1. Iqtisodiyot nazariyasi


Download 35.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.11.2020
Hajmi35.57 Kb.
#145013
Bog'liq
Anz


1.Iqtisodiyot nazariyasi​, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini 

idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy 

fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy 

siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch 

boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. 

Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib 

boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda 

ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.  

 

 

2. Iqtisodiyot nazariyasi ​oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda 

oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu 

tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga ta

ʼsir etishini nazarda 

tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda 

olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi 

mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki 

tabiat qonunlari ham ta

ʼsir etishiga eʼtibor beradi. 

 

 



3.Iqtisodiy tushunchalar​ — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan na-zariy bilimlar 

boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib 

oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma 

bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, 

resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, 

baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. 

 

4.Iqtisodiyo​t nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini 

umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar ta

ʼriflanadi.Iqtisodiyot nazariyasining eng 

asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar 

chiqarishdir. 

 

 



5.Iqtisodiy qonunlar ​iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar 

o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning 

o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. 

Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, 

rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga 

bog‘liq emas. 

 

«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi: 



 

1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida 

amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib borish qonuni, 

takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi 

kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar. 

 

2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum 



bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni. 

 

3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal 



qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni. 

 

6.Iqtisodiy qonunl​ar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy 

jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy 

tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi. 

Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real 

hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.Iqtisodiy 

kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan balki, real 

iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. 

Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar 

shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi 

shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi 

bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini 

ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya – ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir 

tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali 

biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni 

orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. 

Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, 

ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi. 

 

Test 


1b   6d    11e    16b 

2c.  7b    12b.   17d 

3d    8a    13b.   18c 

4a.   9b    14a.   19b 

5b   10c. 15b.    20d 

 

 



Axmatov Nodir Zokirovich BNG'80  

Download 35.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling