Kapital bank


Korxona axborot tizimini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari


Download 1.53 Mb.
bet8/10
Sana13.01.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1090299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6. Korxona axborot tizimini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari


Kapital bank tomonidan axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, 2012 yil 21 martda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining PQ-1730-sonli qarori hamda uning 1-ilovasiga asosan respublika miqyosida, jumladan bank tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib borildi. Bankning global hisoblash tarmog‘ida 300 dan ziyod tuzilmalar mavjud bo‘lib, ularning 3 ming 800 ta ishchi stansiyalari real vaqt rejimida bankning Markaziy apparatida joylashgan yagona balans bazasi orqali o‘z mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatmoqda. SHuni ta’kidlash joizki, bank respublikaning agrar sektoriga xizmat ko‘rsatuvchi eng yirik banklardan biri hisoblanib, uning ma’lumotlar bazasi hajmi 8 TerraBaytni tashkil etadi. Qurilgan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi esa bank tizimida taqsimlangan moliyaviy axborotni qayta ishlovchi “OLAP” texnologiyalarini amalga oshirishning klassik variantidan iboratdir. Bank qog‘ozsiz texnologiyalarni rivojlantirish borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, elektron hujjat aylanish tizimi ishi kengaytirilib, hozirda ushbu tizimda 540 ta foydalanuvchilar qayd etildi. Hozirgi kunda ushbu dastur ta’minotini hududiy boshqarmalar ish jarayoniga tatbiq etish hamda ushbu dastur funksiyalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga, bank maxalliy va davlat organlari orasida hujjat aylanish tizimiga ham ulanib(E-XAT tizimi), hozirda uning falo ishtirokchisiga aylandi. Bank xodimlari bir qator tashkilotlarning interaktiv xizmat turlaridan foydalanmoqda. Hukumat portali(gov.uz)da bankning o‘z qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni interaktiv tarzda berish tizimi ishga tushirildi, Davlat soliq qo‘mitasi(e-hisobot.uz), Davlat statistika qo‘mitasi(stat.uz) kabi tashkilotlarga hisobotlar uzatish bank xodimlari tomonidan bankdan chiqmagan holda interaktiv uslubda amalga oshirilmoqda. 18 SHu bilan birga, bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga Internet-banking xizmatini ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni ortib bormoqda. SHuningdek, bank mijozlarining elektron pochta manzillariga mijozlarning hisobraqamlaridagi qoldiq va ularning aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam berib borish xizmati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirga kelib kun sayin rivojlanib borayotgan mobil aloqa tizimlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida ham faol ish olib borilmoqda. Hisobot davrida“CLICK” kompaniyasining masofaviy SMS xatlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimi o‘rganib chiqildi hamda maxsus serverlar bank ma’lumotlari bilan to‘ldirilib, hozirda bank filiallarini tizimga ulash ishlari olib borilmoqda. 2012 yil davomida bank telefon tarmog‘i ishi o‘rganib chiqildi va tizimni yanada takomillashgan IP-telefoniya tizimiga o‘tkazish loyihalari tasdiqlandi. 2013 yilda tizimni to‘liq ishga tushirildi.
Interaktiv xizmatlar foydali xizmat turlarin io‘zida jamlagan sayt bo‘limidir. Bu yerda siz bank qonunchiligiga oid foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar bilan tanishib qolmasdan ariza blankalarni ko‘chirib olishingiz, kredit olish uchun onlayn talabnoma jo'natishingiz, tez-tez uchraydigan savollaringizga javob topishingiz, bank mijoziga aylanishingiz uchun zarur ma’lumotni olishingiz mumkin.
Onlayn-xizmatlar:

  • Masofaviy bank xizmatlari (MBX) — bu Kapital bankdagi hisobingizni internet yoki telefon orqli masofaviy boshqarish imkoniyatidir. Siz hisobingiz bo’yicha bank operatsiyalarini Sizga qulay vaqtda istalgan joyda o’tkazishingiz yoki ularni nazorat qilishingiz mumkin.

  • Internet/Mijoz bank — bu personal kompyuter yoki internet orqali Sizning Kapital bankdagi hisoblaringizning holati haqidagi ma’lumotni olishning va to’lovlarni amalga oshirishning xavfsiz usuli hisoblanadi.

  • SMS banking — bu Kapital bankdagi hisobingizda amalga oshirilgan tranzaksiyalar va balans qoldig’i haqidagi ma’lumotlar haqida tezkor SMS-xat olish imkoniyati hisoblanadi.

  • Shaxsiy kabinet — Kapital bank o’zining barcha mijozlariga «Shaxsiy kabinet» xizmatida foydalanishni taklif etadi. Bundan foydalanib, Siz bankda ochilgan hisobingiz, omonat va to’lov kartangizda qator operatsiyalarni bank ish rejimidan qatiy nazar yoki navbatda turib vaqt yo’qotmasdan o’tkaza olasiz.

  • SMS informer — Bu yuridik shaxslarga mobil telefon yoki electron pochta orqali o’z hisoblari holatini nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat. Mijozlar Online tizimda SMS-xatlar oladilar:

  • Real davrda o’z hisoblaridagi chiqim operatsiyalari haqida

  • Real davrda o’z hisoblaridagi kirim pul vositalari haqida

  • Oz’ hisoblarida qolgan qoldiq miqdori haqida

  • Real davrda o’z to’lov majburiyatini bankka tushganligi haqida

qolaversa, o’z hisoblari haqida electron pochtaga xatlar oladilar.
SMS-informer xizmatiga ulanish SMS- malumot xizmatlari ko’rsatish Kelishuviga imzo chekish bilan amalga oshiriladi.
Kapital bank O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy moliyaviy agenti bo‘lgani holda istiqbolda o‘z mijozlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarga asoslangan zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi.
Hisobot yilida bank tizimining kapitalizatsiya darajasini oshirish, uning likvidliligini mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Samarali chora-tadbirlar qabul qilinishi natijasida bank tizimining ko‘rsatkichlari nafaqat umum qabul qilingan jahon standartlariga javob beradi, balki ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha ustunlik ham qiladi. 2015 yilda bank tizimining kapitallashtirish darajasini oshirish va banklarning investitsion faolligini mustahkamlash ta’minlandi.
Bank tizimining jami kapitali o‘tgan yilga nisbatan 23,3 foizga o‘sdi va 7,8 trln. so‘mga etdi. Eng muhimi, oxirgi 5 yil ichida ushbu ko‘rsatkich butun bank tizimi bo‘yicha 2,4 barobarga o‘sdi. SHu bilan birgalikda, bank tizimining kapital etarlilik ko‘rsatkichi 2015 yil yakunlari bo‘yicha qariyb 24,0 foizni tashkil etib, umum qabul qilingan xalqaro standartlar me’ѐridan 3 barobarga ko‘p.
Bank tizimining joriy likvidlilik ko‘rsatkichi bir necha yillardan beri 64,5 foizdan oshib bormoqda, ya’ni xalqaro standartlar bo‘yicha o‘rnatilgan minimum darajadan 2 barobar ko‘p.
Ta’kidlash kerakki, bank aktivlari o‘tgan yilga nisbatan 25,1 foizga oshdi va 2015 yil yakunlari bo‘yicha 65,2 trln.so‘mni tashkil etdi.
“Moody’s” xalqaro reyting agentligi mamlakatimiz bank tizimining rivojlanish istiqbollarini 6 yildan buѐn “barqaror” prognozi bilan baholab kelmoqda. SHuningdek, “Standard & Poor’s” va “Fitch Ratings” reyting agentliklari ham bank tizimini “barqaror” deb baholagan.
Investitsion maqsadlar uchun berilgan kreditlar ko‘lami 2014 yilga nisbatan 1,2 barobarga oshdi va 2016 yil 1 yanvar holatiga 10,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Prezidentimizning qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlarga ko‘proq erkinlik berishga yo‘naltirilgan farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar ko‘lami o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi va 2016 yil 1 yanvar holatiga 12,1 trln. so‘mni tashkil etdi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkor aѐllarni qo‘llab-quvvatlash uchun berilgan kredit mablag‘lari o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi va 1,2 trln.so‘mni tashkil etdi.
Banklar resurs bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar banklardagi depozitlarning o‘sishi ta’minladi. Jumladan, depozitlar ko‘lami o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga oshdi va 35,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
2015 yil yakunlari bo‘yicha moliya xizmatlari umumiy tarkibida bank xizmatlari ulushi 88 foizni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. Bu aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilayotgan bank xizmatlarining sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasidir.
2015 yilda ham plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Buning natijasida, 2015 yil yakunlari bo‘yicha butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha plastik kartochkalar soni 16,3 mln.dan ortdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida o‘rnatilgan terminallar soni esa 183,1 ming donaga etdi.
Bank mamlakat moliya-kredit tizimining ajralmas qismi hisoblanib, tizimdagi etakchilikni qo‘ldan boy bermay kelmoqda. Bank bugungi kunda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish, shuningdek qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, jumladan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga hamda qishloq xo‘jalik sohasiga chet el investitsiyalarini faol jalb etishga qaratmoqda.
Bunda, shiorimiz - xalq farovonligi faoliyatimiz mezoni! Bankning missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishdir.
Bank o‘z missiyasini amalga oshirish chog‘ida o‘z faoliyatining quyidagi asosiy tamoyillariga tayanadi:
a)mijozlarga bo‘lgan hurmat. Mijozlarning yutug‘i bu bizning yutug‘imizdir. Mijozlarimizga xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlariga intilamiz hamda har bir mijozimizning manfaatlarini ximoya qilamiz va qadrlaymiz. Mijozlarimizning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz;
b)ishonchlilik. Biz qaerda bo‘lmaylik har doim bank biznesining barcha sohalarida adolatli faoliyat yuritishga harakat qilamiz. Korporativ boshqaruvning jahon andozalariga mos bo‘lishiga, aksiyadorlar, mijozlar hamda hamkorlarimiz uchun bank faoliyatini shaffof bo‘lishiga intilamiz. Ishonch – bu, biz uchun eng qimmatli aktiv hisoblanib, bank obro‘-e’tiborini mustahkamlovchi asosiy omil hisoblanadi;
v)etakchilik. Biz moliya bozorida barcha toifadagi mijozlarimizga xizmat ko‘rsatish borasida etakchi o‘rinlarda bo‘lishga intilamiz. Tizimimizdagi barcha xodimlar o‘z ishiga sodiqlik, shijoatlilik, yangilikka intiluvchanlik va mehnatsevarligi jihatidan namuna bo‘lishga intiladi;
g)ijtimoiy mas’uliyat. Aholi barcha qatlamlarining ehtiyojlari va manfaatlariga alohida e’tibor qaratilishi bank faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Biz jamiyatning rivojlanishiga, ijtimoiy masalalarning echimini topishga o‘zimizning faol hissamizni qo‘shishga xarakat qilamiz;
d)professionallik. Biz faoliyatimizni professional faoliyatning yuqori standartlarida bo‘lishiga intilamiz. YAngiliklar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlaymiz. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida barcha operatsiyalarni vijdonan, o‘z vaqtida va qulay shartlarda amalga oshiramiz. Bu o‘z navbatida mijozlarimiz bilan uzoq va mustahkam munosabatlarda bo‘lishimizni ta’minlaydi;
e)yangilikka intilish. Mijozlarga qulay va tezkor bo‘lgan zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni amaliyotga doimiy ravishda joriy etib borishga intilamiz;
yo)birdamlik. Biz mijozlarimiz va bankimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan shijoatli, intiluvchan va mehnatsevar insonlardan tashkil topgan yagona jamoamiz. Turli bank soxalaridagi mutaxasislarimizning o‘zaro hamkorligi, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z bilimi va tajribalarining o‘zaro almashinuvi orqali amalga oshirgan mehnatlari evaziga muvafaqiyatlarga erishamiz;
j)oila. Oila jamiyat va davlatni mustahkamlovchi asosiy bo‘g‘indir. YAqinlarimiz, farzandlarimiz va ota-onalalarimizga g‘amxo‘rlik qilish barchamizning majburiyatimiz hisoblanadi. Biz qilayotgan mehnatimiz bilan oilalar faravonligini mustahkamlashga va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz.
Bank o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bankni strategik rejasining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi:
1)bank filiallarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, bunda respublikaning chekka hududlarida joylashgan filiallarga turli moliyaviy vositalar asosida ularni qo‘llab quvvatlash va imtiyozlar joriy qilish;
2)mijozlarga sifatli va keng kamrovli xizmatlar ko‘rsatish orqali mijozlar sonini oshirib borish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni diversifikatsiyalash. Salohiyatli mijozlarni bankka jalb etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirib borish;
3)bankning geografik nuqtai nazardan keng qamrovli samarali marketing siyosatini yuritish, bunda bankning mavqeini ko‘tarishga yo‘naltirilgan reklama roliklari va tarqatma materiallarni tayyorlash hamda keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
4)mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish, shu jumladan plastik kartalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi texnika va texnologik uskunalarni bosqichma - bosqich joriy etish;
5)filiallar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan ularni zahira elektro-energiya manbalari bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
6)bank infratuzilmalarini xatlovdan o‘tkazish, bunda samarasiz infratuzilmalarni aniqlash va ularga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda sog‘lomlashtirish;
7)daromad keltiradigan yangi infratuzilmalarni tashkil etish hamda xodimlar mehnatini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirib borish. Xalqaro pul o‘tkazmalariga xizmat ko‘rsatuvchi shohobchalar sonini ko‘paytirish;
8)bankning tarkibiy tuzilmasini bank faoliyatini samarali tashkil etish tamoyilidan kelib chiqqan holda takomillashtirib borish;
9)bankning keng qamrovli tarmog‘ini va geografik joylashuvini inobatga olgan holda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional xizmat turlarini, xususan brokerlik, konsalting hamda birjadan tashqari banklararo savdo tizimi shohobchalarini ochish orqali yangi xizmat turlarini keng joriy qilish va ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar malakasini oshirib borish;
10)bankning investitsiya portfelini rentabelligini oshirish, past rentabelli va daromad keltirmaydigan aksiyalarni sotish choralarini ko‘rish. Bankning investitsiya portfelining doromadliligini Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishiga erishish;
11)bank tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsiya hamda raqobat muhitini yaxshilash, investitsiya va innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarning opsion, fyuchers, uzoq muddatli obligatsiyalari, davlatning qisqa muddatli obligatsiyalaridan unumli foydalanishni;
12)hujjat aylanish tizimini takomillashtirish, bunda bankning barcha filiallarida yagona elektron hujjat aylanish tizimini yaratish. Mazkur tizimni birinchi navbatda hududiy boshqarmalar miqyosida va tuman (shahar) filiallariga ulash;
13)tijorat banklari tomonidan Markaziy bank me’yoriy hujjatlarini yuritish bo‘yicha o‘rnatilgan talablardan kelib chiqqan holda bankning «Hujjat aylanish elektron dasturi»ga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali bankning yagona me’yoriy-huquqiy bazasini elektron dastur ko‘rinishida yaratish;
14)bank tizimida arxiv ishlarini olib borishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda elektron arxiv ma’lumotlar bazasini joriy etish;
15)mijozlarga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida filiallar binolarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda qayta rekonstruksiya va joriy ta’mirlash, ko‘rkam hamda bankning imidji va brendini aks ettiradigan inshootlarga aylantirish;
16)barqaror resurs bazasini shakllantirish hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish maqsadida omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy etish, depozit sertifikatlari va subordinar qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish hamda bank interaktiv xizmatlarini takomillashtirish;
17)kapitallashuv darajasini ustav kapitalini o‘stirish hisobiga oshirish, jami kapitalning 2027 yil oxirigacha kamida 1698,3 mlrd. so‘m miqdorda shakllanishini ta’minlash (3-ilova);
18)bank faoliyatini iqtisodiy-matematik va statistik uslub hamda modellashtirish orqali tahlil qilishni ishlab chiqish. Mijozlarning kreditga layoqatligini tahlil qilish, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini baholashning elektron dasturiy tartibini joriy qilish;
19)tizimda qo‘llanilayotgan dasturiy tizim, ish o‘rinlari ko‘rinishi va funksiyalarini yanada takomillashtirish;
20)tizimida ishlatilayotgan dastur ta’minotlarini bosqichma-bosqich litsenziyalashtirish (Oracle 11g, MSOffice, WindowsXXX);
21)bank tizimi bo‘yicha umumlashgan telekommunikatsiya tizimini yaratish, hisob raqamlar xavfsizligini boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish, nazorat hamda qayta ishlash tartibini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish yo‘li bilan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish qoidalarini takomillashtirish
22)Respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo‘lgan bepul qo‘ng‘iroqlar uchun call-markazlarini tashkil etish;
23)bank tizimida haqqoniy, rahbar xodimlar tomonidan elektron raqamli kalitlar orqali imzolanuvchi hujjat aylanish majmuasini ishga tushirish;
24)mijozlarga bankning rasmiy sayti orqali o‘z hisob raqamlari holatini nazorat qilish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
25)ishga qabul qilinayotgan yangi xodimlarning kompyuter savodxonligini aniqlash tizimini takomillashtirib borish;
26)ish unumdorligi hamda sifatini yaxshilash maqsadida bank xodimlarini zamonaviy texnika (kompyuter, printer, faks) vositalari bilan ta’minlash;
27)hududiy filiallarning balans ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilish tizimini takomillashtirib borish, bunda ma’lum bir filialning balans ko‘rsatkichlarini (masofadan) tahlil qilish orqali ular faoliyatini sog‘lomlashtirish va barqaror faoliyat yuritish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilish;
28)kadrlar siyosatini kuchaytirish, zahira tarkibiga kiritilgan mutaxassislarni rotatsiya qilish ishlarini davom ettirish, xodimlarni chet el moliya institutlari hamda ta’lim muassasalarida o‘qitishni faollashtirish, investitsiya faoliyati masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, bank sohasida kadrlar tayyorlash usullarini muntazam takomillashtirib borish;
29)xodimlarning korporativ madaniyatini oshirgan holda xizmat ko‘rsatishning yangi g‘oyasini joriy etish orqali bank imidjini ko‘tarish;
30)bank xodimlarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, bunda malakali va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan xodimlarni tanlash va kasb pog‘onalari bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘stirish, yil yakuni bo‘yicha turli nominatsiyalarni belgilash va ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirib borish;
31)rahbar lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarni namunali bank filiallarida kasbiy malakasini oshirib borish tizimini takomillashtirish. Bunda, namunali filiallarda stajirovka o‘tashi hamda mazkur filial rahbar xodimlarini alohida rag‘batlantirish tizimini joriy qilish;
32)kredit portfelini monitoring qilish tizimini kuchaytirish, bunda muddati o‘tgan kredit mablag‘larini muddatidan oldin so‘ndirish choralarini grafik bo‘yicha ko‘rish tizimini faollashtirish;
33)kredit ajratish jarayonida mijozlarning kredit layoqatliligini tahlil qilish, salbiy kredit tarixiga ega mijozlarga yangi kredit ajratilishining nazoratini kuchaytirish bo‘yicha elektron tizimini takomillashtirib borish;
34)kredit hujjatlarini to‘g‘ri shakllantirish va ularni but saqlanishini nazarda tutuvchi mavjud tizimni va Markaziy apparatdan turib masofaviy nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
35)hududiy filiallar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan masofaviy nazorat tizimini kuchaytirish. Bunda, Markaziy apparat xodimlari tomonidan filial faoliyatini o‘rganish jarayonida asosiy hujjat sifatida masofaviy nazorat tizimi orqali olingan ma’lumotlardan foydalanish hamda joylarda faqat birlamchi hujjatlar o‘rganilishini ko‘zda tutish lozim;
36)bankda mavjud tavakkalchiliklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq baholovchi tizimni yaratish. Mazkur tizim bank amaliyotlarini deversifikatsiya qilishda yuzaga keladigan tavakkalchiliklar darajasini aniqlash va unga baho berishni o‘z ichiga qamrab olishi lozim;
37)integrallashgan axborot tizimini takomillashtirish, bunda filiallarni nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish orqali xodimlarning bevosita ishtirok etish tizimini kamaytirish;
38)moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish chora-tadbirlarni amalga oshirish va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda takomillashtirish.
39)etakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish;
40)bank boshqaruvida SWOT, GAP tahlillardan keng foydalanish, kapital etarliligiga bo‘lgan talablarni kuchaytirishni, kutilayotgan yo‘qotishlar modeli asosida ehtimoliy yo‘qotishlarga zahiralarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tadbiq etish;
41)ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish;
42)bank tizimini rivojlanish yutuqlaridan kelib chiqqan holda bank faoliyatini yanada takomillashtirish va barqaror rivojlanishini ta’minlovchi samarali chora-tadbirlarni belgilab borish.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling