Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stipendiya va ko'krak nishoni


Download 14.48 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.48 Kb.
#1392486
Bog'liq
Taqdimnoma


O‘zbekiston Raspublikasi Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan
" Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stipendiya va ko'krak nishoni " tanlovining
2-mavsum 2-o’quv yili uchun Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish:
O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Usmonova Zarnigora Anvarjon qizi tavsiya etish yuzasidan fakultet
TAQDIMNOMASI
Iqtidorli talabamiz Usmonova Zarnigora Anvarjon qizi 2021-yildan beri Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiya fakultetida davlat granti asosida tahsil olib kelmoqda. Shu davr mobaynida Usmonova Zarnigora jamoat ishlariga mas'uliyat bilan yondashishi, tirishqoqligi mehnatsevarligi, ilmga chanqoqligi, ijodiy ishlarda tashabbuskorligi, liderlik qobilyati, na'munali xulqi hamda faolligi bilan ajralib turadi. U nafaqat universitet miqyosida, balki, respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam faol ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Termiz davlat universitetida Yoshlar ittifoqining faol a'zosi hisoblanib, o‘zining notiqlik san'ati va mustaqil ravishda tizimli fikrlash, hozirjavoblik kabi qobilyatlari bois turli xil tadbirlarda rag‘batlantirib kelinmoqda.
Usmonova Zarnigora ilmiy ishlarga oid ko‘plab ilmiy va ommabop maqolalari ilmiy jurnal va konferensiyalarda chop qilingan. Fanlarni yaxshi o‘zlashtirish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Usmonova Zarnigora kelajakda mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi uchun tinmay mehnat qiladigan munosib kadr bo‘lib yetishadi deb hisoblaymiz.
Usmonova Zarnigora universitet hayotida faol talabalardan ekanligi, qolaversa, hozirdanoq ilmiy ishi ustidagi faoliyatini hisobga olib bugungi kunning iqtidorli talabalariga qo‘yilgan talablarga mos keladigan talaba sifatida. "Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stipendiya va ko'krak nishoni " tanlovining universitet bosqichida ishtirok etishga tavsiya qilinadi.

O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani v.v.b.: Obidjon Shofiyev.
Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling