Kapital bank


Download 1.53 Mb.
bet4/10
Sana13.01.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1090299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mijozlarga beriladigan kredit turlari:

      • Avto krediti

      • Iste’mol krediti

      • Ta’lim krediti

Bank tomonidan yuridik shaxslar uchun quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

    • Xalqaro bank operatsiyalari

    • Loyihalarni moliyalashtirish

    • Lizing operatsiyalari

    • Faktoring xizmatlari

YUridik shaxslarga quyidagi kreditlar ajratiladi:

      • Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash

      • Savdo korxonalarini kreditlash

      • Qishloq xo‘jalik korxonalarini kreditlash

      • Investitsion loyihalarni moliyalashtirish

      • Sanoat korxonalarini kreditlash

      • Qishloq xo‘jaligini chet el kredit liniyalari hisobidan kreditlash

      • Ustuvor tarmoq korxonalarini kreditlash

      • Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit

      • CHet el kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subektlarini kreditlash

Yuridik shaxslar uchun to‘lovlarni amalga oshirish vositalari:

3. Masalaning axborot taminotini tarkibi va mazmuni

“Internet-banking” tizimi -Internet global axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda Mijozga Bank bilan masofadan turib axborot almashuvini amalga oshirilishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan kompyuter tizimidir.


“Elektron hujjat” - elektron shaklda taqdim etilgan, ya’ni “Internet-banking” tizimining dastur ta’minoti yordamida hosil qilingan va ERI bilan tasdiqlangan, Mijozning to‘lov topshiriqnomasi yoki boshqa axborotini o‘z ichiga olgan, ma’lumotlar bazasidagi baytlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan fayl yoki bir yoki bir nechta yozuvlar ko‘rinishidagi hujjat xisoblanadi.
“Elektron hujjatda qo‘llanilgan Elektron raqamli imzo (ERI) –Mijoz tomonidan kriptografik o‘zgartirishlar yordamida shakllantirilgan “Internet-banking” tizimida amalga oshirilgan va elektron hujjatga qat’iy ravishda taqqoslanadigan hamda elektron hujjatni autentifikatsiyalash (mualliflik va yaxlitlikni tasdiqlash) uchun foydalaniladigan, bayt yig‘indisi ko‘rinishidagi elektron hujjatning rekvizitidir.
Elektron raqamli imzo hujjatning mazmuni va imzolovchining maxfiy kalitini qat’iy tarzda bir butun qilib muvofiqlashtiradi hamda ushbu imzoning haqiqiyligini buzmagan holda hujjatning o‘zgartirilishiga imkon bermaydi.
“Mijozning ERI yopiq kaliti” - Mijoz tomonidan “Internet-banking” tizimi vositalaridan foydalangan holda mustaqil ravishda hosil qilingan va Mijoz tomonidan elektron hujjatning elektron raqamli imzoni shakllantirish uchun mo‘ljallangan kalit (baytlar ketma-ketligi).
“Mijozning ERI ochiq kaliti” - Mijozning ERI maxfiy kalitiga qat’iy holda bog‘liq bo‘lgan va Mijoz tomonidan Mijozning ERI ma’fiy kaliti tayyorlanganida “Internet-banking” tizimi tarafidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan hamda Mijoz tomonidan shakllantirilgan elektron hujjatning elektron raqamli imzosi to‘g‘riligini (mosligini) Bank tarafidan tekshirilishi uchun mo‘ljallangan kalit (baytlar ketma-ketligi).
“Mijozning ERI ochiq kaliti sertifikati” –Rahbari imzosi bilan tasdiqlangan va Mijoz muhri bosilgan, ERI ochiq kalitining amal qilish muddatlari ko‘rsatilgan hamda Mijozning ERI ochiq kaliti o‘n olti xonali belgilar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilgan qog‘oz shakldagi hujjat.
“Kalitning o‘z maqomini yo‘qotishi” - foydalaniladigan kalitlar axborot xavfsizligini ta’minlayotganligiga ishonchning yo‘qolishi.
Kalitning o‘z maqomini yo‘qotish holatlariga quyidagilar kiradi: -Muhit elementlarning yo‘qotilishi; -Muhit elementlarning keyinchalik topilishi bilan yo‘qotilishi; -Muhim axborotlar bilan ishlash vakolatiga (ruxsatiga) ega bo‘lagan xodimlarning ishdan bo‘shatilishi; -Maxfiy kalitni saqlash va yo‘q qilish (amal qilish muddati tugagandan so‘ng) qoidalarining buzilishi; -Aloqa tizimida axborotning chiqib ketishi yoki uning buzib ko‘rsatilishi borasida shubhalarning yuzaga kelishi;
-Sir saqlanayotgan axborotlar oshkor etilganlikda gumon qilinayotgan yoki u maxfiy aloqa tizimida buzilganda (yaroqsiz bo‘lganda);
-Muhim axborotni o‘z ichiga olgan elektron kalit tashuvchilariga nima bo‘lganligini aniqlash imkoni bo‘lmaganda (shu jumladan tashuvchi ishdan chiqqan va bu holat yovuz niyatli kishilarning ruxsat etilmagan harakatlari natijasida yuz berilmaganligi isbotlanmagan bo‘lsa). Kalitning o‘z maqomini yo‘qotish holatlariga boshqalar ham kiritilishi mumkin. “Imzo namunalari kartochkasi” - Mijoz tomonidan bank hisobvaraq shartnomasiga muvofiq Bankka taqdim etiladigan Mijozning hisob-kitoblarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning imzo namunalari va muhri tushirilgan kartochka.
“Mijozga xizmat ko‘rsatish tartibi”ga muvofiq Bank tomonidan Mijozga “Internet-banking” tizimini qo‘llagan holda elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlarni ayirboshlash yuzasidan xizmatlarni taqdim etish hisoblanadi.
Bank Mijozni “Internet-banking” tizimiga ulanish va ishlash bo‘yicha maslahatlar berib, Mijozni “Internet-banking” tizimida ro‘yxatga oladi.
Bank Mijozning “Kapital bank” OATIBda ochilgan hisobvaraqlariga “Internet-banking” tizimida foydalanish bo‘yicha xizmatlarni ushbu shartnomaga asosan taqdim etadi. Mijozning hisobvaraqlariga “Internet-banking” tizimidan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish, ularni ochish uchun asos bo‘lgan bank hisobvarag‘i shartnomasi va uning shartlariga asosan amalga oshiriladi.
Mijozning “Internet-banking” tizimiga ulanishi “Internet” ommaviy tarmog‘i orqali taqdim etiladi. Mijoz tomonidan “Internet” tarmog‘iga qay tarzda ulanishi mazkur SHartnomaning predmeti bo‘lib hisoblanmaydi.
Taraflar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunlar va Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12-iyundagi “Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 120-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladigan, Elektron Raqamli Imzo usulini e’tirof etadilar (tan oladilar).
Taraflar ERI tekshirilishi jarayonida salbiy natija aniqlangan taqdirda bu elektron hujjat buzilgan hisoblanib, u bank tomonidan qabul qilinmasligini tan oladilar.
Mijozning ERI sohtalashtirilishiga (ya’ni Mijoz nomidan to‘g‘ri elektron hujjatning elektron imzosini yaratilishi uchun) Bank javobgar emas.Taraflar “To‘lov topshiriqnomasi” va “Informatsion xabar” (xat) elektron hujjatlari, shuningdek “Internet-banking” tizimi tomonidan yaratilib, Mijozning ERI bilan tasdiqlanadigan boshqa elektron hujjatlar, Mijozning hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan qog‘oz hujjatlariga yuridik jihatdan teng (ekvivalent) bo‘lib, yuridik kuchga ega ekanligi va Taraflar o‘rtasida huquqiy munosabatlar o‘rnatilganligini tan oladilar. Mijozning ERI bilan tasdiqlanmagan hujjatlari yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va ular Bank tomonidan ko‘rib chiqilmaydi hamda ijro etilmaydi.
Taraflar “Internet-banking” tizimi tomonidan Bankda yaratiladigan Mijozning ERI mavjud hujjatlari mazkur SHartnomaning 1-sonli ilovasi “Nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda texnik ekspertiza o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq nizoli masalalarni hal etish uchun dalil bo‘lib xizmat qiladigan material ekanligini e’tirof etadilar. ERI mavjud bo‘lmagan elektron hujjatlar nizoli masalalar mavjud bo‘lgan taqdirda, nizoli vaziyatni hal etishda dalil bo‘lib hisoblanmaydi.taraflar Mijoz rahbarining imzosi va Mijozning muhri bilan tasdiqlanib ERI sertifikatida ko‘rsatilgan, Mijozning ERI ochiq kaliti hamda uning tashuvchisi Mijozga tegishli ekanligini tan oladilar.
Bank Mijozning faks, e-mail yoki pochta aloqasi orqali berilgan ko‘rsatmasiga ko‘ra “Internet-banking” tizimida Mijozning ishini vaqtincha blokirovka qilishi shart.
Bank Mijoz kaliti o‘z maqomini yo‘qotganligi yuzasidan shubhalangan taqdirda o‘z ixtiyoriga ko‘ra Mijozni xabardor qilmagan holda Mijozning ERI ochiq kalitini blokirovka qilish va Mijozdan ERI kalitlari juftligini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir. Bank “Intrenet-banking” tizimida Mijozga xizmat ko‘rsatish tartibiga, Mijozni aloqa vositalari, shu jumladan www.Agro bank.uz manzili bo‘yicha Bankning saytida e’lon va ma’lumotlarni joylashtirish orqali oldindan, biron o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida o‘n kun oldin, xabardor qilgan holda bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega.
Bank “Internet-banking” tizimi vositasida etkazilgan va Bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalari o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan elektron hujjatlarni tasdiqlash maqsadida Mijozdan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan, hisob-kitob hujjatlarini qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilishini talab qilishga haqli. So‘ralgan hisob-kitob hujjatlari 5 (besh) bank ish kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu hujjatlar taqdim etilgunga qadar “Internet-banking” tizimi bo‘yicha Mijozga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turish huquqiga ega. “Internet-banking” tizimi orqali Mijoz tomonidan yuborilgan elektron to‘lov hujjatining mazmuniga ko‘ra uni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi yoki bank hisobvarag‘i shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha hujjatlar talab etilgan taqdirda va ularni elektron shaklda etkazish mumkin bo‘lmagan hollarda Bank bu elektron hujjat ijrosini to‘xtatib turish yoki rad qilish huquqiga ega.
Mijoz mustaqil ravishda talab etilgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda maxsus “Ro‘yxatga olish” moduli orqali “Internet-banking” tizimida ro‘yxatdan o‘tishi, Mijozning ERI juft kalitlarini hosil qilishi va Mijozning ERI ochiq kalit sertifikatini olishi (chiqarishi) shart.
Mijoz Bankka taqdim qilinadigan ERI ochiq kaliti sertifikatini elektron hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan, imzo namunalarida ko‘rsatilgan, ikkita imzo (birinchi va ikkinchi imzo) yoki bitta imzo (yakka tartibdagi tadbirkor) bilan tasdiqlashi shart bo‘ladi.
Internet-banking elektron tizimidan foydalanishda Mijoz bilan Bank o‘rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda Taraflar “Nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda texnik ekspertiza o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq nizolarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish, ko‘rsatilgan Nizom talablarini bajarishni va nizoli vaziyatni ko‘rib chiqish xulosalariga muvofiq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladilar.

4. Masalani yechish uchun kerak bo`oladigan dastur ta’minoti


Internet-banking - bu Sizga o‘z xisob rakamingizni Internet orkali boshkarib borishga imkon beradigan xizmatdir.


Internet-banking texnologiyasi bilan to‘lakonli ishlash uchun Sizga Internet tizimiga ulangan va Microsoft Internet Explorer brauzeri bor kompyuterga ega bo‘lish kifoya.






Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling