T/r
|
Agregat va
kommunikatsiyalar nomi
|
Reglament ishlari
|
Bajarish muddatlari
|
1.
|
Tozalash va vakuumli-tozalash idishlari
|
1. POZ-T turidagi uskuna yordamida yoqilg‘ining pastki qatlamlari ifloslanganligini tekshirish. Suv bo‘lsa yoki ifloslangan bo‘lsa, pastki qatlamlar vakuum nasosi yordamida tozalanadi.
2. Idishning ichki yuzasini kirdan tozalash.
|
1. Idish har gal 50 foiz va undan ko‘pga to‘lganda:
quvur nasos bo‘linmasidan estakadagacha yuvilganda;
qabul qilishda tsisternalarni tozalaganda;
berib yuborishda rezervuarni chiqmaydigan qoldiqdan tozalaganda.
2. Zarurat tug‘ilganda, lekin kamida yiliga ikki marta. Rejali berib yuborish yoki qabul qilishdan oldin majburiy tarzda.
|
2.
|
Quvurning nasos bo‘linmasidan estakadagacha va estakada kollektorigacha bo‘lgan qismi
|
Ikki-uch baravar hajmdagi yoqilg‘i bilan yuvish va yoqilg‘ini tozalash idishiga tozalash quvuri orqali quyish
|
Rejali ravishda berib yuborish yoki qabul qilish boshlanishidan oldin (estakadadan ikki va undan ko‘p oy davomida foydalanilmagan taqdirda jarayonlar takrorlanadi)
|
3.
|
Dag‘al tozalash filtrlari va estakada kollektorining oxirgi qismi (tozalagich).
|
1. Tozalagichni yoqilg‘idan bo‘shatish.
2. Filtr va tozalagichlar setkalarini cho‘kindilardan tozalash.
3. Tozalagich va filtrlarning ichki yuzasini kirdan tozalash.
4. Filtr va tozalagichlar qopqo�i ostidagi qistirmalarni almashtirish (zarur bo‘lganda).
|
1. Rejali ravishda berib yuborish boshlanishidan yoki yoqilg‘ini qabul qilib olishdan oldin.
2. Miqdori 3-4 rezervuar hajmiga teng yoqilg‘i berib yuborilgandan yoki qabul qilingandan keyin.
|
4.
|
Yupqa tozalash filtrlari
|
Filtr korpusining ichki yuzalarini chang va kirdan tozalash.
|
Rejali berib yuborish boshlanishidan oldin.
|
5.
|
Mahsulot qabul qilish joylari (chuqurlashtirilgan rezervuarlar).
|
POZ-T turidagi uskuna yordamida yoqilg‘ining pastki qatlamlari ifloslanganligini tekshirish.
Suv bo‘lsa yoki ifloslangan bo‘lsa, pastki qatlamlar vakuum nasosi yordamida tozalanadi.
|
Rejali berib yuborish yoki qabul qilib olish boshlanishidan oldin.
|