1. iqtisodiyotga kirish
Iqtisodiy o‘sish nazariyalari, konsepsiyalari va modellari
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
14.3. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari, konsepsiyalari va modellari
Iqtisodiy fanda iqtisodiy o‘sish nazariyalarining yangi keynschilik va neoklassik yo‘nalishlari mavjud. Shunga mos ravishda iqtisodiy o‘sishning yangi keynsichilik va neoklassik modellari farqlanadi. Yangi keynschilik yo‘nalishi J.M. Keynsning kapitalistik iqtisodiyotning nisbiy beqarorligi va makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risidagi g‘oyalari asosida vujudga kelgan. O‘z navbatida neoklassik yo‘nalish asosini Adam Smitning bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga solish bo‘yicha qarashlari, J.B. Seyning uch omil va J. B. Klarkning iqtisodiy omillarning me’yoriy unumdorligi nazariyalari tashkil qiladi. Milliy daromad darajasi va dinamikasi, shuningdek uning iste’mol va jamg‘armaga taqsimlanishi (keyinchalik u investitsiyalarga aylanadi) Keyns nazariyasida makroiqtisodiyotning asosiy muammosi hisoblanadi. Keyns milliy daromad hajmi va dinamikasi, uni realizatsiya qilish va to‘la bandlikka erishishni iste’mol va jamg‘arishning harakati bilan bog‘lagan. Investitsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, joriy iste’mol shunchalik kichik bo‘ladi, kelajakda esa uning o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Jamg‘arma va iste’mol o‘rtasida oqilona nisbatni izlash iqtisodiy o‘sishning doimiy ziddiyatlaridan biri va shu bilan birga milliy mahsulotni ishlab chiqarish va ko‘paytirish shartidir. Agar jamg‘arma investitsiya miqdoridan ortiq bo‘lsa, unda mamlakatning potensial iqtisodiy o‘sishi to‘liq amalga oshirilmaydi. Agar investitsiyaviy talab jamg‘arma hajmidan yuqori bo‘lsa, bu iqtisodiyotning "haddan tashqari qizib ketishiga" olib keladi va narxlarning inflyatsiyaviy oshishiga va xorijdan qarz olishning o‘sishiga olib keladi. Keynscha yo‘nalishning barcha modellariga jamg‘arish va investitsiya o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik xos. Milliy daromad o‘sish sur’ati, jamg‘arish meyori va investitsiyalar samaradorligiga bog‘liq. Yangi keynsichilik yo‘nalishida Britaniyalik iqtisodchi Roy Xarrod (1900-1978) va AQSHlik iqtisodchi Evsey Domar (1914-1997) tomonidan iqtisodiy o‘sish modellari ishlab chiqilgan. Ular taklif etgan modellari juda o‘xshashdir, ular uzoq davrda barqaror iqtisodiy o‘sishni tahlil qilganlar, uning asosiy shartlaridan biri bu jamg‘arma va investitsiyalarning tengligi (S=I). Biroq, uzoq muddatli davrda bugungi jamg‘arma va ertangi investitsiyalar o‘rtasida farq vujudga keladi. Bir qator sabablarga ko‘ra, barcha jamg‘armalar investitsiyalarga aylanmaydi. Jamg‘arma va investitsiyalarning darajasi va dinamikasiga turli omillar ta’sir etadi. Jamg‘arma asosan daromad oshishi bilan belgilansa, investitsiyalar ko‘plab o‘zgaruvchilarga bog‘liq, chunonchi, bozor holati, foiz stavkasi darajasi, soliq miqdori, kapital qo‘yilmalarning kutilayotgan rentabelligi. R. Xarrodning iqtisodiy o‘sishning to‘liq modelida uchta miqdor o‘rtasidagi nisbatlar tahlil qilinadi: haqiqiy (G), tabiiy (Gn) va kafolatlangan (GW) o‘sish sur’atlari. Xaqiqiy o‘sish darajasi tenglamasi tahlilning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi: GC = SY Bu yerda: G,- daromad o‘sishining bazis davrdagi miqdoriga nisbati (G = ΔY / Y); S – kapital sig‘imi koeffitsiyenti, investitsiyalarning daromadlarning o‘sishiga nisbati (C = I / ΔY ); SY - milliy daromadda jamg‘armalar ulushi (S/Y) Xarrod aholi sonining o‘sishi (bu iqtisodiy o‘sish omillaridan biri) va mehnat unumdorligini oshirish bilan ta’minlanadigan ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’ati (bu ikkinchi o‘sish omilidir), surunkali ishsizlik, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq yuklanmaganligi va iqtisodiy inqirozlar bo‘lmagan sharoitdagi jamg‘arilgan kapital hajmi va kapital sig‘imi koeffitsiyentini iqtisodiy o‘sishning uchinchi omili deb hisoblaydi. Jamg‘arma miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, investitsiya hajmi shuncha katta bo‘ladi va iqtisodiy o‘sish sur’ati shunchalik yuqori bo‘ladi. Kapital sig‘imi koeffitsiyenti bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Tabiiy o‘sish sur’ati (Xarrodga ko‘ra) aholi sonining o‘sishi va texnologik imkoniyatlarga qarab iqtisodiy o‘sishning maksimal darajasini bildiradi. Iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarida investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj GnGr miqdor bilan ifodalanadi, bu yerda: Gn – o‘sishning tabiiy sur’atlari, Gr – asosiy va aylanma kapitalning o‘sish sur’atlari. Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj sikl davomida asosan aylanma mablag‘lar miqdori hisobiga o‘zgarishi mumkin. Uzoq muddatli davrda asosiy va aylanma kapitalning o‘sish sur’atlari (Gr) o‘zgarmas foiz normasida doimiy kattalik hisoblanadi, foiz normasi uzoq muddat davomida pasaysa Gr o‘sadi, foiz normasi uzoq muddat davomida oshsa Gr- pasayadi. Iqtisodiy o‘sishning tabiiy o‘sish sur’atida muvozanat shartlarini yoki uning buzilishini aks ettiruvchi Xarrod tenglamasi quyidagi shaklga ega: Gn * Cr = yoki teng emas SY bu erda: SY- jamg‘arma. Aslida, bu Keyns tenglamasining I=S takomillashtirilgan variantidir. Ularning farqi shundaki, Keynsning fikriga ko‘ra, investitsiyalar hajmi kapitalning me’yoriy samaradorligi (foyda normasi ) va foiz stavkasi bilan aniqlanadi, Xarrod bu o‘lchamlarni aholi o‘sishi, texnologik taraqqiyot va kapital sig‘imi bilan bog‘laydi, ya’ni asosiy va aylanma mablag‘larning o‘sishi bilan. Jamg‘arma (S) miqdori ikkala holatda ham jamg‘arishga marjinal moyillik bilan aniqlanadi. Haqiqiy va tabiiy o‘sish sur’ati o‘rtasidagi farqni ta’kidlab, uni bartaraf etish mumkinligini isbotlagan. R.Xarrod yangi - "kafolatlangan" o‘sish sur’atini (Gw) taklif etdi. "Bu bashorat qilingan qiymat, o‘sha olg‘a siljishning umumiy o‘sish sur’ati ishbilarmonlarga mos keladigan o‘tmishni baholash va kelajakka nisbatan bo‘lgan umidlardan kelib chiqqan holda tajriba tarzda aniqlanadi." Kafolatlangan o‘sish sur’ati tenglamasida Sy o‘tgan yilgi miqdor, kelajak miqdorni anglatadi, ya’ni investitsiyalarning o‘sishi daromadlardagi jamg‘arma ulushiga bog‘liq. Agar haqiqiy iqtisodiy o‘sish sur’ati bashorat qilingan kafolatlangan iqtisodiy o‘sish sur’atlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, unda uzluksiz barqaror rivojlanish kuzatiladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday muvozanat juda kam uchraydi. Haqiqiy o‘sish sur’ati kafolatlangan o‘sish sur’atlaridan past yoki yuqori bo‘ladi. Daromadning jamg‘armaga nisbatan doimiy ulushini hisobga olgan holda, R. Xarrod ta’kidlashicha, investitsiyalar dinamikasiga ta’sir etadi, natijada mos ravishda kamayadi yoki ko‘payadi. Shunday qilib R. Xarrod qisqa muddatli siklik tebranishlarni tushuntiradi. Xarrod iqtisodiy vaziyatning uzoq muddatli tebranishlarning kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur’atlarini taqqoslab tahlil qiladi va Gn va Gw o‘rtasidagi nisbat bir necha yillar davomida jonlanish yoki turg‘unlik hukm surishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. R. Xarrodning fundamental tenglamasi bo‘yicha Gw * Cr=Gn* Cr ya’ni barqaror kafolatlangan o‘sish uchun jamg‘arishga bo‘lgan haqiqiy ehtiyoj, uning tabiiy o‘sish sur’atiga bo‘lgani kabi ehtiyojiga tengdir. Barqaror iqtisodiy o‘sishning shartlaridan biri bu jamg‘arma va investitsiyalarning tengligi. Agar jamg‘arma investitsiyaviy talabdan yuqori bo‘lsa, unda ortiqcha zaxiralar vujudga keladi, uskunalar to‘liq ishlatilmaydi va ishsizlar soni ko‘payadi. Agar investitsiyaviy talab jamg‘arish hajmidan oshib ketgan bo‘lsa, bu inflyatsiya narxining oshishiga va iqtisodiyotning "qizib ketishiga" yordam beradi. Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik CH.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: ,
Y – ishlab chiqarish hajmi;
.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini golland iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti ko‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi quyidagi ko‘rinishni oldi: ,
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat o‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o‘sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi. Iqtisodiy o‘sish nazariyasi rivojiga Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) qo‘shgan, u Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasini yana bir omil - texnologik rivojlanish darajasini joriy etgan holda o‘zgartirdi. SHu bilan birga, u texnologiyaning o‘zgarishi K va L ni bir xil o‘sishga olib keladi deb hisoblagan : Bu yerda: Q- mahsulot ishlab chiqarish; K - asosiy kapital; L- sarflangan mehnat (ish haqi ko‘rinishida); T- texnologiyaning rivojlanish darajasi; (K,L ) – Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling