Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi
Download 181.01 Kb. Pdf ko'rish
|
13ma\'ruza Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi
Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi Korxonalarda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini ishlab chiqish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining IV bob berilgan bо‘lib, ushbu bobga tegishli bо‘lgan moddalarga kо‘ra: -jamoa shartnomasi- korxonada ish beruvchi bilan xodimlar о‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. -jamoa kelishuvi - muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni о‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir: -qonunchilik normalariga amal qilish; -taraflar vakillarining vakolatliligi; -taraflarning teng huquqliligi; -jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi; -majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi; -olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash; -tekshirib borishning muntazamligi; -javobgarlikning muqarrarligi. Har qaysi taraf jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish va о‘zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqishga haqlidir. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi о‘zlarini vakil qilgan xodimlar nomidan muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasiga, kelishuviga о‘zlarini vakil qilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi ilovalar taklif etish va ularni imzolashga haqlidir. Agar xodimlar tomonidan bir vaqtning о‘zida xodimlarning bir nechta vakillik organi qatnashayotgan bо‘lsa, ular muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasi yoki kelishuvining yagona loyihasini ishlab chiqish va bunday shartnoma yoki kelishuvni tuzish uchun birlashgan vakillik organi tashkil etadilar. Jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, о‘zgartirish va tо‘ldirish uchun ish beruvchi, ish beruvchilar birlashmasi (ularning vakillari) bilan kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari о‘rtasida muzokaralar olib boriladi. Zarur hollarda muzokaralarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etadilar. Ish beruvchilar, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari kо‘rib chiqish uchun taklif etgan mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga majburdirlar. Tegishli yozma xabar olgan taraf yetti kunlik muhlat ichida muzokaralarga kirishishi shart. Avvalgi jamoa shartnomasi, kelishuvining amal qilish muddati tugashiga qadar uch oy mobaynida yoki bu hujjatlar bilan belgilab qо‘yilgan muddatda har qaysi taraf boshqa tarafga yangi jamoa shartnomasini, kelishuvini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlash tо‘g‘risida yozma xabar berishga haqlidir. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuvining loyihasini tayyorlash uchun taraflar teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bо‘lgan vakillardan iborat komissiya tuzadilar. Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, о‘tkaziladigan joyi va kun tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi. Muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarga jamoa shartnomasi, kelishuvining mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama qilishda tо‘la erkinlik beriladi. Ish beruvchilar va ularning birlashmalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari kasaba uyushmalariga, xodimlarning boshqa vakillik organlariga muzokaralar uchun о‘zlaridagi zarur ma’lumotlarni berishlari shart. Muzokaralarning qatnashchilari, muzokara olib borish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa shaxslar, basharti о‘zlari olgan ma’lumotlar davlat yoki tijorat siri bо‘lsa, ularni oshkor qilmasliklari kerak. Bu ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Agar muzokaralar jarayonida taraflar о‘zlariga bog‘liq bо‘lmagan sabablarga kо‘ra murosaga kela olmagan bо‘lsalar, bayonnoma tuzilib, unga taraflarning bu sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar haqidagi tugal ravishda bayon etilgan, shuningdek muzokaralarni qayta tiklash muddatiga doir takliflari kiritiladi. Muzokaralar chog‘ida kelib chiqadigan ixtiloflar jamoalarga doir mehnat nizolarini kо‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal etiladi. Ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar quyidagilar uchun javobgar bо‘ladilar: 1) jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, о‘zgartirish yoki tо‘ldirish yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bо‘yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini ta’minlamaganlik uchun; 2) muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuviga rioya etilishi ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim etmaganlik uchun; 3) jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik uchun. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi talabiga kо‘ra mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs jamoa shartnomasi majburiyatlari buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bо‘lgan rahbarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni kо‘rishi shart. Yuqorida sanab о‘tilgan harakatlar (harakatsizliklar) mehnat tо‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bо‘ladi. Download 181.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling