Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi


Download 181.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi181.01 Kb.
#1563524
1   2   3
Bog'liq
13ma\'ruza Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi

4.12.2. Jamoa shartnomasi 
 
Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul 
qilish huquqiga kasaba uyushmasi о‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan 
vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy 
yig‘ilishi (konferensiyasi) ega. 


Jamoa shartnomalari korxonalarda, ularning yuridik shaxs huquqi berilgan 
tarkibiy bо‘linmalarida tuziladi. 
Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari 
yoki о‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan — 
bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. 
Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi. 
Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar 
bо‘yicha о‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin: 
-mehnatga haq tо‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, 
kompensatsiyalar, qо‘shimcha tо‘lovlar; 
-narxlarning о‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan 
belgilangan kо‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq tо‘lashni tartibga 
solish mexanizmi; 
-xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta о‘qitish, ishdan bо‘shatib olish 
shartlari; 
-ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari
-xodimlarning, shu jumladan ayollar va о‘n sakkiz yoshga tо‘lmagan 
shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya 
jihatidan xavfsizlikni ta’minlash; 
-korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida 
xodimlarning manfaatlariga rioya qilish; 
-ishni ta’lim bilan qо‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar; 
-ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta; 
-ish beruvchi tomonidan о‘z xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan 
pensiya hisobvaraqlariga qо‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari; 
-jamoa 
shartnomasining 
bajarilishini 
tekshirib 
borish, 
taraflarning 
javobgarligi, ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik 
organlariga faoliyat kо‘rsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish. 
Jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda boshqa shartlar, shu jumladan qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar 


bilan belgilangan normalar va qoidalarda kо‘rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq 
mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qо‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga 
tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat 
safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda 
ularning bolalarini maktabda va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekin yoki 
qisman haq tо‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qо‘shimcha imtiyoz va 
kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin. 
Basharti amaldagi qonun hujjatlarida normativ tusdagi qoidalar jamoa 
shartnomasida albatta mustahkamlab qо‘yilishi shart deb bevosita kо‘rsatma 
berilgan bо‘lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi. 
Jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bо‘linmalarida xodimlar 
tomonidan muhokama qilinishi kerak va u bildirilgan fikr va takliflar hisobga 
olingan holda ishlab takomiliga yetkaziladi. 
Ishlab takomiliga yetkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi 
(konferensiyasi) muhokamasiga qо‘yiladi. 
Mehnat jamoasining yig‘ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan 
kо‘prog‘i ishtirok etgan bо‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 
Mehnat jamoasining konferensiyasi, basharti unda delegatlarning kamida 
uchdan ikki qismi ishtirok etgan bо‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 
Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) 
ishtirok etayotganlarning ellik foizidan kо‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bо‘lsa, 
ma’qullangan hisoblanadi. 
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, taraflarning vakillari 
uni umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) bildirilgan taklif-istaklarni e’tiborga 
olgan holda ishlab takomiliga yetkazadilar hamda о‘n besh kun ichida umumiy 
yig‘ilish (konferensiya) muhokamasiga qayta taqdim etadilar. 
Umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ma’qullanganidan keyin taraflarning 
vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. 


Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e’tiboran yoki jamoa shartnomasida 
kо‘rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar belgilagan muddat 
davomida amal qiladi. 
Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma 
tuzguncha yoki amaldagi shartnomani о‘zgartirguncha, tо‘ldirguncha amalda 
bо‘ladi. 
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha 
xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga 
qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. 
Korxona qayta tashkil etilganda shu qayta tashkil qilish davrida jamoa 
shartnomasi о‘z kuchini saqlab qoladi, shundan keyin taraflardan birortasining 
tashabbusi bilan qayta kо‘rib chiqilishi mumkin. 
Korxona tarkibi, tuzilishi, boshqaruv organining nomi о‘zgargan, korxona 
rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham jamoa 
shartnomasi о‘z kuchini saqlab qoladi. 
Korxona mol-mulkining egasi о‘zgarganda jamoa shartnomasi о‘z kuchini 
olti oy mobaynida saqlab qoladi. 
Bu davrda taraflar yangi jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini 
saqlab qolish, о‘zgartirish va tо‘ldirish haqida muzokaralar boshlashga haqli. 
Jamoa shartnomasi qayta kо‘rib chiqilayotganida avvalgi jamoa 
shartnomasida xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni saqlab qolish va 
boshqa shartlarni bajarish mumkinligi tо‘g‘risidagi masala hal etilishi kerak. 
Korxona 
qonunchilikda 
belgilangan 
tartib 
va 
shartlar 
asosida 
tugatilayotganda jamoa shartnomasi butun tugatish ishlari olib borilayotgan 
muddat davomida о‘z kuchini saqlab qoladi. 
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini 
taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli organlari tekshirib 
boradilar. 


Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning о‘zida 
maxsus kо‘rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat 
jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turadilar. 
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar о‘zlaridagi buning uchun zarur 
bо‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. 

Download 181.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling