd. so‘mga bozor qiymatida baholandi va bosqichma-bosqich to‘lash sharti bilan 80,0 mlrd. so‘mga salohiyatli investorlarga sotildi. Bugungi kunda ishlab chiqilgan biznes-reja ko‘rsatkichlariga asosan faoliyati tiklangan korxonalarda 117,8 mlrd. so‘m hajmida mahsulotlar ishlab chiqarilib, shundan 22,9 mln. AQSH dollari eksportga yo‘naltirildi. Bank tomonidan kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 930,6 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, ushbu ajratilgan kreditlar hisobiga 13,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bankning resurs bazasi 3105,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 372,9 mlrd. so‘mga yoki 13.6 foizga oshdi. Bunda, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar hamda turli jamg‘armalardan jalb qilingan maqsadli kredit mablag‘lari jami resurs bazasining 10 foizini yoki 317,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bankning jamlanma kapitali 469,7 mlrd. so‘m miqdorida shakllandi. Bunda, bankning Ustav kapitali hisobot sanasiga 317,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbattan 54,1 mlrd. so‘mga oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1438-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholi omonatlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar depozitlari qoldig‘ini 2011-2015 yillarda 2,5 martaga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 2016 yilning 1-yanvar holatiga jami depozitlar 1538,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bankning jami depozitlari tarkibida yuridik shaxslarningdepozitlari 436,3 mlrd. so‘mni yoki 28 foizni hamda aholi omonatlari va plastik kartochkalardagi mablag‘lar 1101,9 mlrd. so‘mni yoki 72 foizni tashkil etdi. Bank tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, zamonaviy dasturiy vositalarni joriy qilish bugungi kunda ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari bank operatsiyalari bajarilishini osonlashtiradi, yirik birlashmalar va korxonalar uchun hisob –kitoblar va to‘lovlar o‘tishini tezlashtirishga yordam beradi. “KAPITAL BANK” ATB MIRZO ULUG’BEK TUMANI XAQIDA MA’LUMOT Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining eng ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy ob’ektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan “Kapital bank” aksiyadorlik tijorat banki ham iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizasiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayapti. Shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyati nirivojlantirish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan hukumat tadbirlarida to'laqonli ishtirokchisiga aylanib ulgurdi. Kapital bank o‘z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan bo‘lib, mijozlarga o’zining 183 ta filiali, 271 ta minibanki, 197 ta mahsus kassalari, 187 ta halqaro pul o‘tkazmalari shohobchalari orqali hizmat ko‘rsatib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bugungi kunda Kapital bank tomonidan 200 mingdan ortiq yuridik hamda 2.5 millionga yaqin jismoniy shahslarga zamonaviy bank hizmatlari ko‘rsatilayapti. Respublikamiz bank sektorida Kapital bank kapitali hajmi va filiallar tarmog‘i soni bo‘yicha ikkita hamda aktivlar miqdori bo‘yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi. Bank faoliyati jahonning nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisoblanmish “Moody's” hamda “Fitch Ratings” kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting agentligi hisoblanmish “Ahbor-Reyting” tomonidan Kapital bankning faoliyati natijalari milliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi bilan baholandi. Hisobot yilida bankning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlari natijasida uning moliyaviy barqarorligini baholovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan aktivlari 2015-yil 1-yanvar holatiga 2 trln. 898 mlrd. so‘mni, shundan daromad keltiradigan aktivlar miqdori 75 foizini tashkil etdi. Bankning jamlama kapitali 411 mlrd. so‘mni tashkil etib, hisobot yilining boshiga nisbatan 39.7 mlrd. so‘mga o‘sishiga erishildi. O‘tgan hisobot yilida bank tomonidan agrar kompleksni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarga 2 trln. 464 mlrd. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 37 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Shuningdek , qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 760 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan yutuqlar zamirida aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz hamda bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan haqiqiy hamkorlik yotadi . Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling