1. iqtisodiyotga kirish


Resursga talabni shakllantiradigan korxonalar soni


Download 1.03 Mb.
bet101/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

5. Resursga talabni shakllantiradigan korxonalar soni. Sohada ma’lum bir mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar qancha ko‘p bo‘lsa, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslarga talab shunchalik yuqori bo‘ladi. Chunki yangi korxona mahsulotini ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha hajmda resurslarni talab qiladi.

6. Resurs iste’molchilarining kutishlari. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga kelajakda talabning prognozlari resurslar narxlarining yaqin orada o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar, masalan, Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatning yomonlashuvi bilan bog‘liq holda, neft narxining o‘sishi kutilayotgan bo‘lsa, unda neftga va neft mahsulotlariga bo‘lgan talab oshadi. Tabiiyki, neft iste’molchilari qo‘shimcha joriy xaridlarni amalga oshiradilar va neft zaxiralarini ko‘paytiradilar.
Raqobat kurashi jarayonida bozorda tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning o‘zgarishi natijasida resurs egalarining daromadlari taqsimlanadi. Masalan bug‘doyga bo‘lgan talabning oshishi uni yetishtirishni oshirishga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqadi. Bug‘doyni ekishga yaroqli yerlarga talab o‘sadi, yerning narxi (renta) oshadi.


9.2. Mehnat iqtisodiy resurs sifatida. Ish haqi
Mehnat - bu iqtisodiy faoliyat jarayonida odamlar tomonidan qilingan har qanday aqliy va jismoniy harakatlar. Ishchi ishlaydigan vaqt ish kuni yoki ish vaqti deb nomlanadi. Uning davomiyligi ikki omil bilan belgilanadi: birinchidan, odam kuniga 24 soat ishlay olmaydi, u uxlashi, dam olishi, ya’ni o‘zini tiklashi uchun vaqt kyerak; ikkinchidan, inson o‘zining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ham vaqt kyerak.
Mehnat haqida gapirganda, mehnat unumdorligi va intensivligi haqida gapirish kyerak. Mehnat unumdorligi - bu ish vaqtining birligiga ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar miqdori yoki mahsulot va xizmatlar birligini yaratish uchun sarflangan ish vaqtidir. Mehnat unumdorligining doimo o‘sib borishida fan va texnika jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Masalan, XX-asr boshlarida konveyerning ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilishi mehnat unumdorligini keskin oshirdi. XX asrning 50-yillarda konveyerni boshqarish moslamalari bo‘lgan mashinalarga almashtirildi, bu esa yana mehnat unumdorligining keskin oshishini ta’minladi. Ilmiy-texnika inqilobi mehnat tabiatining o‘zgarishiga olib keldi. Malakasiz jismoniy mehnatga nisbatan malakaliy aqliy mehnatning ahamiyati oshdi. Mehnat murakkablashadi, chunki ishlab chiqarishga ko‘plab murakkab mashinalar va mexanizmlar tatbiq etildi. Xodim ana shu uskunalar bilan ishlashga va tashabbus ko‘rsatishga qodir bo‘lishi kyerak.

Mehnat intensivligi – bu mehnat jarayonidagi ishchi kuchining jadallik darajasini tavsiflovchi va xodimning vaqt birligiga sarflagan mehnat miqdori bilan o‘lchanadigan iqtisodiy tushunchadir. Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko‘proq qiymat yaratilishiga imkon beradi. Konveyerning tezlashishi, bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan uskunalar sonining ko‘payishi va ish vaqtidagi yo‘qotishlarning kamayishi bilan mehnat intensivligi oshadi.
Ilmiy-texnikaviy inqilob sharoitida ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash ishchilarning jismoniy enyergiyasini iste’mol qilishni kamaytiradi. Yuqori darajadagi intensivlik ish kunini uzaytirish bilan barobardir. «Mehnat intensivligi», “mehnat unumdorligi” tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Optimal intensivlikni aniqlash iqtisodiyotdagi asosiy vazifalardan biridir. Bu maksimal mehnat unumdorligiga yerishishga imkon beradigan optimal intensivlikdir. Haddan tashqari intensivlik va boshqa omillar (shikastlanishlar, kasb kasalliklari va boshqalar) mehnat unumdorligida yo‘qotishlarga olib keladi.
Ish haqining mohiyatini ishchining ixtiyorida bo‘lgan, mehnatning normal takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan yashash vositalari hajmining pul ifodasi sifatida ta’riflash mumkin. Ish haqi ishchi kuchining narxi hisoblanadi va mehnat bozorida shakllanadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling